Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasi
Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasida ko`p uchraydigan ta‟riflar bilan
belgilanadi.
Faoliyat
1
- insonning jamiyatda mavjud bo`lishi uchun kerakli sharoit.
Mehnat -faoliyatning yuqori shakli. Faylasuflarning fikricha, insonning ta‟rifi –
harakatdagi, mehnatdagi faoliyatidadir.
Mehnat va faoliyat shakllari turlicha bo`lib, ular hayotda uchraydigan aqliy,
ma‟naviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni o
`
z ichiga oladi.
Faoliyat jarayoni modeli
2
.
Faoliyat jarayoni modeli ikki elementdan, ya'ni inson - va muhit orasidagi
to`g`ri va tesqari munosabatlardan tuzilgan deb tasavvur qilish mumkin. Tesqari
1
Faoliyat – insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli paydo bo`ladigan va tasqi olam bilan
kishining o`z – o`zini bilishga, uni qayta qurishga yo`naltirilgan faoliyat.
2
Model – (fr. modele, lot. modulus – namuna) – ilmiy tadqiqotlarni tuzish, ishga tadbiq etish, idrok etishga
qaratilgan tuzilma.
munosabatlar moddiy dunyoning qarama - qarshilik umumiy qonunlaridan kelib
chiqadi. "Inson-muhit" sistemasi ikki maqsadli bo`ladi: 1) aniq bir natijaga
erishish. 2) ko`ngilsiz hodisalarni chiqarib tashlash (inson sog`ligiga va hayotiga
ziyon, yong`inlar va falokatlar). Shularning kelib chiqishi va shunga o`xshash
hodisalar oqibatida kelib chiqadigan natijaga Xavf deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |