I bob yoqilg’I – energetika sanoati haqida tushuncha va o’zbekistonda yog’ilg’i sanoatining tarmoqlari
-Rasm.(Tabiiy gaz va neft konlari avval va hozirda)
Download 1.24 Mb.
|
Ismoiljon kurs ishi
2-Rasm.(Tabiiy gaz va neft konlari avval va hozirda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. “Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin egallaydi. Ushbu soha nafaqat energiya manbai, balki koʻplab tarmoqlar uchun zarur boʻlgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi. Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan ishlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga 15 foizga koʻp tabiiy gaz va 1,6 barobarga koʻp suyultirilgan gaz yetkazib berildi.Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qoʻshimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan talab qondirib kelinmoqda. Shoʻrtan va Ustyurt gaz-kimyo komplekslarida joriy yilning oʻzida gazga nisbatan qoʻshilgan qiymati 4 barobar koʻp boʻlgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi. Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish uchun 2030-yilgacha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash boʻyicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan…”. -deya qayd etadi. Nafaqat yurtimizda balki butun yer yuzida yoqilg'i energetik balansi, neft-gaz va kondensati yuqori o'rinda turadi. Sanoatning tez o'sishi tufayli neft mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj borgan sari ortib borayapti. Sintetik kauchuk, tola, sirt aktiv moddalari, yuvish vositalari, bo'yoq va boshqalar ishlab chiqarish ko'paymoqda. Shu maqsadlarda dunyo miqyosida olinayotgan neftning 8 % sarflanayotganligi ma'lum. Neft kimyosi va asosiy organik sintez texnologiyasida bu xomashyolardan ishlab chiqarilayotgan yuzlab mahsulotlar xalq xo'jaligida keng ishlatilmoqda. Respublikamiz korxonalarida ushbu mahsulotlardan olinayotgan polietilen va polipropilen plyonkalari, o'g'itlar, turli kimyoviy preparatlar qishloq xo'jaligida asqotyapti. Neftdan olinayotgan moylar (mineral moylar), erituvchilar (nefraslar), smolalar va boshqalar yiliga millionlab tonna miqdorda ishlab chiqariladi. Shu bilan bir qatorda asfaltlar (asfaltenlar), bitum va boshqa qoldiq neft mahsulotlari yo'l qurilishida, fundamentni mustahkamlashda, mastika, plastifikator, antioksidant va antiseptik ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Bundan shu ayon bo'ladiki, neft-gaz va kondensatlardan xalq xo'jaligining deyarli barcha sohalarida keng va unumli foydalanib, texnikaning asosiy xomashyolari hamda ajralmas komponentlari sifatida ishlatilmoqda. 3-Rasm. 2022- yil yanvar- mart oylarida O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan % da Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling