I chorak 2000 yillik tarix Renessans
Download 108.4 Kb.
|
10-sinf tinglash matnlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turfa olam Sovun pufagi shakli nega dumaloq
Raqamlar
Biz hammamiz 0 dan 9 gacha raqamlarni bilamiz. Ular qanday paydo bo‘lgan? Kundalik hayotimizda ko‘p qo‘llaydigan bu tanish 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 va 9 raqamlari nima uchun bunday nomlanadi? Keling, tarixga murojaat qilaylik. Qadim zamonlarda ham odamga hisob kerak edi. Hatto hali harflar va raqamlar paydo bo‘lmasdan, qadimgi odam ikki yoki besh nima ekanligini bilmaganida, u o‘ljani bo‘lish, ov qilish uchun odamlar sonini aniqlash va boshqa ko‘plab oddiy amallarni bajarishi kerak edi. Dastlab u qo‘llarini ishlatgan, ba’zan esa oyoqlarining barmoqlari yordamida miqdorni ko‘rsatgan. “Uni besh qo‘limday bilaman” degan gapni eshitganmisiz? Bu gap o‘sha uzoq vaqtlarda paydo bo‘lgan. Sanoq uchun birinchi bo‘lib barmoqlardan foydalanilgan. Asrlar o‘tdi, hayot davom etaverdi, hamma narsa o‘zgardi. Endi odamlarga barmoqlarning o‘zi yetarli bo‘lmay qoldi. Raqamlar oshib boraverdi, ularning miqdorini bir xilda ushlab turish qiyin edi, ularni qandaydir tarzda belgilash va yozish kerak edi. Raqamlar shunday paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, qadimda turli mamlakatlarda yashagan xalqlar o‘zlarining raqamlari tizimini o‘ylab topdilar. Avvaliga misrliklar, keyin yunonlar va rimliklarning raqamlari paydo bo‘ldi. Rim raqamlarini biz ham ba’zan ishlatamiz. Biroq, eng ko‘p tarqalgan va bugungi kungacha qo‘llaniladigan raqamlar Hindistonda V asr boshida ixtiro qilingan. Nima uchun biz o‘rgangan, Hindistonda ixtiro qilingan raqamlar arab raqamlari deb ataladi? Arab mamlakatlarida faol qo‘llana boshlangach, bu raqamlar dunyoga keng tarqaldi. Arablar hind raqamlarini olib, ularni biroz o‘zgartirdilar. Dunyoga mashhur arab raqamlarining ommalashib ketishiga yordam berganlar orasida fransuz Aleksandr de Vilye, ingliz o‘qituvchisi Jon Galifaks va Sharq mamlakatlariga tez-tez sayohat qilib, arab olimlari asarlarini o‘rgangan mashhur italiyalik matematik Fibonachchi ham bor edi. Turfa olam Sovun pufagi shakli nega dumaloq? Bu savolning javobini tabiatdan topish mumkin. Masalan, yomg‘ir tomchisi dumaloq, ko‘plab mevalar ham dumaloq. Hatto ona sayyoramiz, Quyosh, Oy va yulduzlar ham dumaloq... Xullas, tabiatdagi narsalar uchun dumaloq – eng qulay shakldir. Sovun pufagi ham shishish davomida o‘ziga eng qulay shaklni tanlab oladi. Shu shaklda uning ichidagi havo bosimi pufak devorlari bo‘ylab teng taqsimlanadi. Havoning bir xil bosimi pufakning uzoq vaqt yorilmay turishini ta’minlaydi. Sovun pufaklarining sirini bilish uchun ularni ming marta kattalashtirib ko‘rish kerak. Bunday pufak “devor”lari oddiy qog‘ozdan bir necha yuz barobar yupqa bo‘ladi. Lekin shu yupqa “devor” ham uch qavatli pardadan iborat. Birinchi pardani sovun molekulalari, ikkinchi pardani suv, uchinchi pardani esa yana sovun molekulalari tashkil etadi. Demak, suv qatlamini sovun molekulalari 2 tomondan tutib turadi. (“Jajji akademik” jurnalidan olindi.) Download 108.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling