I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Temperament 3. Tinglang. Yozing


Download 108.4 Kb.
bet12/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Temperament


3. Tinglang. Yozing.



3

Flegmatiklar — sangviniklarga qaraganda, birmuncha vazmin kishilardir. Ularda shoshmaslik, vazminlik ancha barqaror bo‘ladi, murakkab hayotiy vaziyatlarda kamharakatchanlik kuzatilsa-da, qo‘yilgan maqsadga erishishda birmuncha barqaror, bir so‘zli va dadil bo‘lishadi. Bilimlarni sekinroq o'zlashtirsalar ham, lekin puxta egallaydilar.

1

Xoleriklar — kuchli, chaqqon, vazmin bo‘lmagan odamlardir. Ularning o'ziga xos xususiyati — jizzakilik va beqarorlik sanaladi. Xoleriklar — faol, ishchan va to‘xtovsiz reaksiyali odamlardir. Ular bir maromda ishlay olishmaydi, goh g'ayrat bilan, goh imillab ishlashadi.

4

Melanxoliklar — g'amgin, jur’atsiz va ma’yus kishilardir. Salga charchash, biror ishga yetarlicha jur’at etmaslik, o‘z fikrlari va istaklarini qondira olmaslik ular uchun xosdir. Melanxoliklar, ko‘pincha, arzimagan qiyinchiliklarga bardosh bera olmaydilar, ularga qarshi kurashdan voz kechadilar.

2

Sangviniklar — chaqqon, tirishqoq, mehribon, ta’sirchan kishilardir. Ular tevarak-atrofga tez moslashadi. U lar bilimni tez va osongina o‘zlashtirsalar-da, hamma vaqt ham puxta egallamaydilar.

Mening temperamentim

Temperament odamning tevarak-atrofdagi voqealarga munosabatini, hissiyotining ayrim xususiyatlarini belgilab berishini va dunyodagi barcha insonlar temperament tipiga ko‘ra 4 xil turga bo‘linishini bilib oldingiz. Siz ulardan qaysi biriga mansub ekanligingizni ham bilishni istaysizmi? Fe’l-atvoringizning eng nozik qirralarini-chi? U holda psixologiya sizga bu borada yordam beradi. 1 dan 20 gacha sonlarni yozib oling va sizga to‘g‘ri kelgan javoblarga yuqoridagi belgini qo‘ying.



  1. Siz qaysar va o‘jarsiz.

  2. Tavakkal qilishni yoqtirasiz.

  3. Sizni hamma yangi narsalar jalb qiladi.

  4. Munozara va bahsli vaziyatlarni tezda hal qilasiz.

  5. Nutqingiz tez va hissiyotga boy.

  6. Siz quvnoq va xushchaqchaqsiz.

  7. Sizning qiziqishlaringiz tez-tez o‘zgarib turadi.

  8. Siz yangi reja va sharoitlarga oson ko‘nikasiz.

  9. Siz qiyin vaziyatlarda ham vahimaga tushmaysiz, ichki xotirjamlikka egasiz.

  10. Nutqingiz tushunarli va muloqotni yaxshi ko‘rasiz.

  11. Siz ehtiyotkor va aqlli odamsiz.

  12. Sizda aniq kundalik tartib bor, ishlaringizni reja bilan bajarasiz.

  13. Yangi do‘stlar va muhitga moslashishingiz qiyin.


  14. QR kod bilan https://hordiq.uz
    Tandiqni xotirjamlik bilan qabul qilasiz.

  15. Boshlagan ishingizni oxiriga yetkazasiz.

  16. Sizni xafa qilish oson.

  17. O‘zingizga yuqori talablar qo‘yasiz.

  18. Qiyin vaziyatlarda yolg‘iz qolishni istaysiz.

  19. Ta’sirchansiz, tezda yig‘lab yuborasiz.

  20. Kutilmagan yangilik va yangi sharoitni yoqtirmaysiz.


Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling