I bob. Yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi


Nutq a’zolari va ularning vazifalari


Download 438.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/40
Sana13.12.2021
Hajmi438.5 Kb.
#180970
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi

   

 Nutq a’zolari va ularning vazifalari.  Nutq tovushlarini hosil qilishda 

ishtirok etadigan a’zolar nutq a’zolari deb ataladi.  Nutq a’zolariga ko‘krak qafasi, 

o‘pka, kekirdak, tovush paychalari, tanglay, kichik til, og‘iz bo‘shlig‘i, til, jag‘lar, 

tishlar, lab, bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, burun bo‘shlig‘i kabilar kiradi. Nutq a’zolarining  

jami nutq apparati deyiladi.  

      

Nutq tovushlarini hosil qilish murakkab tabiiy-fizialogik jarayon bo‘lib, 



bunda  markaziy nerv tizimi nutq a’zolarini harakatga keltiradi va  bevosita 

boshqarib turadi. Nutq tovushlarining talaffuz jarayoni quyidagi uch bosqichga 

asoslanadi:  

    


 1. Talaffuz  jarayonida o‘pkadan chiqadigan havo oqimi nafas yo‘li orqali 

bo‘g‘izga kelib, u yerda joylashgan tovush paychalarini tebratadi va  un  hosil  

qiladi.  Masalan: a, i, o, o‘, e, u   kabi  unli   fonemalarning 

tovush tiplari ana shunday fiziologik jarayon mahsulidir.  

     

2. Bo‘g‘iz orqali o‘tgan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘iga kelganda, til va 



tanglay yoki lab vositasida  hosil qilingan to‘siqqa duch keladi hamda shovqin  


25 

paydo bo‘ladi. Masalan: b, d, t, z, s, k, g‘  kabi undosh fonemalarning nutqqa 

ko‘chishi ana shu shovqin asosida yuzaga chiqadi.  

     


3. O‘pkadan chiqadigan havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘iga kelganda til yoki 

lab orqali hosil qilingan to‘siqqa urilib portlash hamda  bir qism  havo oqimining  

burun bo‘shlig‘idan sirg‘alishi natijada m, n, ng singari  (sonor) ovozdor undoshlar 

hosil bo‘ladi. 

     

Nutq a’zolari tovush hosil qilish jarayonida turlicha harakat yoki  holatda 



bo‘ladi. Chunonchi,  pastki jag‘ning turlicha harakati  natijasida  og‘iz bo‘shlig‘i 

keng yoki  tor holatga o‘tib turadi, bu esa ayrim tovushlarning  hosil bo‘lishini, 

(masalan  a, i  kabi) ularning aniq talaffuz  etilishini ta’minlaydi. Shuning uchun 

ham og‘izni katta ochgan holda u tovushini hosil qilib bo‘lmaganidek,  og‘izni tor 

ochish  orqali a unlisini  ham hosil qilish mumkin emas. 

      


Og‘iz bo‘shlig‘ida  joylashgan nutq a’zolaridan eng faoli tildir. Uning yuqori 

va pastki tanglay oralig‘idagi harakatini  aniq tasavvur etish uchun ularning har biri 

alohida guruhlarga  ajratiladi: til oldi, til o‘rta, til orqa, chuqur til orqa kabi. 

Shuningdek, tilning og‘iz  bo‘shlig‘ida gorizontal va vertikal holatiga ko‘ra  ham 

bir necha guruhlarga ajratish mumkin:  

     


Tilning oldinga -  milkka va teskari harakati gorizontal harakat bo‘lib, 

bunday harakat a) til oldi va b) til orqa harakat deb nomlanadi; tilning yuqori 

tanglayga ko‘tarilishi va pastga tushishi esa vertikal harakat bo‘lib, bu harakat uch 

guruhga bo‘linadi: a) yuqori; b) o‘rta; v) quyi. 

     

Nutq a’zolarining tovush  talaffuzi  jarayonidagi  turlicha harakati va holati  



artikulyatsiya deyiladi.  

    


 Tovush hosil qilishda ma’lum bir nutq a’zosi  yoki uning biror qismi  faol 

ishtirok etadi. Masalan: b, p tovushlarini hosil qilishda  lablar, d, t, z undoshlarini 

hosil qilishda tilning oldingi qismi orqa qismi  faol ishtirok etadi. Demak, b,p 

tovushlarining artikulyatsiya o‘rni lablar, d, t, k undoshlariniki esa tildir. 

     

Nutq a’zolari  tovush hosil bo‘lish jarayonida bir-biri bilan jipslashishi va bu 



jipslashgan nutq a’zolariga havo  oqimining kelib urilishi natijasida portlashi  

(masalan  d, t, k, b  kabi) yoki  bir-biriga yaqinlashib tor oraliq hosil qilgan nutq 




26 

a’zolari  orasidan havo  oqimining  o‘tishi (masalan s, sh, z, f  kabi)  sababli  

sirg‘alishi mumkin. Tovush hosil qilish paytida  havo oqimining  sirg‘alib yoki 

portlab o‘tishi artikulyatsiya usuli deb ataladi. Demak, d, t, b  undoshlari 

artikulyatsiya usuliga  ko‘ra portlovchilar z, s, sh,  undoshlari esa 

sirg‘aluvchilardir.  

    

 Nutq tovushlari artikulyatsiya jarayonida ishtirok etadigan a’zolarni faol va 



nofaol turlarga bo‘lib o‘rganamiz: 

      


1. Faol nutq a’zolari: til, kichik til, lab, tovush paychalari, pastki jag‘lar, 

yumshoq tanglay. Bu a’zolardan eng faoli til, lab va tovush paychalaridir. 

     

 2. Nofaol nutq a’zolari: yuqori jag‘,  kekirdak, qattiq tanglay, burun, 



tishlardir. 


Download 438.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling