I bob yoqilg’I – energetika sanoati haqida tushuncha va o’zbekistonda yog’ilg’i sanoatining tarmoqlari
NEFT-GAZ VA KONDENSATNING XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI
Download 1.24 Mb.
|
Ismoiljon kurs ishi
NEFT-GAZ VA KONDENSATNING XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI
Hozirgi kunda xalq xо`jaligida tabiiy gazning 58,4% ichki ehtiyoj uchun, 6,5% yer osti omborlariga, 12,5% salqing jarayoniga va 22,5% eksportga jо`natiladi. Kimyo sanoatida neft va neft mahsulotlarini qayta ishlashda hosil bо`lgan moddalar tо`g`ridan-tо`g`ri haydash natijasida olingan past oktanli benzinlar, shuningdek benzol, toluol va shu kabilarni olishda chiqadigan qо`shimcha moddalar asosiy xom-ashyo sifatida foydalanilmoqda. Neft xomashyosi neft gazi yoki suyuq neft mahsulotlari holatida kimyo sanoati uchun tayyor mahsulot hisoblanmaydi. Ularni avval qayta ishlash natijasida faol moddalar hosil qilinadi. Bunday moddalarga birinchi navbatda tо`yinmagan uglevodorodlardan olefinlar, etilen, propilen va butilenlar kiradi. Kimyo sanoatida neft va neft mahsulotlaridan xom-ashyo sifatida foydalaniladi va yangi moddalar olinadi: suniy kauchuk, plastmassalar, sintetik tolalar, yuvuvchi moddalar va hakozolar ishlab chiqariladi. О`zbekistonda hozirgi kunda metallurgiya sohasiga qarashli Bekobod metallurgiya zavodi, Olmaliq tog`-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya zavodi, barcha turdagi mashina va elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavodlar va shu kabilar neft va gazdan foydalanuvchi asosiy sanoat korxonalari hisoblanadi. Sho`rtan gaz kimyo majmuasini va suniy suyuqlik yoqilg`isini ishlab chiqaradigan zavodning istiqbolli kelajagi tabiiy gazni qazib olish jarayoni bilan chambarchas bog`langandir. Qatlam sharoitida neft uch qismdan tashkil topadi. Yuqori yuza sirtida gaz va qisman parafinga yо`qotiladi. Yer bag„ridan qazib olingan neftning tarkibidagi gaz yо`ldosh gaz hisoblanadi. Kon tizimida ajralib chiqqan gazga neft gazi deyiladi. Neft va gaz insoniyatga juda qadimdan ma’lum bо‘lib, ulardan olinadigan mahsulotlarning xalq xо‘jaligidagi iste’mol qilish о‘rni hamda ularga bо‘lgan ehtiyoj yil sayin ortib borgan. О‘zbekistonda qadim zamonlardayoq neftdan foydalanib kelingan. Neftning о‘ziga xos о‘tkir hidi tufayli qishloq xо‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda undan foydalanilgan. Neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar о‘tkazgan. Vatanimiz O’zbekiston mustaqillikga erishgach neft va gaz sanoatida qator o’zgarishlar va islohatlar o’tkazildi. Ammo ungacha ham mamalakatimiz o’zining neft va gaz sanoatiga ega bo’lgan. Xususan O’zbekistonda tabiiy (neft bilan chiqadigan) gaz 1906-yili olina boshladi. Demak neft sanoati tarixi vatanimizda II jahon urishidan oldin yuzaga kelganini anglashimiz mumkin. U vaqtda tabiiy gazning chiqadigan miqdori juda ham oz bo’lgan (yiliga tahminan 0.7-3 mln ). Yuqorida aytib o’tganimizdek, O'zbekistonda neft sanoatining rivojlanishi 1906-yilda boshlangan. Ammo ungacha bo’lib o’tgan ishlar 1900-yilda Farg'ona vodiysidagi Chimyon qishlog'i yaqinidagi ikkita quduqdan qazib olingan. Bu hududda asosiy qidiruv ishlari 1904-yilda boshlangan bo‘lib 270 m dan oshiq chuqurlikdan, kuchli bosim bilan otilib chiqqan neft olindi. Bu voqealar albatta diqqatga sazovor. 1906-yilda Farg'ona viloyatida davriy ishlaydigan bitta ikki kubli neftni qayta ishlash zavodi qurildi. Neft otarava transportida yetkazildi va uning sifati termometr va gidrometr tomonidan aniqlandi. Bu neftdan olingan asosiy mahsulot esa yoritish kerosini va isitish manbai bo’lib qolaverdi xalos. So’ngra zavod tashqarisidagi kovaklaridagi benzin yoqib yuborilgan, u faqat 1915-1916-yillarda O'rta Osiyoda ichki yonish dvigatelli mashinalar paydo bo'lganda ishlatilganligi aniqlangan. Ushanda neft mahsulotlari temir yo‘l orqali qadoqlangan shaklda Afg'oniston va Xitoyga eksport qilingan. 1907-yilda aka-uka Nobellar zavodni sotib olib, bosqichma-bosqich qayta qurishni boshladilar. Xuddi shu yili Chimyon konidan neftni qayta ishlash zavodigacha bo'lgan to'rt dyuymli neft quvurining ekspluatatsiyasi boshlandi. 1940-yilda zavod o'z laboratoriyasiga ega bo'lganida va texnologik jarayon sifat jihatdan o'sganida yillik quvvati 176 000 tonnaga yetdi. 1950-yilga kelib О‘zbekistonda neft qazib chiqarish 1 mln 342 ming tonnaga yetgan. XX asrning 50 yillaridan neft konlarida mexanizatsiya vositalari qо‘llanilgan, turbinali burg‘ilash joriy qilina boshlangan. Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyati 1959 yilda 9 ta neft konining о‘zidan 1 mln 460 ming tonnadan ziyod neft qazib olingan. О‘sha davrda Buxoro–Xiva hududlarida topilgan neft konlari ishga tushirilgan, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etilgan. XX asrning 70 yillarning boshida ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaygan. Yangi neft konlarini topish uchun chuqur quduqlar qazishga tо‘g‘ri kelgan. Voruxda 5200 m, G‘umxonada 5670 m, Chust-Popda 5805 m, Mingbuloqda 6006 m о‘ta chuqur neft quduqlari burg‘ilangan. 1972-yil Qashqadaryo viloyatida dunyodagi eng katta zavodlaridan biri Muborak gazni qayta ishlash zavodi qurilgan, 1980-yilda Sho'rtandagi zavod ishga tushurilgan. Shu tariqa kun sayin rivoj topib Neft va gaz sanoati o’zining bugungi qiyofasini yaratib oldi. Hozirda vatanimiz neft qazib olish, qayta ishlash, eksporti bo’yicha yuqori o’rinlarda turadi va oz fursatda mamlakatimizdagi neft va gaz tarifi sezilarli darajada o’z rivojini topdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling