I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona rejimi shartlari va talablariga rioya etilishiga javobgar shaxslar


Download 212.64 Kb.
bet14/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   185
Bog'liq
KODEKS

28-modda. Bojxona rejimi shartlari va talablariga rioya etilishiga javobgar shaxslar
Bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun javobgarlik tovarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirgan shaxsning zimmasida bo‘ladi.
Vaqtincha saqlash, bojxona ombori yoki erkin ombor bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar bojxona nazoratini chetlab berilgan yoki yo‘qotilgan taqdirda javobgarlik:
agar tovar bojxona omborida turgan bo‘lsa, bojxona ombori egasining;
agar tovar bojxona ombori bo‘lmagan omborlarda va boshqa joylarda turgan bo‘lsa, tovarlarni mazkur joylarga bojxona ombori rejimiga joylashtirgan shaxsning;
agar tovar erkin omborda turgan bo‘lsa, erkin ombor egasining zimmasida bo‘ladi.
Bojxona tranziti bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun tashuvchi javobgar bo‘ladi.
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun boj olinmaydigan savdo do‘konining egasi javobgar bo‘ladi.
5-bob. Eksport
29-modda. Eksport bojxona rejimi
Eksport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda O‘zbekiston tovari uni qaytarib olib kirish majburiyatisiz bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladi.
Eksport bojxona rejimiga joylashtirilgan va amalda bojxona hududidan olib chiqilgan tovar O‘zbekiston tovari maqomini yo‘qotadi.
30-modda. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari bojxona to‘lovlarini to‘lash hamda iqtisodiy siyosat choralariga rioya etishdan iboratdir.
Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Eksport bojxona rejimiga muvofiq chiqarilgan tovar bojxona deklaratsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kuni qanday holatda bo‘lsa, amalda shunday holatda bojxona hududidan olib chiqilishi lozim, bundan tovar holatining tabiiy eskirishi yoki tashish va (yoki) saqlash normal sharoitlarida kamayishi oqibatida ro‘y bergan o‘zgarishlari mustasno.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling