I chorak 2000 yillik tarix Renessans
Download 108.4 Kb.
|
10-sinf tinglash matnlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baobab afsonasi Baobab afsonasi
- Tez orada xudolari darajasiga ko ‘tarilishini aytdi
Shiroq
Jasur cho‘pon Shiroq – ahamoniylar podshosi Doro I bosqiniga qarshi kurashgan xalq qahramoni. Eramizdan avvalgi V asrda Eron shohi Doro I qo‘shini Turon hududiga bostirib kirgan. Doro qo‘shini bilan saklar o‘rtasida urush borardi. Sak qabilalari oqsoqollari fors harbiy kengash o‘tkazayotganda, ularning huzuriga sak podachilaridan Shiroq kelib, o‘z rejasini bayon qilgan. Shiroq Doro I qarorgohiga kelib, unga qabiladoshlari nohaq sitam yetkazganligi uchun (uning burni va quloqlari kesilgan edi) saklar qabilasi turgan yerga qisqa yo‘l bilan olib borishini aytib, dushman qo‘shinini Qizilqum cho‘li ichkarisiga boshlaydi. Eron qo‘shini Shiroqning maslahati bilan faqat 7 kunga yetadigan suv, oziq-ovqat va yem-xashak olgan edi. Jazirama issiqda cho‘lni kechib o‘tayotgan dushman qo‘shini holdan toyib, oziq-ovqat ham tugaydi. Atrof suvsiz va quruq sahrodan iborat. Nihoyat, muhlatning 7-kunida dushman qo‘shini aldanganini anglaydi. Doroning qo‘shin boshlig‘i Shiroqdan ularni aldab, na olg‘a yurish, na yurtga qaytish mumkin bo‘lmagan sahroga boshlab kelishdan maqsading nima deb so‘raydi. Shiroq shunday deydi: “Men yolg‘iz o‘zim Doro qo‘shinini yengdim. Sizlarni aldab, cho‘lning qoq o‘rtasiga olib keldim. Xohlagan tomoningizga ketishingiz mumkin, vohagacha to‘rt tomoningiz ham 7 kunlik yo‘l!”. Dahshatga tushgan shoh va uning sarkardalari Shiroqqa yolvorib, unga suvsiz cho‘ldan olib chiqishi uchun katta boylik va’da qilishadi. Shiroq rad javobini beradi. Shundan keyin uni qilich bilan chopib tashlaydilar. Qo‘shinning asosiy qismi suvsizlik va ochlikdan Qizilqum cho‘lida qirilib ketgan. Faqat Doro I va uning oz sonli odamlari yomg‘ir yog‘ishi natijasida halokatdan qutulib, Baqtra daryosi (Amudaryo) qirg‘og‘igacha yetib kelishgan. Baobab afsonasi Baobab afsonasi Mag‘rurlik va takabburlik – qimmatga tushadigan fazilatdir bo‘lib, ba’zi Afrika xalqlarining mentalitetida ham uchraydi. Takabburlikning ta’siriga ishora qiluvchi afsona ham bor. Afsonalarga ko‘ra, baobab daraxti sayyoradagi eng go‘zal daraxt deb hisoblangan, shu sababli barcha mavjudotlar unga qoyil qolishgan. Hatto xudolar ham uning go‘zalligidan hayratda edilar. Vaqt o ‘tishi bilan daraxt o‘z-o‘zidan juda faxrlanib, boshqa daraxtlar va mavjudotlar uchun quyosh nurlarini to‘sib qo‘ydi. Tez orada xudolari darajasiga ko‘tarilishini aytdi. Xudolar baobabning takabburligidan g‘azablandilar. Ular daraxtni teskari o‘sishga hukm qildilar: uning gullari yer ostida o‘sadi, faqat uning ildizlari havoga ko‘tariladi. Shuning uchun bu daraxtlar endi boshqalar bilan taqqoslaganda juda o‘ziga xos va g‘ayrioddiy ko‘rinishga ega. Download 108.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling