I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Download 108.4 Kb.
bet24/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Antiqa sport turlari

Dayving bo‘yicha instruktor Alan Bleyk suv osti xokkeyini o‘ylab topgan. O‘yinning maqsadi – basseyn tubida joylashgan raqib darvozasini zabt etish. Shayba suvga cho‘kishi uchun uning ichi po‘latdan bo‘ladi. O‘yin dastasi (klyushka) esa odatdagidan 30 santimetrga qisqaroq. O‘yinda har biri 6 kishidan iborat 2 ta jamoa ishtirok etadi. Suv osti xokkeyining afzalligi shundaki, uni yoshi, jinsi, gavdasidan qat’i nazar har qanday odam o‘ynashi mumkin, chunki suv turli sportchilarning imkoniyatlarini tenglashtiradi.


Shaxboks – gollandiyalik Ipe Rubing ismli shaxsning ixtirosi. U ushbu sport turi bo‘yicha birinchi jahon chempioni ham bo‘lgan. Shaxboks insonning ham jismoniy, ham aqliy qobiliyatini rivojlantiradi. Uchrashuv 11 raunddan iborat – toq raundlarda shaxmat, juft raundlarda boks o‘ynaladi. Raqiblar ikkala sport turida ham ringda bellashadilar.
Ekstremal sport turlaridan biri skibob deb ataladi. U qishki sport turlariga kirsa-da, sun’iy qorda ham o‘ynasa bo‘ladi. Uning asosi sifatida velosiped ramasi olingan. Rama chanani boshqarish uchun kerak. G‘ildiraklar o‘rniga chang‘idan foydalaniladi. Snoubayk deb ataladigan bu uskunaning tezligi 150 km/soatdan oshadi.


Zehn g‘alabasi

Nodirbek 2004-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘sha yili o‘zbek grossmeysteri Rustam Qosimjonov shaxmat bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Nodirbekning otasi farzandlarini shaxmat o‘yiniga qiziqtira boshlagan. Akasi va opasining o‘yinini kuzatib boradigan Nodirbek 4 yoshida shaxmat seksiyasida shug‘ullana boshlagan. 5 yoshda u 8 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar turnirida g‘olib bo‘lgan.


6 yoshida 10 yoshgacha bo‘lgan shaxmatcilarning O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘lgan Nodirbekka Rustam Qosimjonov murabbiylik qila boshlaydi.
11 yoshida Nodirbek 100 nafar dunyoning eng kuchli yosh shaxmatchilari reytingidan o‘rin oldi.
17 yoshida Nodirbek Abdusattorov shaxmatning rapid (tez shaxmat) turida 13 o‘yindan 7tasida g‘olib bo‘lib, shaxmat tarixida rapid bo‘yicha eng yosh jahon chempioniga aylandi.



Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling