I chorak 2000 yillik tarix Renessans
Download 108.4 Kb.
|
10-sinf tinglash matnlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharq taronalari
- Musiqa va men
Baxshichilik
Dutorning yaratilish afsonasi Bahor quyoshining iliq nurlari butun borliqni uyg‘otganda, ilk bora bodom o‘z gullarini quyoshga tutar, keyin esa o‘rik xursandlik ila gullarga burkanar ekan-u, uyatchan tut daraxti o‘z hislarini namoyish etishdan iymanar ekan. Ammo oradan bir oz vaqt o‘tib, diliga tuggan havas ila quyoshga marvariddek oppoq va yaltillagan ilk mevalarini baxsh etar ekan. U har bir bahor faslining ilk, quyoshning issiq nurlarini emib, pishgan mevalari ekan. Bulbul o‘z guliga, asalarilar boshqa mevali daraxtlarga shaydo ekan-u, faqatgina go‘zal kapalak kamtar tutning shoxlarida dam olishni yaxshi ko‘rarkan. Kapalak xiromi tutga dunyodagi eng katta mo‘jizadek ko‘rinar, tut esa jon-u dili bilan kapalakka muhabbat qo‘ygan ekan. Ammo qisqa umr kapalakni bu dunyodan olib ketgan, kapalak tut shoxlariga o‘zidan yodgor qilib pilla shodalarini qoldirib ketgan ekan. Tut pillaning yorilishini va go‘zal kapalakning yana xirom etishini kutar ekan, ammo odamlar ularni bir-biridan ayiribdilar. Pillalar qaynoq suvga solinib, ipak tolalariga aylanibdi, tut esa ayriliq ila yolg‘izlikka yuz tutibdi. Uning qalin tanasini bir kun inson qishga o‘tin g‘amlash uchun kesib tashlabdi. Yarmini o‘choqqa tutibdi va kunlardan bir kuni sozgar usta o‘choq yonidan tut o‘tinini olibdi-da, uzun qish kechalarida undan dutor kosasini yasashga kirishibdi. Kosa yasalgach, u musiqa asbobiga boshqalar kabi hayvon ichaklaridan yasalgan torni emas, qo‘shni qishloqdagi ipak tolalarini keltirib, ikki dona tor bog‘labdi. Dutordan hech bir torga o‘xshamagan hazin ohang taralibdi, bu qalbni ezgan mahzunlik sevgi, dard, ayriliq, o‘lim va olovda sinalib, nihoyat birlashgan muhabbat tarixi ekan. Bu ohangga, kuyga aylangan muhabbat ekan… Shundan buyon dutor dunyoga muhabbat dardini tarannum etar ekan. (Maqsud Asqarov.) Sharq taronalari O‘zbek mumtoz kuylari nafis ijrosi, ta’sirchanligi bilan mashhurdir. Har bir kuy va qo‘shiqda o‘zbek xalqining tarixi, urf-odatlari va an’analari, qadriyatlari, qayg‘u-alamlari, shodligi aks etadi… Bu kuylarda boshqa hech qaysi xalqda uchramagan, o‘zbekning dardini bayon etgan nozik sadolar bor. Ijroning qanchalik ta’sirchan bo‘lishi cholg‘u asboblariga ham bog‘liq. Mumtoz kuylar ijrosida eng ko‘p qo‘llangan cholg‘u asboblari nay, tanbur, sato, dutor, g‘ijjak, changdir. O‘zbek xalqining milliy qadriyatiga aylangan go‘zal taronalardan biri “Cho‘li Iroq” kuyidir. “Cho‘li Iroq”ni Iroq maqomi deb ham atashadi. U g‘amgin, qayg‘uli ruhiy holatni ifoda etadi va chuqur falsafiy mazmunga ega. XV asr tarixchilari bu kuy haqida shunday ma’lumotlar qoldirishgan: “Kunlarning birida shoh saroyida bo‘lgan bazmda Sohib ismli sozanda tanburda kuy chala boshlaydi. Kuy avjiga chiqqan paytda tanburga bulbul kelib qo‘nadi. Yengil qanot silkitib, kuyni tinglaydi. Buni ko‘rgan saroy ahli hayratda qolib, hushini yo‘qotadi. Xizmatkorlar ularning yuzlariga suv sepib, o‘zlariga keltirishadi. Aytishlaricha, bu sehrli kuy “Cho‘li Iroq”ning birinchi ijrosi bo‘lgan ekan…” Musiqa va men - Salom, Saida! - Salom, Vadim! - Kutilmagan uchrashuv! Konsertga keldingmi? - Ha, senga ham sharq mumtoz musiqasi yoqadimi? - Yoqadi. Axir sharqda yashaydigan sharq odamiman-ku. - Qoyil. Men bo‘lsam, seni faqat zamonaviy musiqa qiziqtiradi, deb o‘ylardim. - Zamonaviy musiqaga ham qiziqaman, lekin sharq mumtoz kuylarini ham juda yoqtiraman. Ularning qandaydir sirli, kayfiyatni ko‘taradigan, sehrlaydigan xususiyatlari bor. - Tushunarli. Ha, sharqona taronalarning odamni maftun etadigan tomonlari ko‘p. - .…. - ….. Download 108.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling