I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Download 108.4 Kb.
bet15/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Salomatlik va gigiyena

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) — xalqaro tibbiy tashkiloti boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning ixtisoslashgan maxsus muassasasi hisoblanadi. 1945-yil fevralda BMT konferensiyasida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. 1946-yilda sogʻliqni saqlash boʻyicha New Yorkda oʻtkazilgan Xalqaro konferensiyada BMTga aʼzo 26 ta mamlakat tashkilot ustavini ratifikatsiya qilgach, 1948-yil 7-aprelda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tuzildi.


Sog‘lom mahsulotlar


JSST nizomi quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

  • Salomatlik — bu nafaqat tanada kasalliklarning mavjud emasligi, balki umumiy-ijtimoiy, ruhiy hamda jismoniy barqarorlik holatidir.

  • Kishining irqi, dini, siyosiy qarashlari, iqtisodiy va ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar, salomatlik borasida eng yaxshi darajaga erisha olishi har bir shaxsning eng asosiy huquqlaridan bir hisoblanadi.

  • Jahondagi barcha xalqlarning salomatligi dunyoda tinchlik va xavfsizlik o‘rnatilishining eng asosiy omili bo‘lib, u har bir mamlakat va davlatlarning to‘liq o‘zaro hamkorligiga bog‘liqdir.

  • Har qanday davlatning sog‘liqni saqlash borasidagi erishgan natijalari barcha uchun ahamiyatlidir.

  • Turli mamlakatlarda kasalliklarga qarshi kurash borasidagi, ayniqsa, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash borasidagi choralarning notekisligi qolgan barcha uchun umumiy xatarni keltirib chiqaradi.

  • Bola salomatligi eng ustuvor vazifa hisoblanadi.

  • Barcha xalqlar uchun tibbiyot, psixologiya va turdosh ilmlar yutuqlaridan birdek foydalana olish sharoiti yaratilishi — salomatlikni ta’minlash borasidagi eng asosiy shartlardan biri bo‘lishi kerak.

  • Xalq salomatligini yaxshilash borasida jamoatchilik bilan faol ishlash, uning bu boradagi tushunchalarini shakllantirish, ushbu xalqning salomatligini himoyalash uchun g‘oyat muhimdir.

  • Hukumatlar o‘z xalqlarining salomatligi uchun javobgardirlar. Bu javobgarlik sog‘liqni saqlash sohasida tegishli choralarni ko‘rishni taqozo etadi.




Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling