I chorak 2000 yillik tarix Renessans
Download 108.4 Kb.
|
10-sinf tinglash matnlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi karvon savdo yo‘llari
Rivoyatlar
Xitoy va Markaziy Osiyo shaharlarini O‘rtayer dengizi mamlakatlari bilan bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘li ko‘p asrlar davomida ushbu hududlar o‘rtasidagi savdo va madaniyat almashinuv jarayonlarida muhim rol o‘ynagan. U eramizdan avvalgi II asrda Xitoy va Farg‘ona vodiysi shaharlari o‘rtasidagi savdo yo‘li sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, keyinroq Sharq va G‘arb o‘rtasidagi muhim transport aloqa yo‘li maqomini egalladi va o‘rta asrlarga qadar amal qildi. Buyuk ipak yo‘lining asosiy qismi Osiyoning cho‘l hududlaridan o‘tgan. Qimmatbaho yuklarni tashish uchun savdogarlar qizib turgan qumlarda yurishga juda yaxshi moslashgan tuyalardan ko‘proq foydalangan. Sayyohlar duch kelgan eng asosiy muammo yo‘nalishning katta qismida suvning yo‘qligi edi. Tuyalar foydali joyni egallaydigan va olib ketilayotgan yuk hajmini kamaytiradigan suv idishlarini ko‘tarib yurmasligi uchun qadimgi zamonning mahoratli konstruktorlari qizigan qumlar orasida quduqlar barpo etdi. Ular “sardoba” deb atalib, ularda doim suv bo‘lgan. Bunday quduqlarni bugungi kunda ham O‘rta Osiyoning ba’zi shaharlarida uchratish mumkin. Noyob muhandislik inshootlari yo‘lning har 12—15 kilometrida joylashib, 150—200 tuyadan iborat karvonning chanqog‘ini qondira olgan. Bu quduqlardagi suv yerosti suv manbalari tufayli emas, atmosfera havosidan suv olishga qodir original konstruksiya yordamida to‘plangan. Ishonish qiyindek ko‘rinsa-da, qadimgi muhandislar quduqlarni qurishda uyurma effektidan foydalangan. Konstruksiyaning o‘zi tashqaridan qaraganda, toshdan ishlangan kichikroq chodirni eslatgan va bir nechta tuynuklari bo‘lgan. Quduqning yarmidan ortiq qismi yer ostiga ko‘milgan bo‘lib, suvga yetish uchun zinadan pastga tushish kerak bo‘lgan. Tom va yon tomon tuynuklarining maxsus konstruksiyasi tufayli quduq orqali muntazam cho‘l havosi aylanib turgan. Mutaxassislarning baholashicha, cho‘l havosi hajmi sutkasiga bir necha ming kubometrga yetgan. Savdo yo‘llari Qadimgi karvon savdo yo‘llariSavdo-sotiq ishlari barcha davrlarda kishilar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Savdo-sotiq davlat iqtisodiy taraqqiyotiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Shu tufayli ham turli mamlakatlar o‘zaro foydali savdodan juda manfaatdor bo‘lganlar. Bu esa qadimda ham muhim savdo yo‘llari ochilishiga olib keldi. O‘z hududidan savdo karvonlari o‘tadigan mamlakatlar yo‘l atroflariga savdogarlar uchun barcha zarur qulayliklarni yaratib berganlar. O‘zlarining va mollarining xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rganlar. Qadimgi karvon savdo yo‘llaridan biri «La’l yo‘li» deb atalgan. Bu yo‘l miloddan avvalgi 3–2-ming yilliklarda ochilgan. Download 108.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling