I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Download 108.4 Kb.
bet29/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Muvaffaqiyatli biznes

Maktublarning tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Insonlar orasida axborot almashish ehtiyoji yuzaga kelganda xatlar paydo bo‘lgan. Ilk maktublar harbiy maqsadlarda jo‘natilgan. Ular Qadimgi Assuriya, Eron va Misrda keng tarqalgan. U davrlarda piyoda yoki otliq xabarchilardan foydalanilgan. Bugungi kunda biz ularni “kuryer” deb ataymiz. Masalan, Yunonistonda choparlar bir soatda taxminan 10 km masofani bosib o‘tishgan.


Yuliy Sezar Qadimgi Rimda davlat pochtasini yaratgan va xatlarni tashishni tartibga solgan. Uning davrida pochta bekatlari qurilib, xat tashuvchilar ularda dam olib, otlarni almashtirish imkoniyatidan foydalanganlar.
XVI–XVII asrlarda Yevropada haqiqiy pochta muassasalari vujudga kelgan. XIX asrda temir yo‘llar va parovozlar paydo bo‘lgach, xatlarni tashish tezligi oshgan va uzoq mamlakatlar bilan xabarlashish imkoniyati yaratilgan.
Hozir xatlarning tarixi so‘nggi kunlarini boshidan kechirmoqda. Ko‘pchilik elektron xatlarga o‘tib olgan, uyali telefonlardan qisqa xabarlar yuborish ommalashib ketdi. Insonlar konvertdagi xatni o‘qish jarayonidagi quvonch tuyg‘ularini his qilishni unutmoqdalar. Elektron xat bilan qo‘lda ushlash va ko‘p yillar esdalik sifatida saqlash mumkin bo‘lgan xatlarning farqi esa juda katta.

Dunyoga tanilgan ishbilarmonlar




Mashhur xitoylik tadbirkor, Alibaba Group internet-imperiyasi asoschisi Jek Ma Xitoyda kambag‘al musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. U oyiga 15 dollar maosh oladigan oddiy o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Jekning ota-onasi unga boshlang‘ich kapital bera olishmagan.
Jek Maning haqiqiy ismi Ma Yung bo‘lgan. U tug‘ilib o‘sgan shahar AQSH Prezidenti Nikson kelganidan keyin juda mashhur bo‘lib ketadi. Ko‘plab mamlakatlardan biznes vakillari bu shaharchaga tashrif buyura boshlaydilar. Yosh Ma mehmonxonada chet elliklar uchun bepul sayohat turlari tashkil qilar edi. Shunda sayyohlar uning ismini talaffuz qilish oson bo‘lishi uchun Jek deb atay boshlashadi. Shunday qilib, u xitoylik Jek Ma bo‘lib qoldi.
Jek, ingliz tilini yaxshi bilsa-da, maktabda yaxshi o‘qimagan. U yoshligida boshlang‘ich maktabda ikki marta, o‘rta maktabda uch marta testlardan o‘ta olmagan. Ikki marta kollej imtihonlarida uxlab qolgan. Kollejni bitirgach, hamma ish beruvchilardan rad javobini olgan.
Ketma-ket omadsizlikka uchragan Jek Ma mutlaqo yangi ishga qo‘l uradi. Davlat ishidan ketib, hamkori bilan “Alibaba Group” kompaniyasiga asos soladi. Kompaniya kichik va o‘rta biznes vakillarining savdo maydonchasi bo‘ldi. Uning nomi qirq qaroqchi haqidagi ertakdan olingan. Bundan tashqari, “Ali-Baba” nomi hamma tillarda bir xil talaffuz etiladi.
2002-yilda Alibaba o‘zining birinchi daromadini ishlab topadi – u 1 dollarga teng edi. Shu ondan boshlab kompaniya daromadi doimiy ravishda o‘sib boradi. 10 yil o‘tib, kompaniya foydasi trillion yuandan oshib ketadi.
2014-yilda kompaniyaning aksiyalari Nyu York fond birjasiga joylashtiriladi. Natijada Jek Ma kompaniyasi 25 milliard dollar pulni jalb qiladi. 
Jek Ma shunday badavlat inson bo‘lsa-da, quyidagi fikrlarni aytgan: “Mening shaxsiy hayotim yo‘q. Agarda yana bir marta yashash imkoni berilsa, men hozirgidek katta kompaniya qurmas edim. Hayotdan zavq olib yashagan bo‘lar edim”.


Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling