I bob. Yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi


Download 438.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/40
Sana13.12.2021
Hajmi438.5 Kb.
#180970
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


48 

XULOSA 

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan boshlab Yaponiya va O’zbekiston 

davlatlari o’rtasida yapon tili rivojlanib bormoqda. O’zekistonda yapon tili ta’limi 

1990-yildan boshlangan edi. Hozirgi vaqtga kelib yapon tili bilan 

shug’ullanuvchilar soni ko’payib bormoqda. Yapon tili dastlabki o’n yillikda faqat 

Toshkent shahridagi oliy o’quv yurtlarida olib borilgan edi. Keyin 

mamlakatimizning turli xil tumanlarida jumladan, Samarqand, Buhoro, Farg`ona 

viloyatlarida ham rivojlantirildi. Shundan so’ng bir qancha talabalar xorijda o’qib  

kelib, yapon tili o’qituvchilari bo’lib yetishdilar. Keyingi vaqtlarda yapon tilining 

ommalashib borishi, til o’rganuvchi yoshlar sonining ko’payishi,  bu tilni 

o’rganishning mamlakat viloyatlariga ham yoyilishi, saviyaviy barkamollikka bu 

talablarga ham javob bera olishi ko’zga yaqqol tashlanmoqda. Hech bir inson 

jamiyatdan ayri holda shakllana olmaydi, jumladan til ham. Chunki til aloqa 

vositasi bo`lib, insonlar orasida muloqot vositasi hisoblanadi. Jamiyat mavjud 

emas ekan, til ham mavjud bo`la olmaydi. Qadimda insoniyat paydo bo`lgan 

davrda yozuv bo`lmagan bo`lsa-da, ular o`zlari tushunadigan har kungi muloqot 

vositasiga ega bo`lgan. Demak, til jamiyatda rivojlanadi. Qaysiki biror-bir til 

insonlar orasida ishlatilmas ekan, u o`lik tilga aylanadi va rivojlanmay qoladi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                        

Oxirgi paytlarda O’zbekiston aholisi orasida Yaponiya madaniyati va  tiliga 

bo’lgan qiziqishning ortib borishi kuzatilmoqda.Insonlar qancha chet tilini bilsalar, 

ular uchun shuncha imkoniyatlar tug’iladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda barcha 

sohalarda chuqur islohotlar olib borilmoqda.Bugungi kun yoshlarining xalqaro 

zamon talabi darajasida ta’lim olishlari uchun  hukumatimiz tomonidan keng 

imkoniyatlar eshigi ochib berilgan. 

Yuqorida ko’rsatilgan muammolarni yechimini topish uchun, bitiruv 

malakaviy ishida imkon qadar qiyosiy tahlil orqali o’zbek va yapon tilini 

chog’ishtirgan holatda yoritib berishga harakat qilindi. Har bir o’rganuvchi o’z ona 

tili qoidalari bo’yicha boshqa chet tilini o’rganadi. Ammo o’z ona tilidagi 

qonuniyatlari o’zga tilda bo’lmasligi tabiiy. Ikkita bir xil tilning o’zi mavjud emas. 



49 

Mazkur bitiruv malakaviy ishning natijalari haqida batafsil so’z yuritadigan 

bo’lsam, dastlab o’zbek tilida ushbu mavzu  bo’yicha ma’lumot berdim. Va 

masalani qiyosiy tahlil qilish orqali yapon tili fonetikasining o’ziga xos 

xususiyatlari haqida to’xtalib o’tdim. Hozirgi kunda xorijiy tillarni o’rgatish 

mamalakatimizda keng yo’lga qo’yilgan. O’rganilayotgan tilni chuqur o’zlashtirish 

uchun ma’lum miqdorda so’zlarni bilish hamda ularni nutqda qo’llay olish yetarli 

emas. Yapon tilini o`rganuvchi va qiziquvchilar va bizlar uchun til o’rganish 

vaqtida yapon tilining o’ziga xos xususiyati o’zbek tilida mavjud emasligi ba’zi bir 

qiyinchiliklarni tug’dirishi mumkin. Lekin bizlar yaratayotgan mazkur bitiruv 

malakaviy ishlarimiz bu muammolarni yechimini topishda yodram beradi deb 

umid qilib qolamiz. 

Ushbu  bitiruv  malakaviy  ish  mavzusi  “Yapon tilida tovushlarning qisqa 

cho’ziqligida vokalizmlarning farqlanishi”.  Men  ushbu  mavzuni  tanlaganimdan 

maqsad shuki, o‘zbek va yapon tillaridagi o‘zaro tovushlar tarkibini farqlarni tahlil 

qilish  bilan  birgalikda  o‘zbek  va  yapon  tillarida  tovushlar  tarkibi  juda  katta  farq 

qilinishini  ko‘rsatmoqchiman.  Bu  mavzu  juda  ham  dozarb  chunki  yapon  tilini 

o‘rganayotgan  talabalar  uchun  yapon  tilidagi  harflarni  talaffuz  qilish  juda  qiyin 

bo‘ladi,  va  xuddi  shunday  holat  o‘zbek  tilini  o‘rganayotgan  yaponlar  uchun  ham 

mavjud. Yapon tili fonetk sistemasidagi yana bir o‘ziga xos jihat shundan iboratki, 

bu tovushlarning davomiyligi ya’ni ushbu tushuncha o‘zbek tillariga yoddir va bu 

ham yapon tilini o‘rganayotgan talabalar uchun murakkablik tug‘diradi. 

Ushbu  malakaviy  ishda  yapon  tili  fonetikasiga  xarakteristikasi  berishga 

harakat  qildik.  Yapon  tili  fonetik  tarkibi  o‘zbek  tili  fonetik  tarkibiga  deyarli 

o‘xshab  ketadi.  Shunga  qaramasdan  biz  yapon  tilini  o‘rganayotganimizda  bir 

qancha  qiyinchiliklarga  duch  kelamiz. Lekin  bir  qancha  yapon  olimlarining  ilmiy 

ishlari yapon tili fonetik strukturasi borasida aniq va ravon xarakteristika berilgan. 

Bu esa bizga yapon tili fonetik tovushlarini etarli darajada talaffuz qila olishimizga 

yordam beradi. Yapon alifbosi kana deb nomlanadi.  Bu bo‘g‘inli harflardan iborat. 

Ushbu  alifboning  yozuv  shakli  katagana  va  xiragana  belgilari  hamda,  ikki  xil 

variantdagi  lotin  alifbosida  yozilgan  shakllardan  iborat:  Romadji  deb 



50 

nomlanadigan  Xalqaro  Xepbern  lotini  alifbosidir.  Kana  11  ta  qatorli  jadval 

ko‘rinishidagi 46 ta asosiy belgilardan iborat (ayrim belgilar ishlatilmay ketilgan). 

Bundan  tashqari  61  ta  asosiy  belgini  anglatuvchi  bo‘g‘inlardan  iborat.  Ushbu 

bo‘g‘inlar jarangli va yumshoq undoshlarning tarkibidan tashkil topgan. 

Ushbu malakaviy ishda yuqorida ko‘rsatilgan barcha vazifalar badjaridi deb 

o‘ylayman.  Ulardan  ikkala  tilning  unli  va  undosh  tovushlarining  o‘zar  tahlili. 

Bundan tashqari godzyun fonetik sistemasining tarkibi va hozirgi yapon tili fonetik 

strukturasining  hozirgi  ko‘rinishi  haqida  ham  tushunchalar  berib  o‘tildi.  Bundan 

tashqari,  yapon  va  o‘zbek  tiidagi  fonetik  strukturaning  o‘zaro  o‘xshashligi  va 

ushbu  tillardagi  fonetik  tovushlarning  tarkibi  hamda  shakllanishi  va  ikkita  tilni  

o‘zaro qiyosiy holatda o‘rganish ancha oson ekanligi ham ko‘rib o‘tildi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


51 


Download 438.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling