I chorak 2000 yillik tarix Renessans


Bu qiziq FAKTLAR


Download 108.4 Kb.
bet17/35
Sana17.06.2023
Hajmi108.4 Kb.
#1528575
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
10-sinf tinglash matnlari

Bu qiziq



FAKTLAR


1. Insonning yoshi ulg‘aygani sari nafas olish tezligi kamayib boradi.
2. Burun va quloq umr davomida o‘sadi.
3. Miyaning 80%i suvdan iborat.
4. Ko‘zning ko‘rish darajasi – 576 megapiksel.
5. Har bir odamning barmoq izlaridan tashqari, tilidagi “naqshlar” ham o‘ziga xos.
6. Organizmdagi barcha temir yig‘ilsa, uzunligi 7,5 santimetrli mix yasasa bo‘ladi.
7. Ertalab kechga qaraganda odam bo‘yi uzunroq bo‘ladi. (Kun davomida umurtqa pog‘onasi siqiladi.)
8. Tug‘ilganda suyaklar soni 350ta, ulg‘ayganda 206ta bo‘ladi (ayrim suyaklar qo‘shilib ketadi).
9. Odam og‘irligining 10%i bakteriyalarga, 14%i suyaklarga to‘g‘ri keladi.
10. Sog‘lom jigar kuniga 720 litr qonni tozaylaydi.
11. Odam bo‘yining uzunligi genlar emas, gormonlarga bog‘liq.
12. Aksa urganda chiqayotgan havoning tezligi 166 km/sekund.
13. Ayollarning yuragi erkaklarnikiga nisbatan tezroq uradi.
14. Ko‘p ovqat yeganda eshitish qobiliyati zaiflashadi.
15. Sovuqda xotira va diqqat oshadi.
16. Organizmning eng mustahkam a’zosi – tish emali.
17. Qorong‘ida odam o‘zidan nur taratadi, lekin u shunchalik pastki, ko‘z buni ilg‘amaydi.
18. So‘laksiz ta’mni sezib bo‘lmaydi.
19. Kiprik qoqqanda, 200ta mushak harakatga keladi.
20. Yurak urishidagi ovoz – yurak klapanlari yopilayotganda chiqadi. 



III CHORAK
Xalq dostonlari

Baxshichilik san’atining dunyoga mashhur bo‘lishida doston janrining o‘rni kattadir. “Doston” so‘zi qissa, hikoya, sarguzasht asar ma’nosini bildiradi. Dostonlarni xalq yaratadi. Bu hajmi yirik, murakkab, keng tarqalgan janr hisoblanadi. Dostondagi voqealar she’riy va nasriy usulda aralash tasvirlanadi. O‘zbek xalq dostonlari ichida eng mashhur bo‘lgan doston “Alpomish”dir. U 1000 yil oldin yaratilgan. Bu doston avloddan-avlodga og‘zaki shaklda o‘tib kelgan. XX asr boshida esa doston baxshi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ijrosidan yozib olingan.


“Alpomish” qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, sadoqat, oila mustahkamligi haqidagi asar sanaladi. Dostonda o‘zbek xalqining qadimdan imon-e’tiqodi, or-nomus va yurt birligi yo‘lida o‘zini ayamasligi ifodalangan. “Alpomish” dostonining 1000 yilligiga bag‘ishlab Temiz shahrida Alpomishga haykal o‘rnatilgan.



Download 108.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling