I chorak 2000 yillik tarix Renessans
Download 108.4 Kb.
|
10-sinf tinglash matnlari
O‘zbekcha o‘zgacha
Adabini berdi – qilmishiga yarasha jazoladi. Avzoyi buzilmoq – vajohati yomonlashmoq, achchiqlanmoq. Dumini tugmoq – qaytmas qilib haydamoq. Aravani quruq olib qochmoq – uddalay olmagan narsasiga ortiqcha maqtanish. Bag‘ri qon – g‘am-a’lamli, g‘am-a’lamda. Bahri dili ochildi – kayfiyati yaxshilandi. Bosh og‘rig‘i – ortiqcha tashvish, dahmaza. Boshi osmonga yetmoq – xursand bo‘lmoq. Og‘zi qulog‘ida – nihoyatda xursand. Bir boshini ikki qildi – oila qurmoq. Topib gapir Tong azonda turib, o‘tov egalari, er-xotin bilan xayrlashib, “Sariog‘och qaydasan?” deb yo‘lga tushdim. O‘sha kezlarda mening toleim juda ham sho‘r edi. Qaysi qishloqqa borsam, bozorning ustidan chiqar edim. Aksiga yurib bugun Sariog‘ochning bozor kuni edi. Mendan boshqa ham bozorga olma keltirganlar ko‘p edi. – Kep qoling, armonda qolasiz, sotaman-u ketaman! Buni yeganlar non yemaydi, shinavandaga sotaman, – deb javrab, maqtab, peshinda arang sotib tugatdim. G‘alladonni hisoblab ko‘rsam, olti tanga bir miri bo‘pti. Keyingi bir necha oy mobaynida belbog‘ga tugilgan naqdina shundan iborat edi. Pul ko‘p, qayg‘u yo‘q. Bozorni aylanib yurib hamma narsaga xaridor bo‘lib ko‘raman. Hamma narsaning narxini bilgim keladi. Bir kishining tunuka vannasiga xaridor bo‘lib, kam so‘raganim uchun undan yaxshigina so‘kish ham eshitib oldim. Kiyim bozorga kirib qunduz yoqalik bobrik paltolarga xaridor bo‘lib ko‘raman. Qo‘y bozoriga kirib, shoxlari mullavachchalarning sallasiday buralib-buralib ketgan do‘ng peshonalik, katta bir qo‘chqorga xaridor bo‘lib turganimda ko‘zim tanish bir basharaga uchradi. U qo‘shoqlangan bir qo‘ra qo‘y ustida kuzatib turar edi. Bu kim, qayerda ko‘rgan ekanman? Chang bosgan kipriklar tagidagi qo‘y ko‘zlar menga juda tanish. Yo‘lning gard-g‘ubori qoqilmagan namatdek qilib yuborgan bu bashara ko‘zimga issiq-issiq ko‘rinadi. Lekin egnidagi qozoqi chakmon bilan boshidagi teskari ag‘darilgan telpak, qo‘lidagi boshi cho‘qmor kaltagi menga tanish emas. Undan ko‘zimni uzmay tikilib turaman. U ham menga g‘ilt-g‘ilt etib tikilib turardi. Birdan qichqirib yubordim: – Omon!! Bir-birovimizning quchog‘imizga otildik, yalab-yulqashdik, hol-ahvol so‘rashdik. O‘z boshimdan kechirganlarimni bir chetdan hikoya qilib berdim. Sarguzashtimning oxiri yonimdagi tanga-chaqa aralash olti tanga bir miri pulni jaraqlatib qo‘yish bilan tamom bo‘ldi. Download 108.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling