vazifasi va maqsadi
4
. HFX - jamiyatimizning mustahkamlanishida xalqning
xavfsizlik faoliyati darajasini ko`tarishda muhim ijtimoiy rol o`ynaydi. HFX fanini
o`rganmay odamlar umumiy inson huquqlarida aytilgan ...hayot, erkinlik, mehnat,
shaxsiy daxlsizlikka erisha olmaydi... (Inson huquqlari deklaratsiyasi, 3-bandi).
Xavf-xatar nima?
Xavf-xatar hayotiy faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo`lib,
odam sog`lig‟iga bevosita yoki bo`shqa yo`llar bilan zarar yetkazadigan; ya'ni
ko`ngilsiz hodisalar, oqibat yaratuvchilar tushuniladi. Xavfni ifodalaydigan
beigilar soni tajribaning maqsadiga qarab ko`p yoki kam bo`lishi mumkin.
Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalarni (ishlab
chiqarishning xavfli va zararli omillari) o`z ichiga oladi, chunki hayotiy faoliyat
xavfsizligi (HFX) da faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi.
Hayotiy faoliyatga to`g`ri kelmaydigan elementlar sistemasi kimyoviy va biologik
aktiv moddalar yashirin xavfga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |