I chorak 2000 yillik tarix Renessans
Download 108.4 Kb.
|
10-sinf tinglash matnlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rang-barang olam Musiqa rangi
Kamalak
Balki bu siz uchun juda g‘alati tuyular, ammo dunyo aslida hech qanday rangga ega emas. Ha, haqiqatdan ham barcha ranglar miya faoliyatining natijasi bo‘lib, u tashqi olamdan qabul qilingan ma’lumotlarini rang shaklida yetkazib beradi. Aslini olganda, atrofimizdagi buyumlar ma’lum darajada yoritiladi. Inson ko‘zi turli uzunlikdagi elektromagnit to‘lqinlarini rang ko‘rinishida qabul qiladi. Rangni qabul qilish buyumlarning shakli, kattaligi, ularning qayerda joylashgani va qanchalar yoritilganiga bog‘liq. Olimlarning taxminlaricha, rangni qabul qilish evolutsiya jarayonida kelib chiqqan psixofiziologik hodisadir. Rang-barang olam Musiqa rangi Kaliforniya olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarning birida musiqaning ham rangi mavjud ekanligi aniqlandi. Bir guruh ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan natijalarga ko‘ra, ijobiy ma’noga ega bo‘lgan musiqalar inson tasavvurida iliq rangli taassurotlar, misol uchun, sariq, pushti rang ko‘rinishlarni hosil qilishi aniqlandi. Shu bilan birga, g‘amgin musiqalar inson tasavvurida to‘q ranglar ko‘rinishini hosil qilar ekan. Ushbu ma’lumot turli shou o‘tkazuvchi tashkilot a’zolariga qo‘l kelishi mumkin. Xromofobiya Xromofobiya – insonning ma’lum bir rangdan qo‘rqish kasalligidir. Agar e’tiborli bo‘lasangiz, ayrim insonlar ma’lum bir rangga bo‘yalgan xonalarda o‘zlarini noqulay his qilishini sezishingiz mumkin. Tashqi tomondan qaraganda buni ongsiz bezovtalik xuruji deb o‘ylasa bo‘ladi. Aslida barchasi bundan ham murakkabroq. Bunday xurujlar nafaqat ma’lum bir rangdagi xonalar ichida, ma’lum rangdagi libos, idish-tovoq yoki buyum bilan to‘qnash kelib qolganda ham sodir bo‘ladi. Bu kabi muammolar ruhiy jarohatlar oqibati o‘laroq yuzaga keladi. Xromofobiya bezovtalik hissi, ko‘ngil aynishi, bosh aylanish holatlari bilan birga kechadi. Daltonizm Bu insonnning rangni idrok etish borasidagi o‘ziga xosligidir. Gap shundaki, rangni qabul qilishga inson organizmida ishlab chiqadigan uch xil oqsil javob beradi. Daltoniklar esa irsiy o‘ziga xoslik tufayli ana shu oqsillarning biriga ega bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda daltoniklar qizil rangni yashil bilan almashtirishadi. Bu esa haqiqiy daltonizm deyiladi. Download 108.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling