I bob. Yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi


Download 438.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/40
Sana13.12.2021
Hajmi438.5 Kb.
#180970
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Bog'liq
yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi

      

Nutq tovushlari tasnifi. Nutq tovushlarini tasnif etishda bo‘g‘iz 

bo‘shlig‘ida joylashgan tovush  paychalarining  tebranishidan hosil bo‘ladigan  

ovozning  hamda og‘iz bo‘shlig‘ida  paydo bo‘ladigan shovqinning ahamiyati 

kattadir. Shunga  ko‘ra, ular ikki turga ajratiladi: 1) unli tovushlar; 2)  undosh  

tovushlar. 

    


Unli tovushlar  faqat ovoz (un) ishtirokida  hosil bo‘lib, ularni talaffuz  qilish 

jarayonida o‘pkadan chiqadigan  havo oqimi  og‘iz bo‘shlig‘ida  hech qanday  

to‘siqqa uchramaydi. Masalan, o, a, i kabi. Shuning  uchun unli tovushlarda 

ohangdorlik  kuchli bo‘ladi. Har bir til o‘ziga xos unlilar tizimiga  ega. Tildagi 

unlilar  tizimi  vokalizm  deyiladi. Vokalizm -  lotincha  vokalis  so‘zidan olingan 

bo‘lib, unli  (ovozdor) demakdir.  

     

Undosh tovushlar o‘pkadan chiqadigan havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘ida  



to‘siqqa uchrashi  natijasida  yuzaga keladi.  Bunday tovushlar  faqat shovqindan 

yoki ovoz hamda  shovqindan iborat bo‘lishi mumkin. Tildagi undoshlar  tizimi  



konsonantizm  deb ataladi. Bu termin inglizcha konsonontism  so‘zidan olingan 

bo‘lib, undoshlar tizimi demakdir.  




Download 438.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling