I bob. Yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi
Download 438.5 Kb. Pdf ko'rish
|
yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi
v va u tovushiga o'xshash tovush hosil bo'ladi. O'zbek tilidagi v harfi orqali
berilishi mumkin. Lekin shuni inobatga olish kerakki to'liq o'xshashlik bu yerda mavjud emas: yapon tilida lab-lab bo'lsa, o'zbek tilida lab-tish holatda bo'lishi mumkin. Zamonaviy yapon tilida [w] tovushi a unli tovushi bilan boshlanadigan so'zlar oldidan kelishi mumkin. Oldin bu tovush boshqa unlilar oldidan ham kelgan. Bu haqda [o] tovushi ya'ni tushum keligining ma'nosini beradigan qo'shimcha shaklga ega bo'lgan o ni nazarda tutishimiz mumkin. Yarim jarangdosh tovushlar Pa-pi-pu-pe-po tovushlari yarim jarangdosh tovushlar turkumiga kiritishimiz mumkin. Bu haqda juda ko’ savollar mavjud. Yarim jarangdor degani nima ma’no beradi? kabi savollar tug’ilishi mumkin. P tovushi jaranglilar turkumiga kirishi mumkinmi? Har qanday darslikda u jarangsizlar tarkibiga kirishini boshlang'ich sinflar ham biladi. Kabi tushunchalar yoki savollar berilishi mumkin. Nara erasigacha p tovushi jarangsiz hisoblangan bo'lib, b tovushining jufti bo'lgan. Keyinchalik u bu martabadan quvilgan bo'lib, uning o'rnini f tovushi egallagan. Keyinchalik esa x tovushiga o'zgartirilgan. P tovushining o'zi esa leksikada taqlidiy tovush hamda fe'l orasida sihlatilib kelingan. Masalan, (xyu: – xyu: pyu: – pyu: byu: – byu:) – «shamol esayapti»; (xi: – xi pi: – pi: bi: – bi:) – «kimdir yig'layapti». Ushbu tovushlardan anglash mumkinki, x,p,b tovushlar
45 holatning o'zgarish darajasini belgilab ko'rsatishi mumkin. P tovushi bu holatda jarngli tovush vazifasini bajaradi. Chunki b tovushi jarangli tovushdir. Biroq jarangsiz deb ham nomlab bo'lmaydi, chunki x tovushining mavjudligi uchun. Natijada p tovushi arosatda qolib ketayapti, shuning uchun uni (xandakuon) – «yarimjarangli tovush» deyiladi. Xiragana va kataganani o'rganayotgan talabalar (xannigori yoki xandakuten) – bu xa- xi-fu-xe-xo belgilarning yuqori chap tarafidagi dumaloqchalar yaqinda paydo bo'lganligini bilishmaydi. Bungacha to'liq bsh asr odamlar shunaqa tovush borligini taxmin qilib kelishgan. Hayron qolarli joyi shundaki, birinchi marta handakuten belgilarini portugal missionerlari 16 asrda xristian kitoblarini yapon tiliga tarjima qilayotganda foydalanishgan. Ular yapon tili yozuviga yangilik kiritishni hohlashmagan, shunchaki o’zlariga oson bo’lishi uchungina handakuten belgilaridan tarjima jarayonini osonlashtish uchun foydalanganlar. Buning natijasida handakuten yordamida yaponlarning og’zaki nutqini ravon talaffuziga erishilgan. Bunga yaqqol dalil sifatida yapon=portugal lug’atlaridan Rodriges majmuasini olishimiz mumkin.
Kichkina dumaloqni qo'yish fikri portugallar tomonidan o'ylab topilmagan. Gap shundaki, yapon adabiyotida o’sha paytlarda ushbu belgilar avtor biron bir hodisani alohida inobatga olmoqchi bo’lganda ihslatgan. Bu fundakuten deb aytilgan. Bu o’zbek tilidagi so’zga urg’u berish kabi holatga o’xshatishimiz mumkin. Shunday xulosa qilishimiz mumkinki portugaliyalik missionerlar shunchaki bu belgilarning ishlatilish ma’nosini o’zgartishgan. Meyji davrida «alfavitni tarixiy husnixati» tasdiqlangandan keyin. Handakuten belgisini p tovushiga biriktirilgan. Lekin ko'p insonlar ushbu belgini keraksiz deb tushirib qoldirishgan. 1946 yildan boshlab handakuten belgisi husnixatda ommaviy tarzda majburiy quyilishi yo’lga qo’yilgan. Download 438.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling