I bo`lim 1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari


Boshqarish organlariga qo`yiladigan kuch kattaligi


Download 127.29 Kb.
bet20/22
Sana02.01.2022
Hajmi127.29 Kb.
#197920
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
MARUZA- 1

Boshqarish organlariga qo`yiladigan kuch kattaligi

1.1 – jadval



Boshqarish qismlari

Kuch

1

Dasta me`yoriy maksimal

20-40

2

Knopka, tumbler, qo`shgichlar, Yengil turi og`ir turi

1400 – 1600

6000 - 12000



3

Oyoq pedallari kam ishlatiladigan

tez-tez ishlatiladigan



5 00 gacha

20 - 50


4

Qo`lda boshqarish dastaklari

Davriy ishlatiladigan

Ko`p ishlatiladigan

130-160


20-40


Ish joyi - bu inson mehnat faoliyatini amalga oshirishga “inson-mashina ishlab chiqarish muhiti” tizimida ma`lumotlarni aks ettirish vositalari, boshqarish qismlari va yordamchi jihozlar bilan jihozlangan joydir. Ish joylari yakka va kollektiv turlarga bo`linib, tikka, o`tirib va “tikka-o`tirib” ishlashga mo`ljallanadi.

Egronomika ish joylarini loyihalashga talablarni ifodalab beradi. Asosiy va qo`shimcha harakat zonalarni aniqlaydi, tegishlicha poldan balandlik bo`yicha, simmetriya o`qidan front bo`yicha jihozlarning joylashish zonalarini aniqlab beradi.

Odam har xil ishchi holat (tik, o`tirgan, yotgan va engashgan)larining optimal va chegaraviy o`lchamlarini aniqlash uchun ish joyini ratsional tashkil qilishda ishlatiladigan zarur antropometrik ma`lumotlar tizimlashtiriladi.

Ishning va ishchi holatlarning xarakteriga bogliq hamda har xil turdagi ishchi stollar va o`rindiqlarni konstruksiyalash bo`yicha umumiy tavsiyalar yaratiladi.

Ish joyini rejalashtirish va joylashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish tavsiya qilinadi: boshida to`liq rejalashtirish, key in qismlarini, oldin optimal holda, keyin amaliy ruxsat qilinganini; ish jarayoni va jihozni rejalashtirishga yagona tizim talablari bilan yondashish.

Ish joyini loyihalashda antropometriya ma`lumotlarini hisobga olish muhimdir. Ergonomika bo`yicha manbaalarda maxsus ta`kidlanadiki, konstruktor o`zining antropometrik va psixofiziologik tavsiflarini boshqa odamlar uchun ham namunaviy deb qaramasligi va shu asosda narsalarni loyihalash jarayonini tashkil qilmasligi kerak.

Faqat inson tanasi o`lchamlari va a`zolari haqida, uning yoshi va jinsi o`rganilgan holda keng to`plangan tizimli tanlangan ma`lumotlarni jalb qilganda olcham standartlarini loyihalash uchun mustahkam ilmiy baza bo`lishi mumkin.


Download 127.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling