I. Farģona vodiysining etnik muammosi I. 1Farģona vodiysida yashagan etnik guruhlar
Download 66.5 Kb.
|
FARGONA
Kirish I.Farģona vodiysining etnik muammosi I.1Farģona vodiysida yashagan etnik guruhlar I.2 Farģona vodiysidagi jamoalar manzilgohlari II.Farģona vodiysini etnalogiyasiniòrgangan olimlar II.1 Etnik guruhlar kasb korlari II.2Farģona vodiysini òrganish natijalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Arxeologik va yozma manbalarga ko‘ra, Markaziy Osiyoning ilk o‘rta asrlar jamiyati tizimlarida chuqur ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tub o‘zgarishlar kuzatiladi. Ushbu jarayon dastlab antik davr nihoyasida kushonlar saltanati, Davan (Davan) va Qang‘-Kanguy (xitoychada Kandzyuy) kabi konfederativ davlatlari tanazzuli, kidaritlar (kidariylar), xionitlar (xioniylar), eftalitlar (zftaliylar), so‘ngra arablarni Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi dehqonchilik xududlariga bostirib kirishi vaqti bilan bir davrda ro‘y beradi. Albatta, bularning barchasi O‘rta Osiyo xalqlari tarixida ayniqsa, moddiy madaniyatda o‘z izlarini qoldirgan. Keyingi yillarda Farg‘ona vodiysi va Choch (Toshkent vohasi) ilk o‘rta asrlar davri tarixi to‘g‘risida muhim arxeologik va yozma manbalar to‘plandi. Bu manbalar Farg‘ona va Chochning ilk o‘rta asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risida ba’zi bir xulosalarni chiqarishga imkon beradi. Xo‘jalik yuritish usullari. Farg‘ona vodiysini ilk o‘rta asrlardagi xo‘jalik hayotini aks ettiruvchi arxeologik ob’yektlarni solishtirib o‘rganishga ko‘ra dehqonlar va chorvadorlarning o‘zaro munosabatlari o‘rganilayotgan davrda dinamik ravishda rivoj topadi. Biroq, Farg‘ona ko‘chmanchi-chorvadorlari haqida gap ketganda bir jarayonga e’tibor berish kerak. Bu ularning xo‘jalik mashg‘ulotlari bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur voqyelik etnografiya ma’lumotlari bilan tanishish davomida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Ma’lumki, qadimdan vodiy chorvadorlari O‘rta Osiyoni boshqa yerlaridan bir oz farq qiladigan o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan. Etnografik ma’lumotlarga ko‘ra, yarim ko‘chmanchi aholi asosiy mashg‘uloti chorvachilik bilan bir qatorda dehqonchilik, xususan, lalmikor dehqonchilik bilan ham shug‘ullangan. Masalan, Qo‘qon xonligi davrida vodiyni tog‘ hududlari bilan dehqonchilik vohalari oralig‘idagi ayrim hududlarda (tog‘oldi, adir) dehqonchilik qiladigan yarim ko‘chmanchi aholi yashagan [1]. Bu jarayon ilk o‘rta asrlarda ham kuzatilgan va u ko‘pgina shu davr qabriston materiallari tarkibida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Keyingi paytda qo‘lga kiritilgan arxeologik materiallar Farg‘ona vodiysida ilk o‘rta asrlarda quyidagi xo‘jalik yuritish usullari bo‘lganini ko‘rsatmoqda: 1) Dehqonchilik. Voha dehqonlarini g‘alla, paxta, ipak va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazishgani haqida ashyoviy dalillar bor. Bunday an’anaviy xo‘jalik yuritish vodiyda uzoq tarixga ega, ya’ni miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalaridan – ilk dehqonchilik makonlari paydo bo‘lgandan boshlab davom etib kelmoqda. 2) Hunarmandchilik. Bu asosan shahar aholisi va ayrim qishloqlar hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, vodiyda ilk o‘rta asrlarda juda rivojlangan. Yozma manbalar vodiyda VII-VIII asrlarda 100 dan ortiq shaharlar bo‘lganligini xabar beradilar. Shaharlarda asosan hunarmandchilik va ayrim olingan shaharlarda qishloq xo‘jalik tovarlarini qayta ishlash mavjud bo‘lgan. Bu xo‘jalik yuritish usuli oldingi – antik davr shahar hayoti uchun ham qayd etilgan. Masalan, Xitoy yozma manbalarida Yuchen (O‘zgan yaqinidagi Sho‘rabashot yodgorligi) shahar hokimi to‘g‘risida ma’lumot bor [2]. 3) Chorvachilik. Bu xo‘jalik turi bilan ko‘chmanchilar shug‘ullanib, ular tog‘ va adirlardagi yaylovlarda xo‘jalik yuritishgan; chorvalarga yaylov qidirib bir joydan ikkinchi yerga ko‘chib yurishgan, arxeologik topilmalarga ko‘ra mayda va yirik shoxli (qo‘y, mol, echki) va transport hayvonlari (ot, eshak, tuya) boqishgan. Bundan tashqari ular hayotida ovchilik va harbiy jangovarlik faoliyati katta rol o‘ynagan. Bu guruh uchun etnografiyadagi vertikal [3], ya’ni pastdan yuqoriga, yuqoridan pastga ko‘chib yurish (balki, tog‘lar (yuqori) – cho‘llar, vohalar (quyi) xos bo‘lgan. Geografik sharoitlardan kelib chiqib, ular hayotidagi ko‘chib yurish ko‘lami (amplituda kochevaniya) Qozog‘iston va Sibir ko‘chmanchilariga nisbatan kamroq kuzatiladi. Ularning bir qismi qishki manzillarida qolib, yaylov chorvachiligi va parranda yetishtirish bilan ham shug‘ullanganlar. Chorvadorlar tog‘oldi, adir va qo‘riq yerlarda tirikchilik qilib, lalmi ekinlar bug‘doy, arpa, tariq kabilarni qo‘shimcha ravishda yetishtirganlar. Ba’zi holatlarda ayrim sug‘orish mumkin bo‘lgan joylarda bu guruh mayda yoki lalmi dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Ushbu guruhda o‘troqlashish jarayoni juda oson kechib, ular tez orada o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullanib ketganlar. Har uchala guruhga xizmat qilgan jamiyatdagi yana bir qatlam savdogarlar roli ham sezilarli bo‘lgan. Qit’alararo savdo yo‘li – Ipak yo‘li rivojlangan va uning yangi tarmoqlari ochilib, faoliyat ko‘rsatgan. Yozma ma’lumotlarga ko‘ra, VII-VIII asrlarda Farg‘ona va Choch hukmdorlari Xitoy imperatoriga yuqori sifatli shisha, mashhur qirmizi rang otlar yetkazib berganlar [4]. Yuqorida keltirilgan bunday murakkab xo‘jalik yuritish jarayoni har ikki Farg‘ona va Choch o‘lkalari uchun xarakterli edi. Chunki ularning ko‘p ukladli xo‘jaligi bir- birlariga juda o‘xshab ketgan. Ulardagi jamiyatning ijtimoiy tarkibi erkin jamoa ishlab chiqarishga asoslangan dehqon va chorvador xo‘jaliklari, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Dehqonchilik madaniyati ta’sirida ko‘plab chorvadorlar asta-sekin o‘troqlasha borganlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ayrim chorvadorlar qishlaydigan xududlarda ularning turarjoy qoldiqlari ham topilgan [5]. Bu jarayon V-VIII asrlardagi Farg‘ona chorvadorlari hayotida yaxshi kuzatiladi. Jumladan, ziroatchilar va chorvador-ko‘chmanchi aholi moddiy madaniyatida ko‘p o‘xshashliklar qayd etiladi. Bunday o‘ziga xos xo‘jalik yuritish aloqalari shimol, shimoli-g‘arbda Fovasoy va Sumsarsoy havzalaridagi mozorlar – qurum va mug‘xonalar [6], janubi-g‘arb va janubda – Borkorboz, Xonqiz II, Qayrag‘och, Qora Mo‘ynoq, Vorux, Chorku I, II, Isfara, Qalantarxona (yorma va lahad go‘rlar), sharqda bo‘lsa Keden, Qorajar, Qorako‘lja kabi arxeologik yodgorliklari materiallari tarkibida kuzatiladi [7]. Bu farg‘onacha xo‘jalik yuritish usuli vodiy aholisi o‘rtasida mavjud bo‘lgan xo‘jalik tafovutlarini sekin-asta yo‘qolib borishiga, ilk o‘rta asrlar nihoyasiga kelib, bir butun sug‘orma dehqonchilik va shahar hunarmandchiligiga asoslangan hukmron xo‘jalikka aylanishiga olib keldi. Xo‘jalikning iqtisodiy asosini erkin jamoa ishlab chiqarishi tashkil etgan. Dehqonchilik erkin dehqon jamoalari – kashovarzlar, dehqonzodalar va kadivarlar mehnati asosiga o‘tadi. Endilikda dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikda asosiy mahsulotlarni aynan erkin jamoachilar ishlab chiqarganlar hamda ular jamiyatning o‘zagini tashkil etgan [8]. Aytilganlarga qo‘shimcha etish kerakki, keltirib o‘tilgan mozor-qo‘rg‘onlar guruhi chorvadorlar qoldirgan yodgorliklar deb hisoblanadi. Bulardan kelib chiqib va etnografik ma’lumotlarni hisobga olib, dehqonlar va ko‘chmanchi-chorvadorlar yagona boshqaruv va ma’muriy tizimga ega bo‘lgan, degan fikrni ilgari surish mumkin [9]. V-VI asrlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Ma’lumki, V asr boshlarida O‘rta Osiyoning siyosiy xaritasidagi yirik davlatlar tanazzulga yuz tutib yemiriladilar. Manbalardagi 435 yildan keyingi ma’lumotlarda Kushon imperiyasi, Kanguy, Davan kabi konfederativ davlatlar nomi uchramaydi, ular tarix sahnidan ketadilar. Bungacha Davan va Kanguy atamalari yozma manbalarda oxirgi marta uchraydi. Jumladan, Xitoyning Ilk Sin (351-394) podsholigining Ilk Lyan yeri hukmdori Fu Szyan biografiyasida yozilishicha, uni huzuriga 379 yili Davan va Kanguydan elchilar keladilar [10]. Ana shu yirik davlat birlashmalari o‘rnida ko‘plab mayda yer egaliklari (mulklar) paydo bo‘ladi (aniqrog‘i «davlatcha»lar – B.M.). Ta’kid joizki, xududiy jihatdan vodiyga yaqin bo‘lgan Sharqiy Turkistonda (Shinjon) ham mayda va mustaqil davlatchalar tizimi bo‘lgan [11]. O‘rganilayotgan davrda O‘rta Osiyoda yer egaliklari («davlatchalar») soni 15 ta edi, keyinroq ular ko‘paygan [12]. Bu mulklar asosan mayda vohalarda tarkib topgan shaharchalar asosida paydo bo‘lib, ularga atrofdagi yerlar ham qarar edi. Ana shunday yer egaligida o‘zini mahalliy ishlab chiqarish (iqtisodiy) markazi vujudga keldi va oxir-oqibatda u shahar tusiga kirib boradi Ana shu yer egaliklari (mulklar yoki voha davlatlari)da asosan shahar va qishloq aholisi yashagan. Ular so‘nggi antik va ilk o‘rta asrlarda ijtimoiy o‘zgarishlarga uchragan hamda jamiyatning ijtimoiy tarkibiga ta’sirini o‘tkazgan. Jumladan, VVIII – asrlardagi arxeologik yodgorliklarni ro‘yxatiga asosan tuzilgan xaritaga ko‘ra, ilk o‘rta asrlarda shaharlar soni antik davrga nisbatan mayda shaharlar hisobiga ortadi. Bu davrda qishloqlar (42,60%) va qasrlar, qal’a-qo‘rg‘onlar soni (12,59%) ham ortadi. Ya’ni, antik davrga nisbatan ilk o‘rta asrlarda erkin dehqon xo‘jaliklarining badavlat tabaqasi – dehqonzodalar mulki asosida qad ko‘targan qasrlari tevaragida tarkib topgan shaharlar soni ko‘payadi. Bundan kelib chiqadiki, qishloq jamoalari ichida mulkiy tabaqalanish jadal kechgan, mayda mulk egalari kashovarzlarning bir qismi mulksiz kadivarlarga, ular hisobiga boyib borayotgan kechagi kashovarzlarning boshqa bir qismi esa badavlat dehqonzodalarga, ya’ni mulkdor feodallarga aylanib borgan [14]. Mulkiy tabaqalanish va tengsizlik hosilasi sifatida jamiyatda ijtimoiy qarama-qarshi guruhlari paydo bo‘ladi. Jamiyatda qulchilik bo‘lgani haqida yozma ma’lumotlar bor. Bu xaqda VIII asr boshlaridagi shartnomada (Samarqand shartnomasi ham deyiladi) qayd etilishicha, Farg‘ona arablarga 200 ming draxm (dirxam) miqdorida moddiy boylik va qullar yetkazib berishi ko‘zda tutilgan [15]. B. Abdulgaziyevaning Farg‘ona vodiysining bir qismi – Qoradaryo yuqori va quyi oqimlari yodgorliklari asosida bildirgan fikri: ya’ni antik davrda qishloqlar sonini ortishi va shaharlar kamligi; ilk o‘rta asrlarda qal’a-qo‘rg‘onlar hamda shaharlar sonini ortishi xususiyati [16] bizning materiallarimizda o‘z tasdig‘ini topmadi. To‘g‘ri, yuqorida keltirib o‘tganimizdek, antik davr uchun shaharlar 16 ta edi [17] ilk o‘rta asrlarda ular 22 taga yetdi. Ulardan faqat ikkitasi ilk o‘rta asrlarda paydo bo‘ladi. Aynan antik davr oxirlarida vodiydagi Uchqo‘rg‘on I (maydoni 12 gektar), Qaynovot (15 ga), Qoradaryo (10 ga), Jilandi (7 ga), Shimoliy Qurshob (5 ga), Yangibozor (10 ga), Mozortepa (12 ga), Kalamishtepa (12 ga), Oqtepa (12 ga) kabi shaharlar tanazzulga yuz tutadilar va ilk o‘rta asrlarda yirik shaharlar kamayadi. Biroq, qishloqlar ulushi antik davrdagidan kam emas edi (42,60%) va ayrim qishloqlar ba’zi tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashadilar. Xullas, ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona vodiysida har bir irrigatsiya rayoni va vohasida qishloq hokimliklari hamda ayrim yirik shaharlar asosida esa shahar-davlatlar tashkil topadi. Ularni boshqarishda maliklik bo‘lgan. Buni V-VI asrlarga taalluqli, deb topilgan tanga va undagi yozuvni «maligi Farg‘ona Chesh (Chish)», deb o‘qilishidir [18]. Siyosiy jihatdan V-VI asrlar Farg‘ona tarixida notinch davr edi. Yozma manbalardagi mashhur Davan davlati tarix sahnasidan ketadi. Xususan, xitoycha Beyshi nomli manbani 97-bob birinchi qismida, 436 yilda bo‘lib o‘tgan voqyea-hodisalarni bayoni berilganda, Davan davlati tilga olinmagan. Bundan bir oz so‘ng – 510 yili O‘rta Osiyoda (ehtimol Farg‘onada ham) eftalitlar davlati paydo bo‘ladi. Balki eftalitlarni O‘rta Osiyo hududlariga bostirib kirishi yuqorida tilga olingan yirik davlatlar yemirilishini tezlashtirgan bo‘lishi mumkin. Bu vaqtdagi notinchlik to‘g‘risida o‘sha Xitoy manbalari xabar beradilar. «Yuan-vey (386-550/557) va Szin (265-480) sulolasi hukmronligi davrida Farbiy o‘lkalar bir-birlari komiga tushdilar. Ularda kechayotgan voqyealarni tushunib bo‘lmaydi» [19]. O‘sha bir-birlarini yutib yuborayotgan o‘lkalar (mulklar) haqida yozma manbalarda ma’lumotlar kam uchraydi. Manbalarda quyidagi o‘lkalar qayd etilgan: Chjeshe (oldingi Qang‘li), Sharqiy Sao (Ustrushona), Sivantszin (Samarqand), Farbiy Sao (Ishtixon), Nyumi (Buxoro vohasi) Szyasheni – Kushaniya (Kesh), Noshe-bolo (Naxshab) va boshqalar. Qo‘shimcha qilib aytamizki, qo‘shni Chochda beshta [20], Sug‘dda (Kan) bir necha (9 ta) yer egaligi bo‘lib, ularda Chjao’u (Jabg‘u) urug‘i avlodlari hokimlik qilishgan. Nomlari zikr etilgan manbalarda Farg‘ona «Lona», «Polona» nomi bilan tilga olinadi (Beyshi, birinchi bo‘lim). Xitoyning Shimoliy Vey davridagi (384-534) «Veyshu»da ta’kid etilishicha, 436 yili elchi Dun Van «Polona»-oldingi Davan davlatigacha borgan [21]. Demak, bundan ma’lum bo‘lyaptiki, Polona-bu alohida davlat va u oldingi Davan (Farg‘ona) yerlarida joylashgan. V-VI asrlarda Farg‘onadagi siyosiy vaziyat haqida yozma manbalarda ma’lumot kam. Faqat shu davr voqyealariga bag‘ishlangan manbada bir xabar bor. «Lona – bu qadimgi Davan, qarorgoh – Guyshan, Qashg‘ar shimoli-g‘arbida, Daydan 14450 li. da joylashgan. Txayxo hukmronligini uchinchi yozida, 479 yilda hokim chopar bilan qirmizi rang zotdor otlar (ular «qon bilan terlaydigan» (potokrovnыye) deyiladi) jo‘natdi, shu vaqtdan e’tiboran, sovg‘a-salom bilan elchilar yuborib turildi» [22]. Demak, O‘rta Osiyoni boshqa hududlaridagi materiallarni hisobga olib, yozma manbalarga asoslangan holda aytish mumkinki, Farg‘ona – Davan podsholigi yemirilgach, bir necha mayda yer egaliklariga bo‘linib ketgan. Ana shu yer egaliklarini eng yirigi yozma manbalar xabar bergan Polona (Lona) edi. Arxeologik materiallarni tahlil etish, yozma manbalarni diqqat bilan o‘rganish ushbu satrlar muallifiga vodiyda ilk o‘rta asrlarda yettita katta yer egaligi mavjud bo‘lganligi va ular joylashgan o‘rnini aniqlashga imkon bermoqda. Bu maʼlumotlardan kelib chiqqan holda, oʻzbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi masalalarini oʻrganishda, eng avvalo, uning etnogenezining dastlabki asosini mahalliy avtoxton oʻtroq dehqonchilik tashkil etganligidan kelib chiqish kerakdek tuyuladi. O'rta Osiyoning turkiyzabon substrati, keyinchalik u o'z tarkibiga qo'shni va begona forszabon va turkiyzabon etnik komponentlarni qayta-qayta kiritgan. Ikkinchidan, oʻzbeklarning asl oʻz nomini, bizningcha, “turk” soʻzining sinonimi va davomchisi sifatida koʻrish kerak, chunki bu atamalarning ikkalasi ham umumiy maʼnoga ega va ularning kelib chiqishi oʻziga xos davlatning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. sub'ektlari - bir holatda Turk xoqonligi, ikkinchisida - Shayboniylar davlatlari. Binobarin, “O‘zbekiston” toponimini hozirgi chegaralaridan qat’i nazar, O‘rta Osiyoning qadimiy “Turkiston” Jayhun (Amudaryo) va Sayxun (Sirdaryo), ya’ni hozirgi O‘zbekiston hududi nomining sinonimi va davomchisi sifatida ko‘rish kerak. , aynan “Turkiston” nomi bilan belgilangan.Bu biz uchun katta ahamiyatga ega, chunki bu xaritada Eronning tarixning ayrim masalalari boʻyicha rasmiy pozitsiyasi aks ettirilgan). Biroq, bu yerda “Turkiston” atamasini kamida ikki ma’noda – tor va keng ma’noda anglash lozimligini ta’kidlab o‘tish kerak. Agar “Turkiston”ning shartli chegaralari tor ma’noda (jadidlar tushunchasida) O‘rta Osiyo qo‘zg‘oloni hududiga to‘g‘ri kelsa, “Turkiston” keng ma’noda O‘rta Osiyoning butun hududini (jumladan, Janubiy Qozog‘iston, Semirechye, Shimoliy Afg'oniston va Shimoliy-Sharqiy Xuroson) va boshqa kengroq ma'noda - turkiy tilli xalqlar yashaydigan barcha hududlar (shu jumladan, Sharqiy Turkiston, G'arbiy Sibirning bir qismi, Volga bo'yi, Ural, Oltoy va boshqalar). “O‘zbekiston” nomini yozma manbalarda qayd etilgan qadimgi “Turkiston” nomining sinonimi va davomchisi sifatida ko‘rib chiqish, birinchi navbatda, O‘rta Osiyo qo‘zg‘oloni, birinchidan, turkiy tilli xalqlarning asl yashash joylaridan biri bo‘lganligi sababli. qadimda xalqlar, ikkinchidan, qadimgi turklarning oʻtroq dehqonchilik va shaharsozlik madaniyatining beshigi. An’anaga ko‘ra, ko‘chmanchi o‘zbeklarning 92 urug‘ va qabilasi mavjud. Ko‘rinib turibdiki, ular muammoning murakkabligini ifodalamaydi, chunki o‘zbek xalqining kelib chiqish tarixini o‘rganish, tarixiy ildizlari maqola mualliflarining noto‘g‘ri g‘oyalariga zid ravishda so‘nggi bronza davriga to‘g‘ri keladi. va Dashti Qipchoqdan kelgan ko‘chmanchi o‘zbeklarning O‘rta Osiyoni bosib olish davriga emas. O'zbek xalqi etnik jihatdan faqat turkiy emas yoki Mingboev va Norboev janoblari aytganidek, turklashgan mo'g'ullardir. Aslida o‘zbek xalqi ko‘p tilli qabila va elatlarning etnik sintezi bo‘lib, ularning assimilyatsiyasi kamida ikki yarim ming yil davomida sodir bo‘lgan1. Keyinchalik (1924 yilda) sovetlar siyosati natijasida Oʻrta Osiyoning yagona turkiy etnosi alohida milliy respublikalarga boʻlinib ketdi. Vaholanki, turkiyzabon etnos sifatida shakllangan xalqimiz ancha ilgari (hech bo‘lmaganda 11-12-asrlarda) rus sharqshunoslari maslahati bilan “o‘zbek” nomini olgan. Tarixiy oʻtmishda “oʻzbek” atamasi ostida hech bir etnik guruh mavjud boʻlmagan. “Oʻzbek” atamasi dastlab (13-asr oxiri – 14-asr boshlarida) Sharqiy Dashti Qipchoq yosh jangchilar guruhlarining siyosiy birlashmasi sifatida paydo boʻlgan. Keyin (14—15-asrlarning 2-yarmida) yosh jangchilarning bu harbiy-siyosiy birlashmasi butun Dashti Qipchoq oʻlkasi aholisi nomiga aylangan. Endi barcha koʻchmanchi oʻzbeklar va turklashgan moʻgʻul qabila guruhlari oʻzbeklar deb atala boshlandi. Shuning uchun ham soʻnggi oʻrta asrlarning sharqiy yozma manbalarida Dashti Qipchoq “Oʻzbek eli”, “Oʻzbeklar mamlakati” (“oʻzbeklar mamlakati”) deb yuritilgan. Turklar va turklashgan moʻgʻullar Chingizxon va undan keyingi istilolar bilan bogʻliq holda Moverannahr va uning atroflariga ham kirib keldilar. Ammo ular bu erga o'zlarining qabila nomlari bilan kirib kelishgan. Chunki o‘sha davrda Dashti Qipchoq cho‘llarida o‘zbek atamasi (“O‘zbek eli”, “Mamlakati o‘zbek”) milliy nom sifatida hali shakllanmagan. Yuqorida ta’kidlanganidek, bu atamalar Dashti Qipchoqda taxminan XV asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Buxoro madrasalarini bitirgan Chingizid Shayboniyxon boshliqlaridan biri boʻlgan koʻchmanchi oʻzbeklar 92 qabila guruhi tarkibida yerlarimizga kirib kelib, zaiflashgan temuriylardan hokimiyatni tortib olib, oʻz hokimiyatini oʻrnatdilar. Adolat uchun shuni aytish kerakki, bu shunchaki sulolaviy o‘zgarish bo‘lgani uchun Moveronnahrda o‘zbek degan davlat paydo bo‘lmagan, mahalliy va davlat boshqaruvi tizimida tub o‘zgarishlar bo‘lmagan. Mamlakat hayotining barcha jabhalarida jadal rivojlanishda davom etdi. Ayniqsa, Shayboniy Abdullaxon II davrida mamlakat iqtisodiy, madaniy, savdo aloqalari va monumental qurilish jabhalarida jadal rivojlandi. Bu taraqqiyot sovet tarixnavisligida oʻzining haqiqiy aksini topmagan boʻlsa-da, faqat mustaqil Oʻzbekiston davri tarixshunosligida (masalan, “Oʻzbekiston tarixi”ning yangi nashri uchinchi jildida) toʻgʻri aks ettirilgan. Asqarov etnolog yoki tilshunos emas, arxeolog, shuning uchun u barcha rasmiy regaliyalarga qaramay, etnogenez va tilshunoslik masalalarida tan olingan hokimiyat emas". To‘g‘ri, men tilshunos emasman, lekin tilshunos olimlarning ilmiy ishlari bilan tanishman va ilmiy etikaga qat’iy amal qilganman, asarlarimni yozishda ularning ishlanmalaridan foydalanganman. 1983 yildan buyon o‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi muammosi bilan shug‘ullanib kelaman, jurnal va ilmiy to‘plamlarda qator ilmiy maqolalar chop ettirdim. Mavzu bo‘yicha ikkita monografiya chop etilgan va bir qancha ilmiy anjumanlar tashkil etilgan. Mintaqaviy va xalqaro konferensiyalarda ma’ruza qilgan. 2007 va 2015 yillarda nashr etilgan kitoblarimda. oriylar kimligi, ularni etnik jihatdan oriylar deb atash mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berildi, bu haqda tegishli ma’lumotlar berildi, unga ko‘ra oriylar etnosi hech qachon mavjud bo‘lmaganligi asoslanadi. Ariylar Yevroosiyo dashtlari chorvador qabilalarining koʻchmanchi turmush bosqichi taraqqiyotidagi ijtimoiy hodisa, jamiyatning tashabbuskor qatlami, vujudga kelayotgan ilk sinfiy jamiyatning aristokratik qatlamidir. Ular, tarixiy tilshunoslik va arxeologik tadqiqotlardan farqli o'laroq, qadimgi eron tillarida so'zlashmaganlar. Qadimgi Xitoy manbalarining qiyosiy ilmiy tahliliga koʻra, oriylar tili prototurkiy etnosiga mansub boʻlgan. Ularning miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalaridan boshlab janubga koʻchishi arxeologik materiallar, ayniqsa, Oʻrta Osiyo mintaqasidan dalolat beradi. Lord Mingboev va Norboev! Siz buyuk pan-ranist V.V.ning quliga aylandingiz. Bartold va uning izdoshlari. O'z xalqingiz tarixi bilan shug'ullanishni o'z zimmangizga olganingizdan so'ng, o'z ona yurti tarixi bo'yicha boy tajriba va yuklarga ega bo'lgan olimlarni ko'proq tinglang. Bu erda qadim zamonlardan beri mavjud bo'lgan etnik-siyosiy vaziyatni unutmang. V.V. Bartold yirik va juda bilimdon olimdir. Biroq uning hayotligi davrida Oʻrta Osiyoda tarix fanining arxeologiya, antropologiya, numizmatika, etnologiya, turkologiya kabi sohalari rivojlanmagan edi – ularning barchasi oʻzining boshlangʻich bosqichida edi. Mashhur yozma manbalar va nodir yozma topilmalar eronlik hisoblangan. G.Baboyarov, M.Isxakov, Sh.Kamoliddinovlarning haqiqiy numizmatik materiallarni oʻqishi tufayli akademik E.V. Rtveladze yolg'on bo'lib chiqdi, aksariyat hollarda ular qadimgi turkiy edi. Agar tangadagi yozuv qadimiy eroncha mazmunga ega bo'lmasa, u "noma'lum yozuv" sifatida qabul qilingan. A.Ahmedov va A.Sagdullayev vakillik qilgan raqiblarim arxeologik materiallarning etnogenetik jihatini inkor etadilar. Ular o‘zbeklar etnogenezi muammolari faqat yozma manbalar asosida o‘rganiladi, deb hisoblaydilar. Yozma manbalarda to'g'ridan-to'g'ri tilga oid ma'lumotlar mavjud emas. Binobarin, A.Asqarovning arxeologik materiallarning o‘zbek xalqining etnogenezi masalasini hal qilishda ishtirok etishi nomaqbuldir. Ular asossiz ravishda o‘quvchilarni etnogenez uchun keramika va boshqa moddiy madaniyat ashyolaridan “sharbat siqib chiqarish” mumkin emasligiga ishontirishga intilishadi, bu bilan umuman kelisha olmaydi. Birinchidan, A. Ahmedov tayanch ma’lumoti bo‘yicha tarix va arxeologiya fanlaridan yiroq matematik. Shuning uchun unga etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda arxeologiyaning o‘rnini tushunish qiyin. Qolaversa, u manba mutaxassisi boʻlsa-da, qadimgi xitoy ierogliflari boʻyicha manba mutaxassislarini shaxsiy yoqtirmasligi sababli qadimgi Xitoy yozma manbalarining yetarliligini tan olishni istamaydi. Qadimgi Xitoy manbalarida A.Ahmedovning injiqliklarini fosh etuvchi materiallar mavjud bo‘lsa-da. Masalan, qadimgi Xitoy manbalarida miloddan avvalgi III-II ming yilliklarga oid. turkiy qabilalar guzlar «xu», tiek — «di», rivem — «rung» deb yuritiladi2. L.N. Gumilov “Xunnu” asarida Xitoy tarixida “xun” etnonimi dastlab miloddan avvalgi 1764 yilda uchraydi, keyin xunlar ikki marta, ya’ni miloddan avvalgi 822 va 304 yillarda uchrashgan.3 Xunlar turkiy tilli qabilalar sifatida e’tirof etilgan. G'arb tarixshunosligida; ikkinchidan, arxeologik osori-atiqalarni tahlil qilishga ilmiy jihatdan chuqur kirib borsangiz, arxeologik material etnik guruh tarixida ham etnogenetik jihatga ega ekanligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Masalan, arxeologik tadqiqotlarga ko'ra, bronza davridan boshlab, prototurkiy qabilalar Evroosiyo dashtlarining shimoli-sharqiy mintaqalaridan O'rta Osiyo hududlariga intensiv ravishda kirib bora boshlagan. Ularning kirib kelishi erta temir davrida, antik davrda, Xionitlar, Kidaritlar, Eftalitlar, Turk xoqonligining ilk feodalizm davridagi kirib kelgan davrini hisobga olmaganda, doimiy xarakterga ega edi. Bu migratsiya jarayonlari arxeologik materiallarda yaxshi aks ettirilgan.
Markaziy Osiyo sharoitida arxeologik majmualar, dafn marosimlari va madaniyat sohiblarining diniy-ma’naviy timsoli tahlili asosida eron tilida so‘zlashuvchi so‘g‘d yoki xorazm millatiga mansub kimligini, qaysi madaniyat turkiy tillarga mansubligini shubhasiz aniqlash mumkin. so'zlashuvchi aholi. Bunday xulosalarga kelish uchun tadqiqotchi keng ilmiy doiraga va materialni bilish uchun nozik qobiliyatga ega bo'lishi kerak. Bundan tashqari, arxeolog-tadqiqotchi arxeolog darajasidan arxeologik ashyolarni tarixiy talqin qilishda katta tajribaga ega bo'lgan tarixchi darajasiga ko'tarilishi kerak. Farg‘ona. Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyo hududagi ilk o‘rta asrlar davri yirik tarixiy o’lkalaridan biri bo’lib, Xitoy yozma manbalarida Lona (Polona) Boxan, Ninyuan nomlari bilan tilga olingan. Bu yerda ilk o‘rta asrga oid 250 dan ortiq arxeologiya yodgorliklar qayd etilib, shundan 22 tasi shahar turidagi manzilgoh hisoblanadi. Farg’onaning Koson, Axsikent, Quva, Andijon, O‘sh, O‘zgan, Qo‘qon kabi yirik shahar markazlari va Qo‘rg‘ontepa, Oqbura kabi boshqa shahar hamda shaharchalar faoliyat yuritgan. Koson va Axsikent Farg’ona o‘lkasining shimoliy qismida joylashgan. Koson mahalliy hukmdorlarning poytaxti va Turk xoqonligining qarorgohi bo‘lgan. Maydoni unchalik katta bo‘lmagan trapetsiya shaklidagi shahar mustahkam mudofaa devoriga ega bo‘lgan. Janubi-sharqiy tomonda arki joylashgan. Shahar yaqinida oltita minorali turk hukmdorlarining qarorgoh-qasri o‘rin olgan. A.N.Bernshtam shahar ichkarisidagi ochiq joyda turk amaldorlarining chodiri bo’lgan, degan fikrni bildirgan. Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlar davri aholi manzillari orasida Axsikent mavqeyi va ahamiyati jihatdan ikkinchi shahar hisoblanadi. Shahar xarobalari o‘lkaning shimoliy qismida, Sirdaryoning o‘ng sohilida saqlanib qolgan. Shahriston va uning ichkarisida joylashgan ark qismlaridan iborat ko‘hna shaharning maydoni 70 ga. Antik davrida shakllangan manzilgoh ilk o‘rta asrlar davriga kelib mahalliy hukmdorlar qarorgohi joylashgan yirik shahar markazlaridan biriga aylanadi. Ko‘hna shaharni o‘rab turgan mudofaa devor burjlar bilan kuchaytirilgan. Shahristonning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan arki, chuqur xandaq bilan ajratilgan. Arxeolog A.N.Bernshtamshaharningshakllanishini Kushondavri bilan, taraqqiyotini esa VI–VII asrlar bilan belgilaydi. A.Anorboyev esa shahar mil. avv. II asrning boshlarida shakllangan deb hisoblaydi. Shaharning ilk o‘rta asrlar davriga oid madaniy qatlamlari yaxshi o‘rganilmagan. Yozma manbalarda hukmdor qarorgohi bo‘lganligi qayd etilgan. Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlar davriga oid boshqa shahar markazi hozirgi Quva shahrining sharqiy chekkasida kvadratsimon shakldagi maydoni (12 ga) manzilgoh o‘rnida faoliyat yuritgan. Manzilgohning shimoli-sharqida (2 ga) ark joylashgan. Shahristonni uch tomondan rabot o‘rab olingan. Ilk o‘rta asrlarda shaharda uy-joylar ko‘payib, aholi mudofaa devoridan tashqaridagi yerlar o‘zlashtiradi. Qurilish imoratlar xom g‘isht va paxsadan barpo qilingan. Katta uylar yog‘och ustunlar yordamida tomi tekis yopilgan. Ko‘hna shahar yaqinida budda ibodatxona joylashgan bo’lib, u VII asrda buzib tashlangan. Arab manbalarida Quva shahri ilk o‘rta asrlarda taxt vorisining qarorgohi joylashganligi keltiriladi. Farg‘ona vodiysining xilma-xil tabiati va iqlim sharoiti turli xil xo‘jalik sohalarining rivojlanishi hamda har bir hududda o‘ziga xos xo‘jalik turining qaror topishini ta’minlagan. Sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan tekisliklarda sug‘orma dehqonchilik, bahor va kuz fasllarda yog‘ingarchilik ko‘p yog‘adigan tog‘ oldi hududida lalmi dehqonchiligi rivojlangan. Bog‘dorchilik va polizchik dehqonchilik asosiy tarmog‘i hisoblangan. Toshloq yerli hududlar uzumchilikning rivojlanishi uchun qulay joylar hisoblangan. Farg‘ona vodiysining chim o‘tli janubiy qismida chorva mollari yozda boqiladigan yaylovni, markaziy qismidagi yarim cho‘l hududi esa qishki yaylovni tashkil etgan. Chorvachilikda kichik tuyoqli mollar yetakchilik qilgan. Shuningdek, qoramol va yilqichilik ham qo’shimcha chorva hisoblangan. Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyoning metall ma’danlariga boy o‘lkalardan biri hisoblanadi. Vodiyning temir, oltin va simob rudalariga boy bo‘lgan konlari to‘g‘risida qadimgi va o‘rta asrlar davri manbalarida qimmatli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Bu yerdagi ma’dan konlari antik davrdan qazila boshlagan. Ilk o‘rta asrlarda metallarga ishlov berish hunarmandchiligi yuksak darajada rivojlanib, ixtisoslashish jarayoni chuqurlashadi. Bu davrda mahalliy temir rudalariga ishlov berish takomillashgan. Qurol yarog‘lar, mehnat qurollari va uy-ro‘zg‘or anjomlari asosan temirdan yasalgan. Yodgorliklardan omoch so‘qasi, bolta, pichoq va paykonlar topilgan. Vodiyning antik davri uchun xos sirtiga qizil angob surtilgan sopollari keskin kamayib, ularning o‘rnida rangi oqish, ayrim hollarda sirtiga oqish angob surtilgan buyumlar ko‘payadi. Sopol buyumlari kulolchilik charxida yasalgan. Farg‘ona vodiysida birorta dunyoviy din yetakchi o‘rinni egallamagan. Ibtidoiy diniy qarashlar, xususan, totemizm, fetishizm, ajdodlar ruhiga sig‘inish, butlarga sig‘inish odatlariga xos alomatlar moddiy manbalarda o‘z aksini topgan. O‘rta asrlar davri muallifi alShahristoniy Koson shahrida quyosh ibodatxonasi mavjud bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot keltirgan. Farg‘ona vodiysining daryo bo‘ylaridagi baland qayirlarda va ekin maydonlarining chetida ilk o‘rta asrlar davriga oid dafn inshootlari joylashgan. Ular qabr-qo‘rg‘on osti go‘rlar, chuqur, yorma va lahat qabrlar, usti yog‘och to‘sin bilan yopilgan chuqur qabrlar, yer osti dahmasi, yer ustida joylashgan mug‘xona va nauslardan iborat. Farg‘ona vodiysining qulay tabiiy sharoiti, suv zaxiralariga boyligi, tog‘ va tog‘ oldi hududi yaylovlari agrar ishlab chiqarish taraqqiyotining asosiy omil hisoblangan. Mahalliy kon zaxiralari hunarmandchilik ishlab chiqarishning rivojlanishini, o‘lkaning Buyuk Ipak yo‘li bo‘yida joylashganligi xalqaro savdo aloqalari taraqqiyotini ta’minlagan. Download 66.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling