I bob zamonaviy sharoitda bolalar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish
I.2. Isloxotlar sharoitida Yoshlar ijtimoiylashuvi muammolari
Download 64.1 Kb.
|
Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va turlari Mundàrijà Kirish I
I.2. Isloxotlar sharoitida Yoshlar ijtimoiylashuvi muammolari
Yoshlarga oid siyosat O’zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustivor yo’nalishi bo’lib, uning maqsadi Yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo’lida imkoni boricha to’la-to’kis ro’yobga chiqishi uchun ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi: millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar Yoshlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish; Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish; milliy, madaniy an’analarning avloddan avlodga o’tishi, avlodlarning ma’naviy aloqasi; Yoshlarning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, Yoshlar O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari doirasida o’z manfaatlarini amalga oshirish yo’llarini erkin tanlab olishlariga kafolat berish; jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika Yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda Yoshlarning bevosita ishtirok etishi; huquq va burchlarning erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining birligi. Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida O’zbekiston Respublikasi tasarrufiga quyidagilar kiradi: respublika hududida Yoshlarga oid davlat siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilash; Yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ta’minlash; Yoshlarga oid davlat siyosati boshqaruv idoralarini tuzish; Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida respublika kompleks va aniq maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo’ljallangan moliyaviy mablag’larni tasarruf etish; respublika Yoshlarining manfaatlarini O’zbekistonning respublikalararo va xalqaro majburiyatlari doirasida ifodalash; respublika hududida Yoshlarning va ular birlashmalarining ijtimoiy munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish; respublika Yoshlarining, Yoshlar jamoat uyushmalarining tashabbuslarini iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy jihatdan qo’llab-quvvatlash; hamma huquq sub’ektlarining O’zbekiston Respublikasi qonunlarida Yoshlarga nisbatan belgilab qo’yilgan majburiyatlariga rioya etishlarini nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid siyosatni shakllantirish hamda amalga oshirishning boshqa masalalari. Yoshlarga oid davlat siyosati O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, ushbu Qonunga va Yoshlarning manfaatlariga daxldor bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy hamda o’zga munosabatlarni tartibga soladigan boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi. O’zbekiston Respublikasi ushbu Qonun orqali 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan fuqarolarga taalluqli Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy negizini belgilab beradi va uni tegishli qonunlarni rivojlantirish hamda tizimga solish uchun asos deb e’tirof etadi. Agarda O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur Qonundagidan va O’zbekiston Respublikasining Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi boshqa qonun hujjatlaridagidan o’zgacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llanadi. Yosh fuqarolarni huquqiy muhofaza qilish davlat va jamoat tashkilotlari, birlashmalar va korxonalarning Yoshlarga nisbatan huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yilgan vazifalarini shaxsning qadr-qimmatini oilada, mehnat va o’quv jamoasida, turar joyda har tomonlama himoya qilishni o’z ichida oladi. Yoshlarni huquqiy muhofaza qilish O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda vakillik, ijroiya, sud hokimiyati idoralari, shuningdek huquq-tartibotni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining yosh fuqarolari Konstitusiya va qonun hujjatlarida mustahkamlab qo’yilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy huquq hamda erkinliklardan to’liq foydalanadilar. Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ularning yoshiga qarab qandaydir bevosita yoki bilvosita cheklab qo’yishga yo’l qo’yilmaydi va bunday xatti-harakatlar amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi. Voyaga yetmaganlarning muomala layoqati masalalari, yosh fuqarolar ayrim toifalarining (nogironlar, uy bekalari, bolalar uyida tarbiyalanayotgan hamda tarbiyalanib chiqqanlarning va hakozo) huquqlarini himoya qilish masalalari O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solib turiladi. O’zbekiston Respublikasida Yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo’ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etiladi. Davlat iste’dodli Yoshlarni alohida qo’llab-quvvatlaydi. O’zbekiston Respublikasida davlat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar iste’dodli Yoshlarni aniqlashda va ularning ijodiy kamol topishida ko’maklashishlari shart. Ana shu maqsadda O’zbekiston Respublikasida fan va texnika, iqtisodiyot, boshqaruv, san’at sohalarida iste’dodli Yoshlarni qidirib topishni, ularni muhofaza qilish va qo’llab-quvvatlashni amalga oshirishda moddiy-texnika bazalari bilan ta’minlangan davlat muassasalari, jamoat birlashmalari va komissiyalar faoliyat ko’rsatadi. Iste’dodli Yoshlarni qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari respublika va mahalliy byudjetlar, hamda boshqa manbalardan pul bilan ta’minlanadi. (O’zR 30.04.2004 yil 621-II-son Qonuni taxriridagi modda matni) O’zR 01.05.1998 yil 621-I-son Qonuniga muvofiq 9-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlangan Yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish jismoniy, aqliy, axloqiy jihatdan o’sishini va O’zbekiston xalqining manfaatlari yo’lida ijtimoiy kamol topishini ta’minlash uchun yosh fuqarolar va ularning oilalariga beriladigan davlat kafolatlarini o’z ichiga oladi. O’zbekiston Respublikasida Yoshlar uchun: bepul tibbiy xizmat; bepul ta’lim olish; sport-sog’lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy muassasalarga imtiyozli shartlarda qatnash; uy-joy qurish, ro’zg’or buyumlari sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish; dastlabki mehnat faoliyati uchun ish joyi bilan ta’minlanish yoki amaldagi qonunlarga muvofiq moddiy kompensasiya olish huquqi; ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini loyihalash va qurish chog’ida Yoshlarning talab-ehtiyojlarini hisobga olish; o’quvchilar, talaba Yoshlar va voyaga yetmagan fuqarolar uchun transportda yurish imtiyozlari; voyaga yetmaganlarga kompensasiya to’lovlarini kafolatlovchi ijtimoiy ta’minlanish minimumi belgilanadi. Voyaga yetmaganlarni, yosh fuqarolarning ayrim toifalarini (nogironlar, uy bekalari, bolalar uyida tarbiyalanayotgan va tarbiyalanib chiqqanlar, o’quvchilar, talabalar, harbiy xizmatni o’tab qaytgan harbiy xizmatchilar, zahiradagi harbiy xizmatchilar va shu kabilarni) ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar, shuningdek ularning huquqlarini amalga oshirish tartibi O’zbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi. Yoshlarga oid siyosat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladigan va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan davlat negizida amalga oshiriladi. (O’zR 03.12.2004 yil 714-II-son Qonuni taxriridagi qism)Davlat dasturining ishlab chiqilishidan va ro’yobga chiqarilishidan ko’zlangan asosiy maqsad Yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni, insoniy qadr-qimmatini, o’ziga xos, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan, ixtiyoriylik va tanlash imkoniyati qoidalari asosida Yoshlarning xalq xo’jaligida mehnat qilishlariga ko’maklashishdan iboratdir. Davlat dasturini ro’yobga chiqarishda mulkchilikning turidan qat’i nazar korxonalar, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar ishtirok etadi.Davlat dasturi moddiy resurslar, mehnat resurslari va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanadi.Mahalliy hokimiyat idoralari kichik dasturlar, shuningdek mustaqil hujjatlar tarzida dasturlar ishlab chiqadilar. Dasturlarning ro’yobga chiqarilishi mahalliy byudjet mablag’lari va pul bilan ta’minlashning boshqa manbalaridan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasida Yoshlarni, yosh oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish, Yoshlarning jamoat uyushmalari va ularning korxonalarini qo’llab-quvvatlash, Yoshlarning fuqaro sifatidagi tashabbuskorligini ro’yobga chiqarishga yordam ko’rsatish maqsadlarida Yoshlar davlat-jamoat ijtimoiy xizmati amal qiladi. Yoshlar ijtimoiy xizmati faoliyatining yo’nalishlari quyidagilardan iborat: psixologik-pedagogik, tibbiy-biologik, huquqiy yordam ko’rsatish va voyaga yetmaganlar hamda boshqa yosh fuqarolarga maslahat berish; jismoniy nuqsonlari tufayli juda noqulay sharoitda qolgan yosh fuqarolarga ijtimoiy yordam ko’rsatish; yosh oilalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish; mehnat va o’quv jamoalarida Yoshlarni huquqiy himoya qilish; voyaga yetmagan huquqbuzarlarga maxsus tarbiya muassasalarida ijtimoiy yordam ko’rsatish; ozodlikdan mahrum etish va maxsus muassasalaridan qaytgan yosh fuqarolarni ijtimoiy jihatdan tiklash (ko’niktirish); Yoshlarning jamoa bo’lib va yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlarini qo’llab-quvvatlash hamda bu faoliyatni rivojlantirish; huquqiy tashviqot, Yoshlarni ishga joylashish, ta’lim olish va kasbiy tayyorgarlik ko’rish, bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazish, turizm va sport bilan shug’ullanish sohasidagi manfaatlarini ro’yobga chiqarishlari uchun mavjud imkoniyatlar to’g’risida xabardor etish; Yoshlarning o’zini o’zi boshqarish shakllarini rivojlantirish; Yoshlarning yashash joylarida o’z bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini tashkil etishga ko’maklashish va Yoshlarga yordam ko’rsatish borasidagi boshqa vazifalarni bajarish. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari hududdagi o’ziga xoslikni hisobga olgan holda ijtimoiy xizmatning aniq shaklini belgilaydi. Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi tadbirlarni pul bilan ta’minlash byudjetlar, Yoshlar jamg’armasi va boshqa jamg’armalar mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Inson doimo farovon jamiyatni orzu qilib kelgan va bunday jamiyatni qurishni hokimiyatga bog’liq deb hisoblagan. Hozirgi kunda O’zbekiston ozod, obod va farovon jamiyat qurishga intilib yashamoqda. Lekin bunday jamiyatni qurish faqat hukumatga emas, balki ana shu hokimiyatni yaratgan xalqqa ham bog’liq ekanligini unutmasligimiz lozim. Chunki hokimiyatni qandayligi xalqqa bog’liq bo’lib hisoblanadi va u xalqqa xizmat qilish uchun xalq tomonidan nazorat qilib borilishi kerak bo’ladi. Bu esa, odamlarda ma’lum bir darajada bilim va malaka bo’lishini hamda mas’uliyat va javobgarlik hissi bo’lishini taqozo etadi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2005-yil 7-fevralda o’zini Vazirlar Mahkamasidagi chiqishlarida biz rahbarlardan ikkita narsani, ya’ni ma’suliyat va kompetentlikni talab qilamiz deb aytdi. Ana shu mas’uliyat va kompetentlik nafaqat rahbarlarda, balki barcha odamlarda eng avvalo kelajagimiz bo’lgan Yoshlarda shakllanishi lozim. Ularni shakllanishi esa tarbiya jarayoniga bog’liqdir. Tarbiya bu insonni ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida uni ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga tizimli va maqsadli ta’sir etish jarayonidir. Demak biz tarbiya jarayonida Yoshlarimizni farovon jamiyat qurishga qodir shaxs qilib tayyorlash uchun ularga ma’nan va jismonan tarbiya berishimiz kerak. Ularga ma’nan ta’sir etishda asosan e’tibor o’tmish va kelajak avlod oldida javobgarlik hissini shakllantirishga qaratilishi lozim. Mamlakattimizda Yoshlarga juda katta e’tibor qilinib, moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirib kelinmoqda. Buni biz 2008 yili Yoshlar yili deb e’lon qilinishda ham ko’rishimiz mumkin. Demak mamlakatimizda Yoshlarga har taraflama qulay sharoit yaratilgan. Yoshlar esa bunga javoban ijtimoiy-siyosiy hyotda faol bo’lib mas’uliyatni his qilib, farovon jamiyat qurishda o’z hissalarini qo’shishlari lozim. Shu o’rinda nima uchun aynan shu bayramda yangi yilga nom berilishini aytib o’tish lozim. Buning bizning nazoratimizda ikkita sababi bor, birinchisi, bayram yangi yil arafasiga to’g’ri kelganligi bo’lsa, ikkinchisi, Konstitusiya inson manfaatini himoya qiladigan hujjat ekanligi uchun bo’lsa ajab emas. Yoshlar yilini e’lon qilinishi nafaqat yig’ilish qatnashchilari balki butun aholi tomonidan katta quvonch bilan qabul qilindi. Chunki kelajagimiz bo’lgan Yoshlarni taqdiri barchamiz uchun muhim ahamiyatga ega.Yoshlar yilining mohiyati nimada desak ushbu yilda ijtimoiy siyosatda Yoshlar manfaati ustuvor ahamiyatga ega bo’ladi. Buning uchun hukumat Yoshlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqib amalga oshiradi. Yana bir muhim fikrni aytib o’tish lozim bu Yoshlarga amaliy ish berish vaqti yetganligi ya’ni Yoshlarga faqat ishonch emas balki amalda ulardan foydalanish kerakligi aytildi. Bu esa aholini 64%ni tashkil qiladigan Yoshlarni ijtimoiy – siyosiy hayotga faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi deb o’ylaymiz. Yoshlarga bo’lgan bunday munosabat ularni mas’uliyatini, javobgarligini ham oshiradi. Bunday mas’uliyatni shakllantirish esa tarbiya jarayonida davlatning Yoshlarga bo’lgan alohida munosabatni tushuntirishga bog’liq. Har qanday jamiyatni rivojlanishi shu jamiyatda yashayotgan odamlarni ongiga bog’liq. Boshqacha qilib aytganda hayotga ongli munosabatda bo’lishga bog’liq. Hayotga ongli munosabatda bo’lish uchun esa ikkita savolga javob bo’lish kerak. Birinchisi jamiyatimizni hozirgi kunini mohiyati nimadan iborat va ikkinchisi dunyoda qanday jarayon ketyapti, tarix qay tomon ketayapti degan savollarga javob berish kerak. Zamonamizning mohiyati kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tishdan iborat. Dunyoda esa, demokratik prinsiplarning o’rnatilishi va ularning ustuvorligi amal qilmoqda. Ana shularni tushungan odam ushbu jarayonda o’zini o’rnini va rolini bilishi kerak. Shu jarayonda faol ishtirok etishi lozim. Ana shunda hayotga ongli munosabatda bo’lish shakllanadi. Albatta buning uchun odamga ma’lum bilim va malaka kerak. Lekin aynan bu bilan cheklanib bo’lmaydi. Odamga hayotga ongli munosabatda bo’lish uchun bilim va malakadan tashqari mas’uliyat, javobgarlik ham kerakki busiz odam hayotga ongli munosabatda bo’la olmaydi. Bunday odamni ya’ni mas’uliyatsiz odamni bilimidan na o’ziga na jamiyatga foyda bo’ladi. Xo’sh odamda mas’uliyat bo’lishi uchun nima kerak. Insonda mas’uliyat, javobgarlik bo’lishi uchun unda ma’lum bir maqsad va shu maqsadga yetaklaydigan g’oya bo’lishi kerak. Agar o’sha maqsadga yetaklaydigan g’oya inson qalbidan joy olsa, ana shunda odamda mas’uliyat shakllanadi. Chunki insonda mas’uliyat bo’lishi faqat tashqi nazorat faktoriga emas, balki ichki nazorat omiliga ham bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda inson o’zini o’zi nazorat qilib turishi kerak. Bunday ichki nazoratni bo’lishi esa, ezgu maqsad va ezgu g’oyalarni taqozo qiladi. Bizda bunday maqsad va g’oyalar mavjud. Bosh maqsadimiz ozod va obod jamiyat qurish bo’lsa, bu maqsadga yetaklaydigan g’oyalar milliy istiqlol mafkursida mujassam bo’lgan yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligidir. Ana shu ezgu g’oyalar ya’ni yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligi g’oyalarini insonni ongiga singdirish mas’uliyatni shakllantiradigan ichki omil bo’lib hisoblanadi. Shu o’rinda milliy istiqlol g’oyasini paydo bo’lishi va uni mohiyati to’g’risida gapirishni lozim topdik. Ushbu g’oya mustaqilligimizni ilk yillarida eski mafkura tugab yangi mafkura yaralmay mafkuraviy bo’shliq yuzaga kelib Yoshlarimizni qalbini turli xil soxta g’oyalar egallab borayotgan qaltis bir vaziyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Birinchi I.A.Karimov tomonidan ko’tarilib chiqildi. Ana shundan so’ng yangi milliy g’oya yaratilib mafkuraviy bo’shliq tugatildi va buyuk maqsad sari xalqimizni birlashtirish imkoniyati paydo bo’ldi. Yoshlarda mas’uliyatni shakllantiradigan milliy istiqlol g’oyasini qalbga singdirilishi mustaqillikni qadriga borishni taqozo qiladi. Mustaqillikni qadriga borish uchun esa, uni qanchalik buyuk ne’mat ekanligini anglab olish lozim. Respublikamizda asosiy e’tibor milliy mustaqillikni mustahkamlashga va yanada takomillashtirishga qaratilmoqda. Chunki milliy taraqqiyot faqat mustaqillik orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Lekin bizni mustaqillikka nisbatan osonlik bilan erishganimiz uni ahamiyatini ozroq pasaytirgandan bo’layapti. Aslida unday emas, biz mustaqillikka ancha qiyinchiliklar bilan erishganmiz. Faqat mustaqillik uchun olib borilgan kurash bilan mustaqillikka erishilgan vaqt o’rtasida ma’lum bir vaqt masofasi borligi mustaqillik uchun bo’lgan kurashlarni sezilarli qilmayapti. Demak hamma gap ana shu kurashlarni ko’rsata olishda. O’zbek xalqining mustaqillik uchun bo’lgan kurashlariga O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinishidan buyon bo’lgan harakatlarni misol qilib qo’rsatish mumkin. Bunday harakatlarga O’rta Osiy xalqlarining mustamlakachilarga qarshi olib borgan kurashlari – Po’latxon qo’zg’oloni, Dukchi Eshon qo’zg’oloni, 1916 yil qo’zg’oloni, fuqarolik urushi yillaridagi «bosmachilik» harakatlari, Quqon muxtoriyati, qatag’onlik yillaridagi o’zbek ziyolilarining eng ilg’or qismidan 40 ming kishini qurbon qilinishini misol qilib ko’rsatish mumkin. O’zbek xalqining Maxmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori, Siddiqiy – Ajziy, Ibrat, Fitrat, Tavallo, Qodiriy, Cho’lpon kabi mutafakkirlari milliy istiqlol g’oyalari uchun qurbon bo’lganliklarini yoddan chiqarmasligimiz lozim. Mustaqillikka erishgan vaqt bilan mustaqillik uchun olib borilgan kurash o’rtasidagi vaqtning kattaligi tufayli bu qurbonliklarning kurashlari unutilib yuborilmasligi kerak. Yoshlarimiz ana shu istiqlol yo’lida bo’lgan qurbonliklarni mohiyatini anglab olib ularni ruhi oldida javobgarlikni his qilishi lozim. Undan tashqari biz o’z boy tariximiz bilan ya’ni Ibn Sino, Beruniy va Amir Temurlar bilan faxrlanamiz, g’ururlanamiz va ana shu g’urur bizga ularni ruhi oldida javobgarlik hissini shakllantirishi lozim. Biz o’tmshimiz bilan faxrlanar ekanmiz, shunday yashashimiz kerakki kelajak avlod ham biz bilan faxrlanib yashasin. Demak biz o’tmish va kelajak oldida javobgarlikni his qilib yashashimiz lozim. Bu esa, jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydigan muhim omil bo’lib hisoblanadi. Mamlakatimizni asriy orzusi bo’lgan mustaqillikni qadriga borib, milliy iftixor tuyg’usi asosida ajdodlarimiz bilan faxrlanib, o’tmish va kelajak avlod oldida javobgarlikni xis qilib yashash bosh maqsadimiz bo’lgan farovon jamiyat sari yetaklaydigan omildir. Download 64.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling