I bob. Yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi
Nutq a’zolari va ularning vazifalari
Download 438.5 Kb. Pdf ko'rish
|
yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi
Nutq a’zolari va ularning vazifalari. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan a’zolar nutq a’zolari deb ataladi. Nutq a’zolariga ko‘krak qafasi, o‘pka, kekirdak, tovush paychalari, tanglay, kichik til, og‘iz bo‘shlig‘i, til, jag‘lar, tishlar, lab, bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, burun bo‘shlig‘i kabilar kiradi. Nutq a’zolarining jami nutq apparati deyiladi.
Nutq tovushlarini hosil qilish murakkab tabiiy-fizialogik jarayon bo‘lib, bunda markaziy nerv tizimi nutq a’zolarini harakatga keltiradi va bevosita boshqarib turadi. Nutq tovushlarining talaffuz jarayoni quyidagi uch bosqichga asoslanadi:
1. Talaffuz jarayonida o‘pkadan chiqadigan havo oqimi nafas yo‘li orqali bo‘g‘izga kelib, u yerda joylashgan tovush paychalarini tebratadi va un hosil qiladi. Masalan: a, i, o, o‘, e, u kabi unli fonemalarning tovush tiplari ana shunday fiziologik jarayon mahsulidir.
2. Bo‘g‘iz orqali o‘tgan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘iga kelganda, til va tanglay yoki lab vositasida hosil qilingan to‘siqqa duch keladi hamda shovqin 25 paydo bo‘ladi. Masalan: b, d, t, z, s, k, g‘ kabi undosh fonemalarning nutqqa ko‘chishi ana shu shovqin asosida yuzaga chiqadi.
3. O‘pkadan chiqadigan havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘iga kelganda til yoki lab orqali hosil qilingan to‘siqqa urilib portlash hamda bir qism havo oqimining burun bo‘shlig‘idan sirg‘alishi natijada m, n, ng singari (sonor) ovozdor undoshlar hosil bo‘ladi.
Nutq a’zolari tovush hosil qilish jarayonida turlicha harakat yoki holatda bo‘ladi. Chunonchi, pastki jag‘ning turlicha harakati natijasida og‘iz bo‘shlig‘i keng yoki tor holatga o‘tib turadi, bu esa ayrim tovushlarning hosil bo‘lishini, (masalan a, i kabi) ularning aniq talaffuz etilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham og‘izni katta ochgan holda u tovushini hosil qilib bo‘lmaganidek, og‘izni tor ochish orqali a unlisini ham hosil qilish mumkin emas.
Og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan nutq a’zolaridan eng faoli tildir. Uning yuqori va pastki tanglay oralig‘idagi harakatini aniq tasavvur etish uchun ularning har biri alohida guruhlarga ajratiladi: til oldi, til o‘rta, til orqa, chuqur til orqa kabi. Shuningdek, tilning og‘iz bo‘shlig‘ida gorizontal va vertikal holatiga ko‘ra ham bir necha guruhlarga ajratish mumkin:
Tilning oldinga - milkka va teskari harakati gorizontal harakat bo‘lib, bunday harakat a) til oldi va b) til orqa harakat deb nomlanadi; tilning yuqori tanglayga ko‘tarilishi va pastga tushishi esa vertikal harakat bo‘lib, bu harakat uch guruhga bo‘linadi: a) yuqori; b) o‘rta; v) quyi.
Nutq a’zolarining tovush talaffuzi jarayonidagi turlicha harakati va holati artikulyatsiya deyiladi.
Tovush hosil qilishda ma’lum bir nutq a’zosi yoki uning biror qismi faol ishtirok etadi. Masalan: b, p tovushlarini hosil qilishda lablar, d, t, z undoshlarini hosil qilishda tilning oldingi qismi orqa qismi faol ishtirok etadi. Demak, b,p tovushlarining artikulyatsiya o‘rni lablar, d, t, k undoshlariniki esa tildir.
Nutq a’zolari tovush hosil bo‘lish jarayonida bir-biri bilan jipslashishi va bu jipslashgan nutq a’zolariga havo oqimining kelib urilishi natijasida portlashi (masalan d, t, k, b kabi) yoki bir-biriga yaqinlashib tor oraliq hosil qilgan nutq 26 a’zolari orasidan havo oqimining o‘tishi (masalan s, sh, z, f kabi) sababli sirg‘alishi mumkin. Tovush hosil qilish paytida havo oqimining sirg‘alib yoki portlab o‘tishi artikulyatsiya usuli deb ataladi. Demak, d, t, b undoshlari artikulyatsiya usuliga ko‘ra portlovchilar z, s, sh, undoshlari esa sirg‘aluvchilardir.
Nutq tovushlari artikulyatsiya jarayonida ishtirok etadigan a’zolarni faol va nofaol turlarga bo‘lib o‘rganamiz:
1. Faol nutq a’zolari: til, kichik til, lab, tovush paychalari, pastki jag‘lar, yumshoq tanglay. Bu a’zolardan eng faoli til, lab va tovush paychalaridir.
2. Nofaol nutq a’zolari: yuqori jag‘, kekirdak, qattiq tanglay, burun, tishlardir. Download 438.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling