(Quyidagi sh’er ostida o’quvchilar o’qituvchilarga gullar beradilar.)
Ustozim mehribon, oily himmatsiz,
Sabr toqatingiz bepayon ummon.
Yuraklarda darmon, kuch va qudratsiz,
Sizdan ibrat olib yashaymiz hamon.
Tunlarni yoritgan mash’ala misol,
Hayot yo’limizni yorutguvchisiz.
O’z o’rnin topsin deb har bitta nihol,
Turmush saboqlarin o’rgatuvchisiz.
Sizsiz dunyo sirin anglamoq qiyin,
Hayot gulshanining mohir bog’boni.
Siz bilan baxtimiz kulmog’I tayin,
Sho’x-shodon yashashning keldi davroni.
Nomingiz faxrla olamiz tilga,
Siz aytgan tariqa farzand bo’lamiz.
Har ishga munosib Vatanga, elga,
Ustoz, sizga doim ta’zim qilamiz!
BOSHLOVCHI.
Shuning bilan “Ustoz va murabbiy kuni” munosabati bilan o’tkazilgan “Ustozga ta’zim” deb nomlangan bayram dasturimiz o’z niyoyasiga yetdi. Xayr! Omon bo’linglar!
Qo‘shko‘pir tumani 11-son umumiy o ‘rta ta’lim maktabida 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag ‘ishlab “Ustozga ta’zim” mavzusida o‘tkazilgan tadbirning yig‘ilish
BAYONNOMASI
29-sentabr 2023-yil Kenagas mahalla
Yig‘ilish raisi: I.Abdullayeva
Kotiba : S.Bayjonova
Qatnashdilar
Maktab direktori , MMIBDO‘, yoshlar yetakchisi , sinf rahbarlari va
fan o‘qituvchilari .
KUN TARTIBI
1.“Ustozga ta’zim” mavzusidagi tadbir haqida.
2.“Ustozga ta’zim” deb nomlangan tadbirning yoshlar hayotida tutgan o‘rni va uning tarbiyaviy ahamiyati haqida
ESHITILDI
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan M.M.I.B.D.O‘ I.Abdullayevaning fikrlari tinglandi. 5-“AB” sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan .“Ustozga ta’zim” tadbirining mavzusi to‘g‘ri tanlanganligini,tadbirda 5-“AB”sinf o‘quvchilar faol qatnashib ,Ustoz va murabbiylar haqida kuy va qo ‘shiqlar , she’rlar ma’lumotlarni ravon bayon qilib she’rlarni va hikmatli so‘zlarni ifodali va jozibali qilib aytganliklari haqida aytib o‘tdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Ona tili va adabiyot uslub birlashma a’zosi Nargiza Razzoqovaning fikrlari tinglandi “Ustozga ta’zim” deb nomlangan tadbirning yoshlar hayotida tutgan o‘rni va uning tarbiyaviy ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirib tadbir nihoyatda qiziqarli ma’lumotlarga boy ekanligi haqida gapirib o‘tdi . O‘quvchilar hamisha bilimlarini kengaytirib , savodini oshirib va yaxshi ,a’lo baholarga o‘qib borishlarini ta’kidlab o‘tdi .
Yuqoridagilarni eshitib yig‘ilish qaror qiladi.
“Ustozga ta’zim” deb nomlangan tadbir qoniqarli deb topilsin.
Bunday mavzulardagi tadbirlarni tashkil qilish barcha fan o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
Yig‘ilish raisi: I.Abdullayeva
Kotiba : S. Bayjonova
Do'stlaringiz bilan baham: |