I chorak 2000 yillik tarix Renessans
Download 108.4 Kb.
|
10-sinf tinglash matnlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iblis dengizi
- Vahimalar sababi
- II CHORAK Jism va ruh
Bermud uchburchagi
Bermud uchburchagi: afsona va haqiqat Bermud uchburchagi – Yer sayyorasining sirli nuqtalaridan biri. Atlantika okeani, Sargass dengizida joylashgan bu hudud Florida, Bermud, Puerto-Riko orollari bilan o‘ralgan uchburchakda joylashgani uchun shunday nom olgan. Uning mashhurligi shundaki, bu hududdan uchib yoki suzib o‘tayotgan suv va havo kemalari sirli ravishda halokatga yuz tutadi. Bu halokatlarni turli tabiat hodisalaridan tortib, o‘zga sayyoraliklargacha bog‘lashadi. Iblis dengizi Bermud uchburchagida suv va havo kemalarining «sirli ravishda g‘oyib bo‘lishi» haqidagi qarashni ilk bor jurnalist Edvard Van Vinkl Jons 1950-yilda ilgari suradi va bu hududni «iblis dengizi» deb ataydi. «Bermud uchburchagi» iborasini esa yozuvchi Vinsent Gaddis 1964-yilda qo‘llaydi. U «Agrosi» jurnalida «Halokatli Bermud uchburchagi» sarlavhali maqola chop etib, unda AQSH aviatsiya flotiga tegishli 19-bo‘g‘in harbiy samolyotlari shu hududda izsiz yo‘qolgani hikoya qilinadi. Shu bilan 60-70 yillarda Bermud uchburchagi atrofida turli asosli-asossiz gaplar ko‘payib ketadi. Vahimalar sababi Bermud uchburchagi paranormal sirga egaligi haqidagi nazariyaga ishonuvchilarning ta’kidlashicha, XX asrda 100 dan ziyod havo va suv kemalari bu hududda izsiz yo‘qolgan. Sirli ravishda yo‘qolish bilan birga, kemalarning bir zumda bir hududdan boshqa hududda paydo bo‘lib qolishi, vaqtning anomal tarzda o‘zgarishi kabi holatlar aytiladi. Skeptik-realist olim Lourens Devid Kushe «Bermud uchburchagi: afsona va haqiqat» kitobida bu joyga taalluqli qilib ko‘rsatiladigan ba’zi halokatlar aslida boshqa hududlarda sodir bo‘lganini ta’kidlaydi. Ayrim halokatlarning esa chindan ham sodir bo‘lgani haqida rasmiy manbalarda ishonchli fakt va dalillar mavjud emas. II CHORAK Jism va ruh Qadimda miya va ruh orasidagi munosabatlarga oid qarashlari bilan mashhur bo‘lgan tibbiyot fanining otasi Gippokrat (Buqrot) odamlar xulq-atvorini kasalliklarning kechishiga bog‘lab o‘rganib, temperament haqidagi ta’limotni yaratdi. Har bir inson tabiat tomonidan ato etilgan tug‘ma biologik xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar fan tilida temperament deb ataladi. Temperament – shaxs faoliyati va xulqining o‘zgaruvchan hamda emotsional-hissiy tomonlarini aks ettiruvchi individual xususiyatlar majmuyidir. Uning to‘rtta turi mavjud: xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolik. Temperamentning fiziologik asoslarini ochib bergan rus olimi Ivan Pavlovdir. U temperamentning belgilarini aniqlagan. Uning fikricha, barcha temperament tiplari o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, xoleriklar kuchli tip vakillari bo‘ladi, biroq ularga urushqoqlik, janjalga moyillik, tez jahli chiqish va yana o‘rtoqlashib ketish xosdir. Sangviniklar xushchaqchaq, hozirjavob, vaziyatni tez baholaydigan insonlar sanaladi. Flegmatiklar nisbatan yuvosh, kamgap, xotirjam kishilar bo‘lib, Pavlov bunday odamlarni “hayot zahmatkashlari” deb atagan. Melanxoliklar kuchsiz tip vakillari bo‘lsa-da, ular mayda ishlarni sabr bilan bajarishadi. Lekin ular kamharakat, o‘ziga nisbatan ishonchsiz bo‘ladilar. Shuni unutmaslik lozimki, temperamentning yaxshi yoki yomoni bo‘lmaydi. Atoqli va mashhur kishilar orasida barcha tip vakillari uchraydi. Download 108.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling