I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlarini to‘lash


Download 212.64 Kb.
bet72/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   185
Bog'liq
KODEKS

163-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlarini to‘lash
Jismoniy shaxslar tomonidan qo‘l yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotgan tovarlarning, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuborilayotgan shunday tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz solig‘i solinmaydigan olib kirish normasidan ortiq bo‘lsa, ortiq qismiga nisbatan bojxona to‘lovlari to‘lanadi.
Tovarlar jismoniy shaxsning manziliga kelib tushganda bojxona to‘lovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan, bojsiz olib kirish normasi va aksiz solig‘i solinmaydigan olib kirish normasi qo‘llanilmagan holda undiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari mustasno.
Bojxona to‘lovlari notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalashda, shakli va to‘ldirilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan bojxona kirim orderi asosida jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi.
Bojxona kirim orderining bir nusxasi bojxona to‘lovlarini to‘lagan jismoniy shaxsga topshiriladi (yuboriladi).
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotgan tovarlarga bojxona kirim orderini to‘ldirish va bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
164-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona qiymati
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlarning qiymati ularni deklaratsiyalashda ma’lum qilinadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona qiymati cheklar, kvitansiyalar va (yoki) boshqa tijorat hujjatlari bilan tasdiqlangan, ma’lum qilingan qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Shaxs tomonidan ma’lum qilingan tovarlarning bojxona qiymati to‘g‘ri belgilanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda bojxona organi tovarlarning bojxona qiymatini ushbu Kodeksning 44-bobiga muvofiq mustaqil ravishda belgilashi mumkin.
Tovarlar bojxona hududiga alohida kelayotgan bagajda olib kirilgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuborilgan taqdirda ularning bojxona qiymatiga tovarlarni aeroportgacha, daryo portigacha yoki tovarlar bojxona hududiga olib kiriladigan boshqa joygacha yetkazib berish xarajatlari qo‘shiladi.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling