Tezkor bliss savollar 1


Download 7.61 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi7.61 Kb.
#1310600
Bog'liq
BLISS SAVOLLAR 1


Tezkor bliss savollar 1
1) V bo`yin umurtqasi ro`parasiga qaysi nafas organi to`g`ri keladi?
Hiqildoq
2) Hiqildoqning ichki qavati o`rtasi tog`ay va muskullardan tarkib topgan!
Xato qayerda?
Hiqildoq devori
3) Burun bo`shlig`ida havoni tozalash vazifasini nima bajaradi?
Bezchalarda ishlab chiqariladigan suyuqlik.
4) I dan V gacha ko`krak umurtqasi ro`parasiga kekirdak nafas olish organito`g`ri keladi.
Jumla to`g`rimi?
Ha to`g`ri
5)Tashqi muhitdan kirgan havoni namlab, ilitib va chang zarralaridan tozalab berish vazifasini
aynan qaysi nafas olish organlari bajaradi?
Burun bo`shlig`i, kekirdak va bronxlar.
6) Nafas olganimizda ko`krak qafasi pastga tushadi, diafragma qorin tomonga siljiydi. Jumla
to`g`rimi?
Noto`g`ri, chunki ko`krak qafasi ko`tariladi.
7) Nafas olib chiqarishda o`pkaning kengayib torayishiga qulaylik tug`diradi. Bu qaysi organ?
Plevra bo`shlig`i
8) Konussimon tuzilgan nafas olish organi?
O`pka
9) O`pka alveolalari atrofini o`rab turuvchi tomirlar qaysi sistemaga tegishli?
Qon aylanish sistemasiga tegishli
10) O`pkalar pastdan va atrofidan nimalar bilan chegaralangan bo`ladi?
Pastdan diafragma, atrofidan qovurg`alar bilan
11) Agarda o`pka alveolalari zararlansa qanday holat yuzaga keladi?
Organizmning kislorod bilan to`liq ta`minlanmasligi natijasida nafas olishning
qiyinlashuvi yuzaga keladi
12) Yarimaylanasimon tog`aylardan iborat bo`lgan nafas olish organi bu...
Kekirdak
13) Traxeya nechta bo`yin umurtqalarining ro`parasiga to`g`ri keladi?
2 ta ya`ni 6- va 7- umurt.
14) Tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini
chiqarib turishiga nima deb ataladi?
Nafas olish deb ataladi
15) Burun bo`shlig`ining vazifasi nimadan iborat?
Nafas havosini tozalab, ilitib o`tkazib berish. hamda hid bilish.
Download 7.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling