I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan transport vositasini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirish shartlari


Download 212.64 Kb.
bet70/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   185
Bog'liq
KODEKS

159-modda. Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan transport vositasini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirish shartlari
Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirilgan transport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami to‘qson kalendar kundan oshmasligi lozim. Bunda transport vositasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yig‘imni to‘lagan holda yuqorida ko‘rsatilgan muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yo‘l qo‘yiladi.
Yig‘im undirilguniga qadar transport vositasi bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlanishi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan yig‘im quyidagi hollarda to‘lanmaydi:
bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun;
agar vaqtincha olib kirilgan transport vositasi xatlangan, musodara qilingan, avariya yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa.
160-modda. O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari tomonidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib chiqish
O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari bojxona hududidan tashqarida o‘zlariga notijorat maqsadlarda zarur tovarlarni va (yoki) transport vositalarini xorijiy davlatda vaqtincha bo‘lish muddatiga vaqtincha olib chiqishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularni vaqtincha olib chiqish va bojxona hududiga qaytarib olib kirishda bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etiladi.
Agar vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini identifikatsiyalash ularni bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etilgan holda bojxona hududiga qaytarib olib kirishga yordam beradigan bo‘lsa, bojxona organlari vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi jismoniy shaxsining so‘roviga ko‘ra identifikatsiyalashi mumkin.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling