I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Download 108.4 Kb.
bet25/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Milliy kurash

Kurash – sport turi, Bu ikki sportchining yakkama-yakka olishuvidir.


Kurashish san’ati ko‘p xalqlarda qadim zamonlardan mavjud. Kurash ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiada musobaqalaridan doimiy o‘rin olib kelgan. Kurashning turli ko‘rinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Rossiya, O‘zbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda mavjud.
Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqilgan. 1912-yilda Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi tuzilgan.
Xalqaro maydonda sport kurashining yunon-rim kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda o‘zbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olindi.
Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Kurash bilan 12 yoshdan shifokorlar nazorati ostida shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida yozgan: “Kurashning turlari ham bor. Ulardan biri – ikki kurashuvchining biri o‘z raqibining belbog‘idan ushlab o‘ziga tortadi, shu bilan birga o‘z raqibidan qutulishning chorasini qiladi…”. Bu ta’rif zamonaviy kurash qoidalariga yaqindir.
O‘zbek xalq yakka kurashining belbog‘li kurash deb nomlangan turi ham bor. Farg‘ona vodiysida to‘ylar, sayllar bunday musobaqalarisiz o‘tmaydi. Ahmad Polvon, Xo‘ja polvon va shu kabi kurashning ana shu turida shuhrat qozonishgan.
Kurashda bo‘g‘ish, raqibga og‘riq beruvchi usullar qo‘llashga ruxsat etilmaydi. Rasmiy musobaqalarda bellashuv vaqtini 3 daqiqa qilib belgilangan.
2001-yilda Toshkentda Xalqaro kurash instituti faoliyat ko‘rsata boshladi.


Ko‘pkari

Uloq turkiy xalqlar, ayniqsa, uning qo‘ng‘irot, qurama, ming, mang‘it, oyrat, yoyilma, kenegas, qipchoq, barlos kabi urug‘lari orasida ommalashgan. Turli joyda har xil qoida bo‘yicha (chortoq, sudratma, marra, poyga, pakka, minbar va boshqa nomlar bilan atalgan) uloq o‘yini uyushtirilgan.


Keyingi yillarda uloq o‘yinlari sport turiga kiritildi va O‘zbekistonda respublika miqyosida rasmiy musobaqalar, xalqaro turnirlar o‘tkazila boshlandi. 1998-yil Samarkand viloyatining Chelak tumanida, 1999-yil “Alpomish” dostonining 1000 yilligiga bag‘ishlanib Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida respublika musobaqalari tashkil qilindi. 1-xalqaro musobaqa Navoiy viloyatidagi Islomobod jamoa xo‘jaligida bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkmaniston va O‘zbekiston terma jamoalari bilan birga Navoiy, Samarkand viloyati vakillari alohida jamoa sifatida ishtirok etdi. Uloqning sport turi sifatida xalqaro miqyosida tan olinishida O‘zbekiston ot sporti va uloq federatsiyasi tomonidan Uloq musobaqalarining umumiy qoidalari ishlab chiqilishi va Xalqaro «kok boru» federatsiyasining ta’sis etilishi ning ahamiyati katta bo‘ldi. O‘zbekistonda alohida Uloq ko‘pkari federatsiyasi tuzildi. Federatsiya tuman, viloyat, respublika musobaqalarini uyushtiradi.

Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling