I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalariga nisbatan qo‘llaniladigan bojxona rejimlari


Download 212.64 Kb.
bet65/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   185
Bog'liq
KODEKS

144-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalariga nisbatan qo‘llaniladigan bojxona rejimlari
Biror-bir bojxona rejimiga tovar sifatida joylashtirilishi ma’lum qilinmagan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasiga bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan paytdan e’tiboran, tegishincha vaqtincha olib kirish yoki vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga ushbu bojxona rejimlari shartlariga shaxslarning rioya etishi majburiyatlari bilan joylashtirilgan tovar sifatida qaraladi. Bunda mazkur transport vositasini vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga yoki vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish ruxsatnomasi olish talab etilmaydi.
145-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona hududiga vaqtincha olib kirish
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona to‘lovlari to‘lashdan shartli ozod etilgan holda bojxona hududiga vaqtincha olib kirishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi, agar u:
chet davlat hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa;
tovarlarni va yo‘lovchilarni tijorat maqsadida tashish uchun foydalanilayotgan bo‘lsa;
bojxona hududiga chet ellik shaxs yoxud chet ellik shaxs vakolat bergan O‘zbekiston Respublikasi yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan olib kirilayotgan bo‘lsa;
ijara shartnomasining predmeti yoki mazkur transport vositasiga bo‘lgan huquqni O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga transport operatsiyasini transport vositasini bojxona hududidan qaytarib olib chiqish yo‘li bilan tugallashdan o‘zga maqsadda o‘tkazishni nazarda tutuvchi boshqa shartnoma predmeti bo‘lmasa.
Vaqtincha olib kirilgan transport vositasiga nisbatan mulk huquqi O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga o‘tgan bo‘lsa, tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim.
Transport vositasi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo‘lmagan hollarda, shuningdek bojxona to‘lovlarini to‘lashdan shartli ozod etishni qo‘llash shartlariga rioya etilmagan taqdirda, transport vositasiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda davriy bojxona to‘lovlari qo‘llaniladigan vaqtincha olib kiriladigan tovar sifatida qaraladi.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling