Salomatlik va gigiyena
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) — xalqaro tibbiy tashkiloti boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning ixtisoslashgan maxsus muassasasi hisoblanadi. 1945-yil fevralda BMT konferensiyasida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. 1946-yilda sogʻliqni saqlash boʻyicha New Yorkda oʻtkazilgan Xalqaro konferensiyada BMTga aʼzo 26 ta mamlakat tashkilot ustavini ratifikatsiya qilgach, 1948-yil 7-aprelda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tuzildi.
Sog‘lom mahsulotlar
JSST nizomi quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
Salomatlik — bu nafaqat tanada kasalliklarning mavjud emasligi, balki umumiy-ijtimoiy, ruhiy hamda jismoniy barqarorlik holatidir.
Kishining irqi, dini, siyosiy qarashlari, iqtisodiy va ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar, salomatlik borasida eng yaxshi darajaga erisha olishi har bir shaxsning eng asosiy huquqlaridan bir hisoblanadi.
Jahondagi barcha xalqlarning salomatligi dunyoda tinchlik va xavfsizlik o‘rnatilishining eng asosiy omili bo‘lib, u har bir mamlakat va davlatlarning to‘liq o‘zaro hamkorligiga bog‘liqdir.
Har qanday davlatning sog‘liqni saqlash borasidagi erishgan natijalari barcha uchun ahamiyatlidir.
Turli mamlakatlarda kasalliklarga qarshi kurash borasidagi, ayniqsa, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash borasidagi choralarning notekisligi qolgan barcha uchun umumiy xatarni keltirib chiqaradi.
Bola salomatligi eng ustuvor vazifa hisoblanadi.
Barcha xalqlar uchun tibbiyot, psixologiya va turdosh ilmlar yutuqlaridan birdek foydalana olish sharoiti yaratilishi — salomatlikni ta’minlash borasidagi eng asosiy shartlardan biri bo‘lishi kerak.
Xalq salomatligini yaxshilash borasida jamoatchilik bilan faol ishlash, uning bu boradagi tushunchalarini shakllantirish, ushbu xalqning salomatligini himoyalash uchun g‘oyat muhimdir.
Hukumatlar o‘z xalqlarining salomatligi uchun javobgardirlar. Bu javobgarlik sog‘liqni saqlash sohasida tegishli choralarni ko‘rishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |