I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Download 108.4 Kb.
bet2/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Donolar bisotidan


2. Tinglang va to‘ldiring.

Kimning ko’zi o’tkir?


Abu Ali bir kuni podshoh huzuriga kirsa, hazrati oliylari durbinda uzoqni kuzatayotgan ekan. Ibn Sino so’rabdi:


— Podshohimga nima uchun durbin kerak bo’lib qoldi?
Podshoh unga tushuntirdi:
— Bu durbin orqali ikki farsang uzoqlikda kimlar kelayotganini ko’rish mumkin. (Ikki farsang — 12 kilometr — M.M.)
Ibn Sino aytdi:
— To’rt farsang uzoqlikda kim kelayotganini men durbinsiz ham ko’ra olaman.
Podshoh “Qani, ayt-chi!” deb so’radi. Ibn Sino aytdi:
— Ikki farsang narida bir otliq kelayotir. U kishi shirin taom yegan ekan?
Podshoh ajablanib so’radi:
— U kishi shirin taom yeganini qaerdan bilding?
Ibn Sino javob berdi:
— Bu otliqning shirin taom yeganini uning og’zi atrofida o’ralashgan pashshalardan bildim.
U odam yaqin kelib salom berganida podshoh undan so’radi:
— Yaqinda qanday taom yegan eding?
U kishi javob berdi:
Xolva yegan edim, janobi oliylari.


Samoga yo‘l

Buyuk astronom, matematik, davlat arbobi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek Sohibqiron Amir Temurning nabirasi bo‘lgan. Ulug‘bekning dunyoqarashi kengayishiga otasi Shohrux Mirzo to‘plagan nihoyatda boy kutubxona yordam bergan. U she’riyatni, tarixni sevgan, biroq falakiyot ilmi uning qalbida alohida o‘rin egallagan.


Ulug‘bek bilimdon va tajribali murabbiy, ya’ni astronomiya ilmining bilimdoni Qozizoda Rumiy rahnamoligida fan asoslarini, ayniqsa, astronomiya ilmini puxta o‘rgandi va uning taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shdi. Uning ko‘p yillik mehnati samarasi – “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari astronomiya fanining durdonasi hisoblanadi.
“Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asosan ikki qismdan: katta muqaddima va 1018ta yulduzning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat. Ushbu asarda astronomiyaning muhim poydevorlaridan hisoblangan sana yoki yil hisobi masalalari, yulduzlarning chiqishi va botish joylari, yulduz va sayyoralarning quyosh atrofidagi harakati, yulduzlarning holati va harakatiga qarab taqdirni belgilash masalalari haqida bayon etilgan.
Ulug‘bekning sana va sayyoralarning yillik harakatlari haqidagi hisoblari hozirgi hisob-kitoblarga juda yaqindir.
Mirzo Ulug‘bek buyuk olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi ham bo‘lgan. U 1409–1449-yillarda markazi Samarqand bo‘lgan Movarounnahrga hukmronlik qilgan. Uning hukmronligi davrida Samarqand yanada gullab-yashnadi, hunarmandchilik, me’morchilik va adabiyot ravnaq topdi, ilm-fan yuksaldi, savdo rivojlandi.


Til tarixidan

1. Janob poyezdga kech qolayotganini sezib, tez yura boshladi.


2. Shoh va shoir Bobur hayot sinovlarini erta angladi.
3. Mo‘ysafidning qo‘llari qaltirar, harakatlari sekin edi.
4. Afsus, ko‘zim kech ochildi.
5. Do‘stim, baxtimga hamisha omon bo‘l!
6. Maqtovlardan ilhomlangan Olim yanada olg‘a qadam tashladi.



Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling