I bob zamonaviy sharoitda bolalar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish
Download 64.1 Kb.
|
Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va turlari Mundàrijà Kirish I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi ishining tаrkibiy tuzilishi vа hаjmi
Kurs ishi оb’еkti: Bolarni ijtimoiy himoyalash tizimi va turlari bilаn tаnishtirish jаrаyоni.
Kurs ishi prеdmеti: Bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimi va turlari bilаn tаnishtirish kо’nikmаlаri. Kurs ishining аmаliy аhаmiyаti. Kurs ishi jаrаyоnidа ilgаri surilgаn fikrlаrdаn, yоndаshuvlаrdаn hаmdа sаmаrаdоrligini tа’minlоvchi Kurs ishi nаtijаlаridаn pеdаgоgik fаnlаr bо’yichа mа’ruzаlаr tаyyоrlаsh, qо’llаnmаlаr yаrаtish, shuningdеk mеtоdik tаvsiyаnоmаlаr yаrаtishdа, ish tаjribаlаrini оmmаlаshtirishdа sаmаrаli fоydаlаnishgа xizmаt qilаdi. Kurs ishi ishining tаrkibiy tuzilishi vа hаjmi: ish kirish, Ikki bob va unga tegishli fasllar umumiy xulоsаlаr vа tаvsiyаlаr, fоydаlаnilgаn adabiyotlar. I BOB I.1. Bolalar ijtimoiy ish ob’ekti sifatida Har qanday mamlakat o’z kelajagini bolalar, voyaga yetmagan Yoshlar timsolida, aniqrog’I, ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazishda ko’rishi tabiiydir. Voyaga yetmaganlar esa bog’cha yoshidan to 18 yoshgacha bo’lgan bolalardir. Ya’ni ular hali rasman fuqarolik huquqiga ega emaslar. Ularning huquqbuzarliklari esa shartli tushuncha. Shu sababli bolalarning huquk va burchlari, axloq-odobiga javobgarlikning barcha mas’uliyati kattalar, oila, davlat va nodavlat, jamoat tashkilotlari zimmasiga tushadi. Hozirgi paytda O’zbekiston aholisining salmoqli qismini voyaga yetmagan bolalar va o’smirlar tashkil etadi. Agar kattalarning qarovsizligi tufayli bu bolalarning o’ndan bir qismi turli darajadaga jinoyatlarga qo’l ursa, jinoyatchilik bir. o’n, yuzga emas. minglab miqdorlarga oshib ketadi. Prezidentimiz Islom Karimov va hukumatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lgan barkamol avlod tarbiyasiga qayg’urish, ularning huquqlarini himoya qilish va ro’yobga chiqarish har bir jamiyat, oila qolaversa har bir fuqaroning muqaddas burchi, insoniylik mas’uliyatidir. Mamlakatimizda voyaga yetmagan Yoshlar muammosiga u yoki bu darajada aloqador bo’lmagan birorta tashkilot yoki shaxsning o’zi yo’q. Biroq bu tashkilotlar va shaxslarning voyaga yetmaganlarni barkamol etib tarbiyalashda har birining o’z o’rni, ahamiyati, o’ziga xos ta’siri bor. Aytaylik, birorta bekorchi, hukuqbuzar yoki diniy aqidaparast o’z manfaatlari yo’lida voyaga yetmagan Yoshlar xizmatidan foydalansa, hatto jinoyatga undasa, bu ham ularga ta’sirning bir ko’rinishi, afsuski, salbiy namoyon bo’lishidir. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, O’zbekistonda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash choralarini yanada rivojlantirish, bu borada davlat, nodavlat va qonunchilik organlari hamkorligini kuchaytirish maqsadida joriy yilda to’qqizinchi bor o’tkazilgan tadbirda qayd etilganidek, mamlakatimizda millati, ijtimoiy holatidan qat’i nazar, barcha bolalarni kuchli va manzilli tarzda ijtimoiy himoyalashga oid amaliy chora-tadbirlar jarayonida Mehribonlik uylari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularda tarbiyalanayotgan bolalarning to’laqonli ta’lim-tarbiya olishi va kasb-hunar egallashiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikada aholining 40 % ini bolalar, 65 % ini esa 30 yoshgacha bo’lgan Yoshlar tashkil etadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muhofaza qilish tizimining rivojlanish darajasi jamiyatning insonparvar va ma’naviy-axloqiy rivojlanish darajasini aks ettiradi. Bunday bolalarga g’amxo’rlik qilish ahamiyatli umuminsoniy qadriyatlardan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar chuqurlashgan sari o’sib kelayotgan avlodni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash g’oyasi maqsadli ijtimoiy harakatlar va real ijtimoiy himoya chizig’ini egallagancha yanada konkretlashib boryapti, ijtimoiy dasturlarning samaradorligi to’g’ridan-to’g’ri ularning xususiyatiga – eng yuqori darajada hayotga yaqinlashish, ijtimoiy ko’makning vazifalarini nafaqat aniq deklarasiya qilish, balki, avvalo, ularni yechishning real yo’llarini topish, doimo aniq insonga mo’ljal olgancha manzilli ishlashga ongli intilishga bog’liq. “Sen yolg’iz emassan” RJBJ o’z ishini quyidagilarni o’z ichiga olgan o’zaro harakat majmuidan iborat ijtimoiy konstruksiyaning ishlashini ta’minlovchi tizimli yondoshuv asosida olib boradi: zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratish, ta’limiy va tarbiyaviy jarayonlarni maqbullashtirishni kiritgan holda respublika miqyosida Mehribonlik uylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlarning umumiy koordinasiyasi; Mehribonlik uyi bolalarini mustaqil hayot ko’nikmalariga o’rgatishni amalga oshirgancha ijtimoiy moslashtirishning majmuaviy rejasini amalga oshirish; yetim va imkoniyati cheklangan bolalarni huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish; imkoniyati cheklangan bolalar tarbiyalanayotgan alohida muhtoj oilalarga manzilli yordam ko’rsatish bilan bunday bolalarning jismoniy va psixologik reabilitasiyasi uchun respublika darajasida sharoit yaratish; yuqori malakali tibbiy yordam, o’ta murakkab xirurgik operasiyalar, shuningdek, dunyoning yetakchi tibbiy markazlarida maslahat va davolashni tashkil etish yuzasidan manzilli ish; Mehribonlik uyi bitiruvchilarining o’rta maxsus va oliy ta’lim olishi, ish va yashash joyiga ega bo’lish imkoniyatini taqdim etish. Bu vazifalarni amalga oshirish Jamg’arma tomonidan yaratilgan, o’zida mahalliy ijtimoiy konstruksiyaning moddiy-texnik, intellektual, tashkiliy va ilmiy-amaliy sinchi sifatidagi ishchi mexanizmlarining ishlashi jarayonida sodir bo’ladi: 1) butun respublika bo’ylab Mehribonlik uylarining ishlashin i umumiy maqbullashtirish kabi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; kam ta’minlangan oilalarning bolalari; og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar; vasiylikdag ibolalarni ijtimoiy, tibbiy va yuridik kuzatib borish bo’yicha individual ishga yo’naltirilgan tashkiliy-uslubiy faoliyatni amalga oshiruvchi “Sen yolg’iz emassan” respublika bolalar jamoatchilik jamg’armasi; 2) Mehribonlik uyi bolalari va kam ta’minlangan oilalarning bolalari uchun turli yo’nalishlar bo’yicha rivojlanish va ta’limning inklyuziv metodikasini ishlab chiquvchi hamda tatbiq etuvchi, bolalarga kelgusida mamlakatning o’rta va oliy o’quv yurtlarida o’qishlari uchun qo’shimcha tahsil olish imkonini beruvchi “Sen yolg’iz emassan” jamg’armasi qoshidagi o’quv markazi. 3) imkoniyati cheklangan bolalar va ularning oilalariga amaliy korreksion-psixologik, tibbiy va maslahat yordamini amalga oshiruvchi, shuningdek, xatar guruhidagi bolalar, kam ta’minlangan oilalarning farzandlari va ularning ota-onalariga psixologik hamda yuridik ko’mak beruvchi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi. Bu barcha jamoatchilik tuzilmalari - Jamg’arma ishlab chiqqan konstruksiyaning ishchi mexanizmi bo’lib, mohiyati bo’yicha – ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning dolzarb vazifalarini qo’yishdan boshlab ularning amaliy jihatdan ro’yobga chiqishigacha bo’lgan ishni amalga oshiruvchi yagona tizimdir. Bolalar va Yoshlarning jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi, ko’p bolali oilalar, yetim va oila muhitidan mahrum etilgan bolalarga har tomonlama yordam ko’rsatish uchun eng yaxshi va yoqimli sharoit yaratish bo’yicha davlat siyosati yo’nalishini ustuvorligi O’zbekistonda e’lon qilingan “Obod turmush yili” dasturini amalga oshirishda ham asos soluvchi yo’nalishni egallaydi. Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlar bolalikni ijtimoiy himoya qilish tizimini maqbullashtirishga yo’naltirilgan innovasion shakl va usullarni xarakterlaydi. Download 64.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling