I bob. Yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi
Download 438.5 Kb. Pdf ko'rish
|
yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Abdug‘anievich Karimov 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng
muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisidagi “2012 – yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi” mavzusidagi ma’ruzasida shunday degan edi: “... ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlarimiz haqida gapirar ekanmiz, umumiy o‘rta ta’limdan boshlab o‘rta maxsus va oliy ta’limgacha bo‘lgan bo‘g‘inlarda chuqur bilim va puxta kasb –hunar tayyorgarligiga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash jarayonini o‘z ichiga olgan yaxlit, uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish ishlari izchil davom ettirilganini ta’kidlamoqchiman.” Prezidentimizning ma’ruzasida oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha ham yuksak qarorlarni amalga oshirilayotgani haqida ma’lumotlar berildi. 1
Prezident Karimovning bu so‘zlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi xodimlarining juda katta va sermaxsul mehnati yakunlariga berilgan bahodir. SHu bilan birga kelgusida ham bu bahoga loyiq bo‘lish mas’ulligi bor.
O‘zbekiston Prezidenti “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” asarida yoshlarga qarata shunday ibratomuz fikrlarni bildirgan:
1
20.01. 2012 . 4 ”Kelajak avlod haqida qayg‘urish sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlarni, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashashi mumkin. 2
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bugungi kunda o‘z adabiyoti, madaniyati, san’ati va ma’naviyati tarixiga yangicha nazar bilan qarab, uni chin ma’noda avaylab - asrab, o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Endilikda ma’naviy boyliklarimizni o‘zimiz yangidan tanib, idrok etibgina qolmay, xorijiy mamlakatlar adabiyotlaridagi tendensiyalarni ham kuzatib, ularni tahlil qilishga bilimimiz etarli. Xorijiy mamlakatlar olimlarining adabiyotimiz va san’atimizga qanday munosabatlarda bo‘layotgani, jumladan, mumtoz adabiyotimiz namunalarini o‘z tillariga o‘girishdagi yutuqlari va kamchiliklarini ko‘rsatib berish, o‘zbek millati an’analari va urf – odatlarini ular qanday qabul qilayotgani tanqidiy va tahliliy o‘rganish zaruriyati tug‘ildi. Bizning Bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligi ana shunda ko‘rinadi. Yapon tili kabi murakkab tilni o`rganish katta mehnat talab qiladi, shuningdek, katta mashaqqatni bosib o`tishga to`g`ri keladi. Ijod yoki ish bo’lganda ham avvalo kuchli xohish, gohida asliyat o’rganayotgandan ko’proq izlanish, mehnat, sabr- toqat talab qiladigan, turli xil materiallar ustida ijod qilishdir. Mana shuning uchun ham tilni o’rganayotgan odamlardan, avvalambor, sabr kerak bo’ladi. Bugungi kunga kelib, millatlararo o’zaro aloqa munosabatlarini kuchli o`rnatish va yanada mustahkamlashga ehtiyoj kuchaygani sari, xorijiy tillarni o’rganishga ham talab kengayib boraveradi. Bizning yurtimiz – serquyosh O`zbekiston, ko’p millatli xalq hisoblanadi. Bugungi kunda fan, madaniyat va texnika sohasidagi mo’jizalar, olamshumul hodisalarni bevosita va bilvosita boshqa tillar orqali, boshqa xalqlarga yetkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kadrlar tayyorlash Yaponiya bilan O`zbekiston o`rtasidagi o`zaro hamkorlik yo`nalishlaridan biridir. Yaponiya – O`zbekiston uchun bakalavr grantini ajratgan
2. Каримов И. Баркамол авлод –Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори:- Тошкент,”Ўзбекистон”, 1996. Б. 8 5 yagona mamlakatdir. Ushbu grant dasturi 2005-yildan buyon muntazam o`tkazib kelinadi. Hozirgacha respublikaning turli vazirlik va idoralaridan 800 ga yaqin kishi Yaponiyada tajriba orttirib qaytdi, 98 nafar yosh mutaxassis Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura kursini bitirdi. 2000-yildan boshlab Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi stipendiyasi asosida yiliga o`zbekistonlik 20 magistrant Yaponiyaga ikki yillik o`qishga bormoqda. Prezident Islom Karimov 2002-yili Yaponiyaga qilgan rasmiy tashrifi chog`ida “kunchiqar yurt”da ta’lim olayotgan o`zbekistonlik 70 ga yaqin talabalar bilan uchrashub, ular bilan mamlakatimiz uchun zamonaviy kadrlarning ahamiyati, bu borada mamlakatimizga Yaponiyaning ko`rsatayotgan yordami xususida suhbat o`tkazdi. Eng quvonarlisi shuki, O`zbekiston va Yaponiya hukumatlari o`rtasida 348 million iyena miqdorida yangi grant ajratish to`g`risida bitim imzolandi. Bu bitimga muvofiq yana 20 nafar o`zbekistonlik yigit-qizlarning Yaponiyada tahsil olishi uchun imkoniyatlar yaratildi. Hozirgi kunda Yaponiya hukumati O`zbekiston talabalari uchun har yili umumiy hisobda 300 ta turli xil dasturdagi grantlarni ajratgan.
Download 438.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling