I bob. Yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi


Download 438.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/40
Sana13.12.2021
Hajmi438.5 Kb.
#180970
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi

      

Tovush va fonema. Nutq tovushlari, ya’ni fonlar til uchun moddiy  tayanch 

sanaladi, chunki inson nutqiy tovushlar  tizimiga asoslanadi. Zero, til tizimidagi 

barcha so‘zlar, iboralar, gaplar, umuman, nutqiy  jarayon ana shu tovushlar 

vositasida shakllanadi. Shuning uchun  ham nutq tovushlari  biror jismning  

tebranishi natijasida hosil bo‘ladigan fizik tovushlardan (masalan, dutor torining  

tebranishi) va tabiatda  uchraydigan boshqa tovushlardan ham,  avvalo, nutqiy 

aloqa qilish vositasi ekanligi hamda fonema sifatida so‘z ma’nolaring farqlashga 

xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Shunday ekan, tovushlarni nutqning eng kichik, 

bo‘linmaydigan fonetik birligi deb tushunamiz.  So‘z ma’nolarini  farqlash uchun  

xizmat qiladigan eng kichik til birligi esa fonema deb ataladi. Shunday qilib, 

fonemalar nutq a’zolari yordamida hosil qilingan tovushlarning andozalari bo‘lib, 

ular psixik-akustik obrazlar sifatida kishilar xotirasida yashaydi. So‘zlovchi 

mazkur psixik-akustik obrazlar asosida nutq a’zolarini harakatga keltiradi va 

fonemalarning nutqiy timsoli bo‘lgan tovushlarni hosil qiladi. Masalan, qol - qil - 



qo‘l so‘zlari tarkibidagi o, i, o‘ unlilari, bor-bosh-bog‘-boy-bol so‘zlari tarkibidagi 

r, sh, g‘, y, l tovushlari mazkur so‘zlarning  ma’no jihatidan farqlanishiga  xizmat 

qiluvchi fonemalardir. Ayni paytda, mazkur so‘zlar tarkibidagi har bir unli va 

undosh fonema nutq a’zolarining artikulyatsion - akustik faoliyati mahsuli sifatida 

vujudga kelgan tovushlardir. Ana’naga ko‘ra nutq tovushlari deb yuritiluvchi 

fonlar tilshunoslikning fonetik satxiga, fonemalar esa fonologik satxiga daxldorligi 

nuqtai nazaridan ham o‘zaro farqlanadi.    




24 

    So‘z tarkibida ma’no farqlash uchun  xizmat qilmaydigan nutq tovushlari 

fonema  variantlari hisoblanadi. Masalan qo‘l, o‘rtoq, g‘o‘za  so‘zlarida  til orqa o‘ 

fonemasi,  o‘rdak, o‘rik, to‘r  so‘zlarida esa til oldi o‘  fonemasi qatnashmoqda. 

Lekin har ikki holatda ham o‘  fonemasi ma’no farqlash uchun xizmat qilayotgani 

yo‘q. Ana shunday tovushlarni fonemaning variantlari yoki  allafonlar  deb atash 

mumkin.  

     Shuni ham ta’kidlash lozimki, fonema o‘z ijtimoiy vazifasiga ko‘ra harf 

(grafema)dan farq qiladi. Zotan, harf fonemaning yozuvdagi shartli belgisidir. Shu 

bois fonema harfga nisbatan faoliyat doirasining kengligi, bo‘yoqdorligi, ya’ni 

so‘zlashuvda turli ma’no nozikliklarni ifodalay olishi va nihoyat, fonema til birligi, 

harf esa yozuv birligi ekanligi  bilan tubdan farq qiladi. Harf fonemadagi bu nutqiy 

bo‘yoqlarning bir qismini  shartli ravishda ifodalaydi. Masalan, uch (raqam), uch 

(uchmoq), uch (igna uchi) so‘zlaridagi u fonemasi aynan bir xil emas, ma’lum 

darajada farqlanadi. Biroq ular yozuvda bitta harf (belgi) bilan ifodalanaveradi. 


Download 438.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling