I bob. Yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi


Download 438.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/40
Sana13.12.2021
Hajmi438.5 Kb.
#180970
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi

     

Unli tovushlar tasnifi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida  6 unli fonema  bor: a, 

o, i, e, o‘, u.  Ular quyidagicha tasnif qilinadi: 1) tilning gorizontal harakatiga 

ko‘ra; 2) tilning vertikal harakatiga ko‘ra; 3) lablarning ishtirokiga ko‘ra. 




27 

       


1.Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra unlilar ikkiga bo‘linadi:  

a) til oldi yoki oldingi qator unlilar: i, e, a ; 

b) til orqa yoki orqa qator unlilar: u, o‘, o 

        Bunday bo‘linishning sababi shundaki, til oldi unlilari talaffuz qilinganda  

tilning oldingi  qismi faolroq harakatga keladi. Til orqa unlilarni  talaffuz  qilganda  

esa ,  tilning  orqa  qismi   harakatga  kelib 

ko‘pincha yumshoq tanglay tomon yo‘naladi.  

     


2. Tilning vertikal  harakatiga ko‘ra unlilar uchga bo‘linadi: 

a) yuqori unlilar (tor) unlilar: i, u

b) o‘rta (o‘rta keng) unlilar: e, o‘

v) quyi (keng) unlilar: a, o

     

 Unli tovushlarning tilning vertikal harakatiga ko‘ra tasnifida  tilning 



tanglayga tomon ko‘tarilishi va tushishi, og‘izning ochilishi darajasi  hisobga 

olinadi. Chunonchi, i, u  tovushlarini hosil qilishda  til tanglayga  yaqin turadi

shuning uchun og‘izning ochilish darajasi  tor bo‘ladi; a, o  tovushlarini  hosil 

qilishda esa til tanglaydan ancha uzoqlashadi (quyida turadi), shuning uchun 

og‘izning ochilish darajasi ham keng bo‘ladi; e, o‘ tovushlarini hosil qilishda til va 

tanglay o‘rtasidagi  oraliq o‘rtaga bo‘ladi, ya’ni tor ham emas, keng ham emas. 

Shunga ko‘ra,  og‘izning ochilishi ham o‘rtacha  keng darajada bo‘ladi.  

  

3. Lablarning ishtirokiga ko‘ra  unlilar ikkiga bo‘linadi: 1) lablangan unlilar: 



o‘, u, o ; 2) lablanmagan unlilar: a, i, e.  

   


Lablangan unlilarni talaffuz qilishda  lablar faol ishtirok etadi, ya’ni  ular 

oldinga intilib, doira shaklida bo‘ladi. Lablanmagan unlilar talaffuzida esa, 

lablarning ishtiroki lablangan unlilar artikulyatsiyasiga nisbatan nofaolroq bo‘ladi. 

 

 



 

 

 



 


28 


Download 438.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling