I bosqich – Bolalarda bo‘lgan geometrik figuralar haqidagi umumiy tushunchalarni aniqlash. II bosqich


Download 1.09 Mb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1503155
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi slayd

O’quvchilarda geometrik tasavvurlarni tarkib toptirish, ularni chizish va o’lchash malakalari bilan qurollantirish, ular tafakkurini rivojlantirish masalalariga geometriya elementlarini o’rgatishda qo’llanadigan o’qitish metodlari javob beradi. Geometriya kursini o’qitishning muhim metodlari kuzatish metodi, taqqoslash metodidan iboratdir.Amaliy ishlar metodi geometrik materialni o’rganishning samarali metodlaridan biridir. Boshlang’ich sinflar o’qituvchilarining geometrik tayyorgarligidagi muhim kamchiliklar, ularning dars berish jarayonida aks etadi. Qatnashilgan darslar taxlili shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarning eng keng tarqalgan xatosi geomerik figura tushunchasining mohiyatini bilmaslikdir. Ko’pincha “Sinf taxtasi- bu to’g’ri to’rtburchak, tanga- bu doira, uy tomi- bu uchburchak” deyishadi, garchi tabiatda uchburchaklar ham, to’g’ri to’rtburchaklar ham, doiralar ham (sof holda) mavjud emas. Bular abstrakt matematik tushunchalar bo’lib, tabiatda esa u yoki bu shaklga ega narsalar bo’lishi mumkin. Ma’lumki, bolalarda geometrik tasavvurlarni shakllantirishga muhim ta’siri o’quvchilarning geometrik tasavvur shakllanishiga oid faoliyatlari muhim ta’sir ko’ratadi. Tushunchalarni o’zlashritish bo’yicha faoliyat ichida asosiylaridan biri ta’riflar (ta’riflashdir).Masalan:

Ta’rif: Hamma burchaklari to‘g‘ri burchak bo‘lgan to‘rtburchak to‘g‘ri to‘rtburchak deyiladi. O‘quvchilar to‘g‘ri to‘rtburchakni boshqa shakllar bilan farqlarini yaxshiroq tushunishlari uchun quydagi savolni beramiz: To‘g‘ri to‘rtburchak boshqa to‘rtburchaklardan nimasi bilan farq qiladi?

Boshlang`ich sinflarda geometrik materiallarni o`rganishning asosiy vazifasi geometrik figuralarni, nuqta, to`g`ri chiziq, kesma, siniq chiziq, ko`pburchak, burchak, aylanalar haqida aniq tushunchalar va tasavvurlar hosil qilishdan iboratdir. Shuning uchun mashqlar sistemasi va geometrik masalalarning mazmuni fazoviy tasavvurlar to`g`risida bilim, malakalar asosida kuzatishlari, taqqoslash, abstraktlashtirish va umumlashtirishga qaratilmog`i lozim. Eng avvalo o`quvchilarga geometrik figuralarni o`lchash va chizma chizish, shuningdek chizish va o`lchash qurollari bilan hamda ko`z, qo`l va hokazolar bilan malaka berishdir. Shuningdek, tarqatma qurollar, qog`oz, turli xil figuralarni yasash ham kiradi. O’quvchilarda albatta chizg`ich,sirkul bo`lishi shart. Geometrik materiallar mos holda o`qitilishi olzim. Boshlang`ich sinflardagi geometrik materialllar maktabgacha tarbiya muassasalarida o`qitiladigan materiallar bilan bog`liq bo`lib, biroz murakkablashtirilgan holidir. Hattoki, maktabgacha davrda shar , kub, aylana, kvadrat, uchburchak, to`g`ri burchakli uchburchaklar bilan tanish bo`ladilar.


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling