I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Sato Do‘mbira haqida afsona


Download 108.4 Kb.
bet19/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Sato


Do‘mbira haqida afsona
Qadim zamonlarda Oltoy o‘lkasida ikki aka-uka yashagan ekan. Kenja ukaning do‘mbirasi bo‘lib, unda kuy chalishni juda yoqtirardi. Chalishni boshlashi bilan dunyodagi barcha narsani unutib, o‘z ijrosiga mahliyo bo‘lib qolar edi. Bu qobiliyati hamma yoqqa ovoza bo‘libdi.
Katta aka o‘ta xudbin, manman bo‘lib, u ham shuhrat qozonmoqchi bo‘libdi. Kunlardan bir kun u to‘lib-toshib oqadigan daryodan o‘tish uchun ko‘prik qurmoqchi bo‘libdi. Tosh to‘plab, ishni boshlabdi. Kenja uka esa do‘mbirada kuy chalishda davom etibdi. Kunlar ketidan kunlar o‘tibdi. Kenja uka akasiga yordam berish o‘rniga sozini qo‘lidan qo‘ymasmish. Bundan qattiq g‘azablangan akasi ukasidan do‘mbirani tortib olib, bor kuchi bilan qoyaga uribdi. Ajoyib soz parcha-parcha bo‘lib sinibdi, kuy to‘xtabdi, lekin tosh qoyada bu zarbdan hosil bo‘lgan iz abadiy qolib ketibdi. Oradan ko‘p yillar o‘tibdi. Odamlar bu izni topib, undan o‘lcham olib, shu o‘lcham bo‘yicha yangi do‘mbira yasashni yo‘lga qo‘yishibdi. Shunday qilib, anchadan beri yangramagan do‘mbira sadolari o‘sha afsonaviy do‘mbiradan qolgan iz tufayli yana odamlar qalbiga go‘zal xonish bilan zavq bera boshladi.


O‘zbekcha kuylayman

Taniqli o‘zbek qo‘shiqchisi Larisa Moskalyova Toshkent shahrida tug‘ilgan. Maktabini tugatgach, Toshkent davlat Madaniyat institutiga o‘qishga kirgan. Professional qo‘shiqchilik faoliyatini 1992-yilda boshlagan. O‘zbek, qoraqalpoq, rus va boshqa bir necha tilda qo‘shiq kuylaydi. O‘ndan ortiq musiqiy janr, jumladan, maqom kuylovchisi ham hisoblanadi.


Larisa Moskalyova sport bilan ham shug‘ullanadi. U taekvondo yo‘nalishi bo‘yicha trener, qora belbog‘ sohibidir. Hozirgi kunda Larisa Moskalyova AQSHda yashaydi. U yerda ham u ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda.


Adabiyot

Odamovilar xiyobonidagi 4-uy sohiblarining har kunlik nonushtasi davomida ko‘tariladigan janjal Garri ta’tilga qaytganidan buyon deyarli an’anaga aylanib qoldi. Bunday holatning asosiy sababi Garrining xonasidan baland eshitiladigan uvillashdan mister Vernon Durslning hali tong otmay uyg‘onib ketishidir.


– Shu haftaning o‘zida uchinchi bor takrorlanishi! – o‘shqira boshladi, stolning narigi tomonida o‘tirgan amaki, – Agar boyqushingni eplay olmas ekansan, undan xalos bo‘lishga majbur bo‘lasan!
– Axir bechora qush zerikyapti! – dedi Garri, Vernon amakisiga yana bir bor tushuntirishga urinib, – Ko‘ngli istagan joyda uchib yurishga o‘rganib qolgan. Loaqal tunda qo‘yib yuborishga ijozat bersangiz...
– Men nima, fikringcha, ahmoqqa o‘xshaymanmi? – jahl bilan kulib qo‘ydi Vernon amaki, quyuq mo‘yloviga yopishib qolgan tuxum quymoqning parchasini silkitgancha, – O‘sha jirkanch boyqushning qo‘yib yuborilishi qanday oqibat bilan yakun topishini bilmaydi deb o‘ylaysanmi?
Er-xotin Dursllar bir-biriga g‘amgin qarab qo‘yishdi. Garri bahslashishga urindi-yu, biroq Dursllarning o‘g‘li Dudlining baland kekirishi uning dalillarini bosib yubordi.
– Yana bitta bekon yeyman, – dedi u, yeb turib ma’raydigan qo‘yga o‘xshab.
Tovada turibdi-ku, olaqol, yoqimtoyginam, – dedi Petunya xola, o‘g‘lining yirik tanasini muloyimlikdan xiralashib ketgan nigoh bilan navozish qilib, – Imkoni borligida yaxshilab semirib olishing kerak... Maktabingda beriladigan taomlar haqidagi gaplaring ko‘nglimga taskin bermadi...
– Bo‘lmagan gap, Petunya, – qat’iy e’tiroz bildirdi Vernon amaki, – “Smelting”da o‘qib yurgan kezlarimda hech qachon och qolmaganman. Dudli maktabda to‘yguncha ovqatlanadi, shundaymi o‘g‘lim?
Yog‘ bosgan dumbasi kursiga sig‘may, ikki tomonga osilib tushgan Dudli hiringlab qo‘yib, Garriga yuzlandi-da:
– Tovani uzatib yubor, – deb buyurdi.
– Sehrli so‘zni aytishni unutding, – achchiq bilan javob qaytardi Garri.
Bor-yo‘q “iltimos” so‘zi talab qilingan ushbu oddiy gapning oila a’zolariga ko‘rsatgan ta’siri ajoyib tomosha bo‘ldi: qo‘rqib ketgan Dudli tiqilib qolib, butun oshxonani zirillatgancha, o‘tirgan joyida ag‘anab tushdi; missis Dursl ingichka chiyillab, kaftini og‘ziga bosdi; o‘rnidan irg‘ib turgan mister Durslning esa chakkasidagi tomirlari bo‘rtib ketdi.
(Joan Roulingning “Garri Poter va falsafiy tosh” kitobidan.)

Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling