I bob. Zamburug’larning umumiy tavsifi


Download 351.59 Kb.
bet8/10
Sana09.02.2023
Hajmi351.59 Kb.
#1181650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
botanika

Karbon manbaalari. Zamburug’lar geterotrofligi uchun atrof-muhitda ular uchun organik karbon manbai bo’lishi shart. Zamburug’lar bu maqsadda qo’llay oladigan birikmalar soni nihoyatda ko’p. Ba’zi turlarning karbonga ehtiyojini qondirish uchun birorta organik birikma yetarli bo’lsa, boshqalari muhitda o’sish faktorlari (V guruh vitaminlari, aminokislotalar va h.) bo’lishini talab qiladi. Ba’zi polifag zamburug’lar tarkibida karbon bo’lgan har xil substratlarni qo’llay oladi. Misol uchun, Aspergillus flavus har xil oziq-ovqat (don, non mahsulotlari, quruq meva, go’sht, yong’oq, sabzavotlar) va boshqa mahsulotlardan (teri, qog’oz, gazlama, hasharotlar fekaliysi va insonning ichak sistemasidan) ajratilgan. Mikroorganizmlarning ko’pchiligi monosaxaridlarni, ayniqsa glyukozani yaxshi o’zlashtiradi. Ba’zi istisnolar mavjud, misol uchun Phytophthora turlari murakkabroq karbonsuvlarni – kraxmal va dekstrinni – afzalroq ko’radi. Ba’zi Fusarium turlari pentozalarni yaxshi o’zlashtiradi. Zamburug’larning ayrim turlari ko’p atomli spirtlar (masalan, mannit), organik kislotalar va aminokislotalarni oson o’zlashtiradi. Ba’zi zamburug’lar karbonvodorodlarni (neft, yonilg’i, moy, asfalt va b.) (Cladosporium resinae), mum va parafin kabi turg’un birikmalarni (Aspergillus flavus, A. niger) o’zlashtira oladi. Ba’zi, lipaza faolligiga ega zamburug’lar (Aspergillus niger, Penicillium notatum) zig’ir va paxta yog’i muhitida yaxshi o’sishi va konidiyalar hosil qilishi aniqlangan. Azot manbaalari. Zamburug’lar hayot kechirishida azot ozuqasi karbonga nisbatan kam hajm egallaydi. Buning sabablari, birinchidan, hujayra kimyoviy tarkibidagi azot miqdori karbonga nisbatan 5-6 marta kam; ikkinchidan, karbon birikmalari ayni vaqtda ham konstruktiv, ham energetik almashinuvda ishlatilishi tufayli ularning katta miqdorlari o’zlashtiriladi. Ammo zamburug’ metabolizmida azotning roli karbonnikidan kam emas. Zamburug’lar azotni ham mineral, ham organik manbaalardan olishi mumkin. Ularning ko’pchiligi azotga ehtiyojini ammoniy tuzlari, ba’zilari esa ham ammoniy, ham nitrat tuzlari hisobiga qoplaydi. Mineral azotning eng universal manbai nitrat azotidir. Nitratlar (NO3 - ) va nitritlar (NO2 - ) azotini zamburug’larning taxminan 90% o’zlashtira oladi. Ba’zi zamburug’lar, masalan oomitsetlarning ko’pchiligi va ba’zi bazidiomitsetlar nitrat azotini yaxshi o’zlashtira olmaydi. Azotli organik birikmalarni faqat ammiak hosil qilib parchalaydigan zamburug’lar o’zlashtira oladi. Phoma, Rhizoctonia, Pullularia, Puccinia turkumlariga mansub turlar gaz shaklidagi azotni o’zlashtiruvchi (azotfiksatsiya qiluvchi) zamburug’larning kichik guruhiga kiradi. Ozuqa moddalar zamburug’lar organizmiga, hujayra ichida va uning tashqarisidagi osmotik bosim har xil bo’lishi tufayli, bevosita hujayra qobiqlari orqali kiritiladi. Bunda xuddi zamburug’ o’sayotgan substratdagi organik moddalarni so’rib oladiganga o’xshash jarayon kuzatiladi. Ozuqa moddalar osmos usulida kiritilishi, zamburug’ ularni faqat suvli eritma shaklida o’zlashtira olishini belgilaydi. O’simlik to’qimalaridagi murakkab organik birikma (oqsil, karbonsuv) larni zamburug’lar o’zlarining ferment sistemalari yordamida oddiyroq, suvda eruvchan moddalarga aylantiradi. So’ngra boshqa ferment sistemalari teskari jarayonni – so’rilgan oddiy moddalardan zamburug’ tanasini qurishda lozim bo’lgan yuqori molekulyar birikmalar sintezini – kataliz qiladi.
Zamburug’larning fermentlari. Zamburug’larning ferment sistemalari murakkab tuzilishga ega. Ularning fermentlarini ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruh – ekzofermentlar, substratdan ozuqa moddalarni olish uchun uni yemirish jarayonlarini kataliz qiladi. Ikkinchi guruh – endofermentlar, hujayraga kiritilgan ozuqa moddalarini o’zgartirib, ulardan yuqori molekulyar birikmalar sintezini amalga oshiradi. Fermentlar ishtirokida kimyoviy reaktsiyalar o’tadi va hujayraga lozim bo’lgan energiya hosil bo’ladi. Fermentlar to’plamining tarkibi zamburug’larning yashash tarzi va ixtisoslashishi bilan chambarchars bog’liq. Fermentlarning eng xilma-xilligi ozuqa substrati sifatida o’simliklar va hayvonlarning o’lik to’qimalarini o’zlashtiruvchi va har xil materiallarda biozararlanish qo’zg’atuvchi saprotrof zamburug’larda mavjud. Murakkab ferment sistemasi yordamida saprotroflar ozuqa manbai sifatida har xil substratlarni o’zlashtira oladi. Fakultativ parazitlarning fermentlar to’plami ham ancha boy. Ammo, zamburug’ning parazitik ixtisoslashishi darajasi qancha yuqori bo’lsa, uning fermentlar to’plami shuncha kam bo’ladi. SHunday, fakultativ parazitlarga nisbatan fakultativ saprotroflar va ayniqsa obligat parazitlarning ozuqa substratlari ancha aniq va barqaror. Sifat tarkibi bo’yicha fitopatogen zamburug’larning o’simlik hujayra qobig’ini yemiruvchi fermentlari mavjud. Bulardan tsellyulaza ta’sirida tsellyuloza shishadi va eriydi, pektinaza esa hujayralararo plastinkalarni eritish va to’qimalarni bo’tqa shakliga keltirish jarayonlarini kataliz qiladi. Bu fermentlari yordamida zamburug’ xo’jayin o’simlik hujayrasi ichidagi moddalardan foydalanishga yo’l ochadi. Zamburug’ o’simlik hujayrasiga kirgandan keyin uning ichidagi moddalarni o’zlashtira oladigan shaklga keltirish vazifasini bajarishda qatnashadigan fermentlarining ahamiyati oshadi. Bular birinchi navbatda kraxmalni gidrolizlovchi (amilaza), oqsillarni parchalovchi (proteaza) va b. Bu fermentlar yordamida zamburug’lar amalda o’simlikning barcha qismlarini yemiradi. Normal yashashi, o’sishi va ko’payishi uchun zamburug’larning ko’p ozuqa elementlariga ehtiyoji bor, ularning orasida eng muhimlari qatoriga karbon, azot, oltingugurt, fosfor, kaliy, magniy va mikroelementlar (temir, rux, mis, kobalt, marganets, molibden va b.) kiradi. Zamburug’larga vitaminlar, birinchi navbatda biotin va tiamin, o’sishni boshqaruvchi va boshqa biologik faol moddalar ham lozim. Zamburug’larni sof kulturaga ajratish uchun ozuqa muhitini tayyorlash paytida organizm modda almashinuvi xususiyatlari, ularning karbon va energiya manbaalariga ehtiyoji hisobga olinadi. Bunda umumiy qoida – muhitda karbon miqdori azotga nisbatan 10-15 baravar ko’proq bo’lishi lozimligidir. Kulturalarini bakterial zararlanishdan asrash uchun muhitlarni iliq bo’lgunicha sovutib, Petri likopchalariga quygach, agar-agar qotishidan oldin ularning har biriga 1 ml antibiotik (penitsillin, ctreptomitsin, xloramfenikol va b.) eritmalaridan birini yoki bir nechtasining aralashmasini solish lozim. Bulardan faqat xloramfenikol avtoklavda sterilizatsiya qilishga chidamli va bu jarayonda faolligini yo’qotmaydi. Zamburug’larni har xil substratlardan ajratib olish uchun selektiv muhitlar tanlab olinadi va qaysi turkum turlarini ajratib olish rejasiga ko’ra maxsus kimyoviy birikmalar hamda zamburug’lar o’sishini sekinlashtiruvchi birikmalardan biri (bengal nimrangi, meditsinada ishlatiladigan ho’kiz safrosi (o’ti), natriy propionat, triton yoki natriy dezoksixalat) qo’shiladi.
Quyidagi zamburug’larni misol keltirishimiz mumkin:

Download 351.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling