I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish va uning dublikatini berish


Download 212.64 Kb.
bet109/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   185
Bog'liq
KODEKS

233-modda. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish va uning dublikatini berish
Guvohnoma qayta rasmiylashtirilmaydi.
Guvohnomaning amal qilish muddati tugagach guvohnomaning amal qilishi arizachining arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza bojxona organiga guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar berilishi lozim. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish guvohnoma berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun bojxona yig‘imi undirilmaydi.
Guvohnoma yo‘qotilgan yoki unga shikast yetkazilgan taqdirda dublikat berilmaydi. Bunda arizachining arizasiga ko‘ra umumiy asoslarda yangi guvohnoma beriladi.
234-modda. Guvohnomaga qaydlar kiritish tartib-taomili
Agar xalqaro yuk tashishni amalga oshirayotgan, bunga ruxsat etilgan avtotransport vositasida jiddiy nosozliklar aniqlansa, bojxona organlari avtotransport vositasining harakatlanishini davom ettirishni taqiqlab qo‘yishi yoxud nazorat bo‘yicha zarur choralar ko‘rib, avtotransport vositasining yurishda davom ettirishiga ruxsat berishi mumkin.
Ruxsat etilgan avtotransport vositasi mumkin qadar qisqa vaqtda va undan yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun qayta foydalanilguniga qadar qoniqarli holatga keltirilishi kerak.
Avtotransport vositasi ta’mirlash natijasida tashishga ruxsat etish shartlariga mos keladigan holatga keltirilganidan so‘ng u guvohnomaning amal qilishini tiklaydigan bojxona organiga taqdim etilishi kerak.
Jiddiy nosozliklar aniqlangan avtotransport vositasidan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilanganidek, tegishli ta’mirlash o‘tkazilmaguniga qadar yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yana foydalanilishi mumkin emas.
Guvohnomaga kiritilgan har bir qayd uning kiritilish sanasi qo‘yilgan holda, ushbu qaydni kiritgan bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Agar avtotransport vositasida bojxona organlarining fikricha jiddiy xususiyatga ega bo‘lmagan va bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga imkon yaratmaydigan nosozliklar bo‘lsa, bu transport vositasidan keyinchalik yuklarni tashish uchun foydalanishga ruxsat etilishi mumkin. Guvohnomaning egasi bo‘lgan arizachi mazkur nosozliklar to‘g‘risida xabardor qilinadi va u o‘zining avtotransport vositasini tegishli tarzda ta’mirlashi kerak.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling