I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Download 108.4 Kb.
bet22/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Idiomalar

1. Men bog‘dan kelsam, u tog‘dan keladi.


2. Ikki qo‘lini burniga tiqib qoldi.
3. Joni xalqumiga tiqildi.
4. Boshqalarning nog‘orasiga o‘ynayapti.
5. Boshimni aylantirma.
Qiziq gaplar

Idioma — iboralarning bir turi. Muayyan bir tilga xos boʻlib, boshqa tillarga aynan tarjima qilib boʻlmaydigan nutq birligi yoki iboralar idiomalar dryiladi. Masalan: “mahallani boshiga koʻtardi”, “gap desang qop-qop, ish desang Samarqanddan top”, “oyogʻini qoʻliga olib yugurdi” kabi.


Idiomalar koʻchma maʼnoga ega boʻladi va badiiy asarlarda qoʻllanadi. Idiomalarni boshqa tilga oʻgirishda ularning oʻsha tildagi muqobilini topish kerak boʻladi. Agar tilda muqobil idiomalar topilmasa, uning mazmuni erkin yoki soʻzma-soʻz tarjima qilish mumkin.


Ibora

Pochcham bilan ammam bu gul, bu hayvonotlarning har bittasini nuridiydalariday parvarish qiladilar. Har holda, menga o‘xshagan o‘yinqaroq bolalar uchun bu yerda ermak topiladi. Zerikib qolmayman. Ammam va pochcham meni erkalab qarshi oldilar.


– Kel-a, bo‘yingdan girgitton bo‘lib ketay, seni qaysi shamol uchirdi, akam tirilib keldimi, haligina qovog‘im uchib turgan edi, – dedi ammam.
– Ha, balli, azamat, necha kundan buyon ko‘zim uchib, yo‘lpashsha aylanib yurgan edi, haytovur yaxshilikka ko‘rindi. Sen kelar ekansan, balli-balli, – dedi pochcham. Men bu erkalatishlardan juda taltayib ketdim. Pochcham har kuni to‘qqiz pul choychaqa beradi. Men pulni olib, ko‘chaga shataloq otaman. Bu mahalladan ham yangi og‘aynilar orttirganman. Kamalak otamiz, oshiq o‘ynaymiz, it urishtiramiz.


Jargonlar

Asror hech narsaga qaramay ko‘chaga chiqdi. Kinoteatr qarshisidan o‘ta turib yana o‘sha joylariga qaradi. Ne ko‘z bilan ko‘rsin-ki, Qamariddin sigaret tutatib o‘tirardi. Yonida ikki yugurdagi. Qamariddin Asrorni ko‘rib imladi.


– Kecha qayerda eding?
– Kinodaydim.
– Vo, professor bu, eshitdilaringmi? Bashkasi ishlaydi. Sen kecha meni ko‘rganing yo‘q, demak. Qayoqdan ham ko‘rarding? Kecha men yo‘lda edim. Andijondan keldim bugun ertalab. Poyezddan endi tushib turibman. Mana biletim, – u shunday deb ko‘krak cho‘ntagidan poyezd biletini olib ko‘rsatdi. “Demak, ertalab vokzalga borgan, biletni o‘sha yerda kimdandir so‘rab olgan, yo o‘margan. Ishi pishiq buning”, deb o‘yladi Asror.
– Demak, gap bunday, bratishka, hamma qayerdaligini yaxshi biladi. Kecha hech qanday voqea yuz bermadi. Bugun sabanto‘y.
– Mening vaqtim yo‘q.
– O‘zing bilasan, bilib qo‘y: bashkangni yo‘qotma. O‘zingga qiyin. Meni hech qanday qarmoq ilintira olmaydi. Sen maktabda professor bo‘lsang, men u yoqda… – Qamariddin barmoqlarini panjara qilib ko‘rsatdi, – akademik bo‘lib kelganman. Omon qolaman desang, mendan uzoqlashma.
– Salimni yarasini bog‘ladingmi?
Salimning ishi besh, undan xavotir olma. Sen faqat qo‘rqmasang bas, bu yog‘i okey bo‘ladi.
Qamariddinning gapidan keyin Asror o‘ylanib qoldi. “Hozir bu yerdan ketib qayoqqa ham borardim. Uyga qaytsam hisob berishim kerak. Bir o‘zim shaharda sanqib yuramanmi?” Shu fikrga kelib, Qamariddinning yonidan joy oldi.

Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling