I chorak 2000 yillik tarix Renessans
Metropoliten muzeyi (Nyu York)
Download 108.4 Kb.
|
10-sinf tinglash matnlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Luvr (Parij)
Toshkent muzeylari Toshkent muzeylari 1917-yilgacha Toshkentdagi birinchi va yagona muzey Toshkent muzeyi bo‘lgan. 1917-yildan keyin turli ixtisosdagi keng ekspozitsiyalarga ega bo‘lgan muzeylar tashkil etila boshlagan. 1918-yil knyaz N.Romanov saroyida uning musodara qilingan kolleksiyasi asosida Badiiy muzey (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi), 1921-yil Eski shahar muzeyi, 1926-yil O‘zbek Eski shahar muzeyi tashkil qilingan. Madaniy taraqqiyot yangi muzeylar tashkil qilish va mavjud muzeylarni qayta jihozlash zarurligini taqozo etgan. O‘rta Osiyo muzeyining geologiya, zoologiya, botanika va antropologiya bo‘limlari, qishloq xo‘jaligi muzeyi va hayvonot bog‘i Tabiat muzeyiga aylantirildi. Respublika ko‘rgazmalari negizida Politexnika muzeyi (1933), Amaliy san’at muzeyi (1937; 1937–91 yillarda Amaliy san’at asarlari doimiy ko‘rgazmasi) tashkil qilindi; Adabiyot muzeyi tuzildi. 1940-yilda Toshkent muzeylarida 500 mingga yaqin eksponat bo‘lgan, muzeylarga kiruvchilar soni 300 mingga yaqin kishini tashkil etgan. 40-yillar o‘rtalaridan muzey qurilishida yangi bosqich boshlandi. 1972-yil O‘zbekiston kino san’ati muzeyi, 1973-yil O‘zbekiston sog‘liqni saqlash muzeyi, 1975-yil Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlari tarixi muzeyi tashkil etildi. Toshkentda 29 ta muzey bo‘lib, ularda 113127 eksponat saqlanadi; har yili muzeylarga o‘rtacha 1,5 mln ga yaqin kishi kiradi. Toshkentdagi yirik davlat muzeylari: O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari markaziy muzeyi, O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, O‘zbek liboslari galereyasi va boshqalar. Download 108.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling