I chorak 2000 yillik tarix Renessans
Download 108.4 Kb.
|
10-sinf tinglash matnlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nabiramga xat
Bizning kino
Mehmondo‘stlik O‘zbek xalqi azaldan mehmondo‘stligi bilan tanilgan. Mehmonni xursandchilik bilan kutib olmaydigan, uyidagi bor ne’matlarni dasturxonga keltirmaydigan o‘zbek xonadoni yo‘q bo‘lsa kerak. Shuning uchun o‘zbek xalqida “Mehmon otangdan ulug’”, “Mehmon kelar eshikdan, rizqi kirar teshikdan”, “Mehmon oldida hatto mushugingni “pisht” dema” kabi maqollar avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Odatda mehmon sharafiga qo‘y so‘yishgan, dasturxon tuzashgan. Bunday munosabat shu oila, hatto qishloq, millat obro‘si hisoblangan. Mehmonni chiroyli, orasta kiyimda, ozoda xonadonda, xushmuomalalik, ochiq yuz bilan kutib olishgan. Mezbon o‘zi yemasa ham, mehmon uchun bor imkoniyatini ishga solib, tansiq taomlar tayyorlashga harakat qilgan. O‘zbekistonning ba’zi viloyatlarida ajoyib bir udum ham bo‘lgan. Aziz mehmon xonadon egasining qaysi bir narsasini yoqtirsa, shu narsani unga hadya qilib berishgan. Mehmonga nisbatan “Xush kelibsiz”, “Qadamingizga hasanot” kabi iliq so‘zlar bilan murojaat qilishgan. Teatr san’ati Dramaturgiya adabiy turlardan biridir. Unga sahna uchun yozilgan asarlar kiradi. Nasriy yoki she’riy asar mualliflari o‘z asarlarining odamlar tomonidan o‘qilishini kutsalar, dramaturglar o‘z asarlarini odamlar sahnada ko‘rishlarini maqsad qilishadi. Dramatik turga komediya, tragediya, drama, pyesa, vodevil, miniatyura kabi janrlar kiradi. Birinchi o‘zbek dramaturgi ma’rifatparvar ijodkor Mahmudxo‘ja Behbudiy bo‘lgan. Behbudiyning “Padarkush” dramasi 1913-yilda sahna yuzini ko‘rgan. Bu asar Samarqandning katta “Narodniy dom” rus teatrida namoyish etilgan. “Padarkush” dramasi fojia (tragediya) janrida yozilgan. Asarda bilimsizlik, johillik oqibatida ro‘y berlgan ayanchli voqealar tasvirlangan. Nabiramga xat “Men sen bilan universitetlarda ta’lim olayotgan tengdoshlaring va sizlardan oldingi avlod duchor bo‘lgan xastalik haqida gaplashmoqchiman. Men xotirani yo‘qotish kasalligini nazarda tutyapman. Agar sen buyuk Karl kimligi yoki Kuala-Lumpur qayerdaligini bilmoqchi bo‘lsang, bir zumda hammasini internetdan topishing mumkin. Buni faqat zarur bo‘lganda qilgin, lekin ma’lumotni olgach, uning mazmunini eslab qoishga harakat qil. Toki yana kerak bo‘lib qolganda uni ikkinchi marta qidirib yurmagin. Shunisi yomonki, kompyuter istalgan paytda sening savolingga javob berishiga bo‘lgan ishonch axborotni eslab qolish istagini yo‘qotadi. Buni hayotdan olingan quyidagi misolga qiyoslash mumkin: bir ko‘chadan boshqa ko‘chaga shoshilinch damda avtobus yoki metroda yetib borish mumkinligini bilgach, odam piyoda yurishga boshqa ehtiyoj yo‘q, degan xulosaga keladi. Biroq sen yurmay qo‘ysang, nogironlar aravachasida harakatlanishga majbur odamga aylanib qolasan. Albatta, men sport bilan shug‘ullanishingni va tanangni boshqara olishingni bilaman. Biroq gap miya haqida ketyapti. Xotira oyoq mushaklari kabidir. Agarda uni mashq qildirmasang, u shalvirab qoladi va sen ovsar bo‘lib qolasan. Undan tashqari, biz hammamiz qariganda Alsgeymer kasalligiga duchor bo‘lishimiz mumkin, bu ko‘ngilsizlikdan qutulish yo‘llaridan biri esa xotiramizni mudom mashq qildirishdir. Mening maslahatim bunday: har tong biror qisqa she’rni yodla, xuddi bolalikda bizga o‘rgatganlaridek. Do‘stlaring bilan eng zo‘r xotira borasida musobaqa uyushtir. Agar senga she’riyat yoqmasa, futbol jamoalarining tarkibini eslab qolishing mumkin. Biroq sen faqatgina Rim klubi komandalarini emas, balki boshqa komandalar o‘yinchilarini, shuningdek, ularning avvalgi tarkibini ham bilishng kerak. Bu o‘yinga o‘xshaydi, ha, bu o‘yinning o‘zi, lekin sen miyang personajlar, voqealar va turli xotiralar bilan to‘lishini sezasan. Miya – bu boshingdagi kompyuter. Uning imkoniyatlari mashqlar bajarish davomida kengayib boradi. Stolingdagi kompyuter uzoq foydalanish oqibatida tezligini yo‘qotadi va tezda almashtirishni talab qiladi. Miyang esa senga 90 yoshgacha xizmat qilishi mumkin. Agarda sen miyangni mashq qildirib tursang, 90 yoshingda hozirgidan ko‘ra ko‘proq narsani eslaydigan bo‘lasan. Bir kun kelib, qariysan, biroq o‘zingni minglab hayotlarni kechirgan kabi his qilasan, go‘yo sen Vaterloo jangida ishtirok etgansan. Yuliy Sezarning qatliga guvoh bo‘lgansan, tasodifan poroxni kashf qilib, havoga uchgansan. Xotirasini boyitishga intilmaydigan boshqa do‘stlaring esa faqatgina bitta, zerikarli va yorqin hislarsiz umrni kechiradilar. Xulosa shuki, xotirangni boyit va ertagayoq she’r yodla!” (Taniqli italyan adibi Umberto Ekoning nabirasiga yo‘llagan maktubidan parcha.) Download 108.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling