I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Download 108.4 Kb.
bet16/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Talab va taklif


Parfumeriya (frans. parfum — “yoqimli hid, atir”) — teri, soch, kiyimlarni xushboʻy qiluvchi, shuningdek, gigiyenik vosita sifatida qoʻllanadigan mahsulotlar. Qadimda xushboʻy moddalar sifatida faqat tabiiy mahsulotlar (efir moylari, balzam va boshqalar) ishlatilgan. Organik kimyo rivojlanishi natijasida efir moylari va hayvon mahsulotlari (anbar, mushk va boshqalar) bilan bir qatorda parfyumeriya mahsulotlari tayyorlashda sintetik xushboʻy moddalardan foydalanila boshlandi. Atir, upa, atir sovun, lab boʻyoqlari, odekolon, xushboʻy suv, shuningdek, ter va uydagi noxush hidlarni yoʻqotishda qoʻllanadigan dezodorantlar, tirnoq va soch loklari ham parfyumeriya. mahsulotidir.


Mening kunim
Gigiyena (yun. hygieinos — “sogʻlom”) — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. G.ning bir necha sohalari bor. Aviatsion G., harbiy gigiyena, mehnat gigiyenasi, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi (maktab gigiyenasi), shaxsiy gigiyena, ijtimoiy gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena va boshqalar. Gigiyena fiziologiya, patofiziologiya, epidemiologiya, toksikologiya, fizika, kimyo, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bogʻlangan, chunki tabiiy omillar bilan birga jamiyatning iqtisodiy ahvoli ham kishi sogʻligʻiga taʼsir etadi.


Sanitariya

Sanitariya (lot. sanitas — “sogʻliq”) — atrof muhitni sogʻlomlashtirishga qaratilgan amaliy tadbirlar majmui. Epidemiyaga qarshi hamda sanitariya - gigiyenaga oid talab va meʼyorlarni ishlab chiqadi va amalga tatbiq etadi. Turar joy, sanoat, oziq-ovqat sanitariyasi bir-biridan farq qiladi.


Sanitariya korxonalari va turar joy, maishiy xonalarni gigiyena talablariga koʻra ozoda saqlash, havosini almashtirib turish, yoritish, isitish (makroiqlim) meʼyorlariga mosligi masalalari bilan shugʻullanadi.
Sanitariyaning turar joy, kommunal boʻlimi aholi punktlarini rejalashtirish, qurish, koʻkalamzorlashtirish, suv taʼminoti, chiqindilardan tozalash va kanalizatsiya, turar joy va umumiy foydalanish obyektlari (hammomlar, umumiy yashash joylari, sartaroshxonalar va dam olish, sogʻlomlashtirish maskanlari)ni nazorat qilish, atmosfera havosini muhofaza etish, transport va shovqinlariga qarshi kurashish masalalarini oʻz ichiga oladi.


Tabobat
Tibbiyotning xalq tabobatidan mustaqil fan darajasiga koʻtarilishida qadimgi Misr, Bobil tibbiyoti, Gippokrat va Lmenning muhim oʻrni bor. Gippokrat kasalliklarni aniklash, bemorning hayoti va faoliyatiga tashqi muhitning taʼsirini oʻrganish, xastalikning kelib chiqish sabablarini topish va davolashda bemor organizmining oʻziga xos xususiyatlarini bilish kabi masalalar bilan shugʻullangan. Galen esa birinchi boʻlib, organizmdagi aʼzo va sistemalarning tuzilishi hamda funksiyalarini, asosan, hayvonlar (maymunlar) organizmida tajriba qilib oʻrgangan. Uning anatomiya va fiziologiyaga doyr asarlari to XVI asrgacha tibbiyotning asosi boʻlib xizmat qildi.
Parhez

Hozirgi zamon Pevznyer dietologiyasida (parhez haqidagi fan) inson organizmining sutkalik energetik talabi asos qilib olingan bolsa, qadimda ibn Sino ta’limotida parhez taomlar quyidagi to‘rtta omilga qat’iy rioya qilgan holda buyurilgan:


1. Bemorning tabiiy mizoji.
2. Bemorning yashash muhiti.
3. Mizoj buzilishidagi sabab.
4. Bemorga buyuriladigan taomlarning mizoji.
Bunda buyurilgan taomni ayni shu xastalikka qay darajada ozuqa va qay darajada davo ekanligi hisobga olinadi. Shu joyda aniqlik kiritish uchun istemol mahsulotlarining davo va ozuqaviylik xususiyati tog‘risida qisqacha so‘z yuritishga tog‘ri keladi. Bu ta’limotda iste’mol qilingan mahsulotlar xoh u ozuqa bo‘lsin, xoh davo, uchta tarkibiy qismdan iborat:
1) surat, 2) modda, 3) sifat.
Surat deganda biz mahsulotni shaklini, siymosini, tuzilishini, rangini, hidini ko‘z oldimizga keltiramiz. Modda qismi deganda uning tarkibidagi modda – borliq va konsistensiyasi tushuniladi. Sifat yoki kayfiyat deganda, shu mahsulotni rangi, hidi, ta`mi nazarda tutiladi.
Avitsenna usuli”

Shunisini aniq anglash lozimki, sog‘lom ovqatlanish va parhez – bu bir xil tushunchalar emas. Parhez – bu cheklash demakdir, sog‘lom ovqatlanish tartibida esa u yoki bu mahsulotga qat’iy ta’qiqlar qo‘yilmaydi. Sog‘lom ovqatlanish – bu yaxshi kayfiyat va muvozanatni saqlashga yordam beruvchi usul va prinsiplardir. Vazn tashlash, semirish yoki kun tartibidan yaxshi o‘zlashtirilmayotgan mahsulotlarni olib tashlash kabi muammolar inson shaxsan tanlaydigan yo‘lga bosiladigan keyingi qadamdir. Ilmiy tekshiruvlar shuni aniqlab kelyaptiki, mashhur parhezlar yoki ayrim mahsulotlardan to‘laligicha yoki qisman cheklash ko‘rinishidagi noto‘g‘ri ovqatlanish o‘limga olib boruvchi yurak va qon tomir kasalliklari hamda saratonning rivojlanishi havfini kuchaytirar ekan. Sog‘lom ovqatlanish tartibiga o‘tish-bu o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini o‘qitish, g‘amxo‘rlik va o‘z hayotingizga kirgiziladigan shaxsiy investitsiyadir.





Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling