14.Prezidentimiz I.Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida «Eng buyuk jasorat nima», - degan savolga qanday javob beriladi? Eng buyuk jasorat – bu …
a) moddiy jasorat
b) ma’naviy jasorat
c) ilmiy jasorat
d) jismoniy jasorat
15.Ko‘zi ojiz bolalarga tarbiya berish masalasi bilan pedagogikaning qaysi tarmog‘i shug‘ullanadi?
a) oligofrenopedagogika
b) surdopedagogika
c) defektologiya
d) tiflopedagogika
16.Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik deganda nimani tushunasiz?
a) adolat, tenglik, ahil qo‘shnichilik, insonparvarlik tuyg‘ularini avaylash
b) ma’naviyat va ma’rifatni yanada yuksalishiga e’tiborni kuchaytirish
c) insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi uchun shart-sharoit yaratib berish
d) xalqimizning milliy ma’naviy merosini mustahkamlash, ajdodlar merosini asrab-avaylash
17.«Individ» atamasi nimani anglatadi?
a) shaxsni takrorlanmasligi, ongliligini, komillikka intilishini
b) odamning ijtimoiy mavjudot sifatida turli omillar ta’sirida tarbiyalanishini
c) bo‘linmas, alohida, yagona ma’nolarini, anglatib, biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir
d) jamoada shakllanadigan, ta’lim-tarbiya mahsuli ma’nosini bildiradi
18.“Individuallik” atamasi nimani anglatadi?
a) shaxsning iqtidorini va Shaxsiy qiziqishlarini namoyon etishini va shu asosda shakllanishini
b) shaxs ruhiy xususiyatlarining boshqalarda qaytarilmaydigan birikmasini
c)shaxsning jismoniy va intellektual jihatdan jamoada ajralib turishini ta’minlovchi xususiyatlar yig‘indisini
d) kishining o‘z manfaatlari boshqalar manfaatlaridan ustun qo‘yib yashashi hamda borliqqa o‘ziga xos munosabatini
19.Shaxsga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlar uning shakllanishiga xizmat qiluvchi qaysi omillarga kiradi: imkoniyatlar, layoqatlar, qobiliyatlar, tana rangi?
a) irsiy belgilar
b) tashqi va ichki muhit
c) ta’lim-tarbiya
d) ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar
Do'stlaringiz bilan baham: |