I. I. Mechnikov fagotsitoz ko’rinishini aniqlagan va immunitetning hujayraviy fagotsitar nazariyasini yaratgan. Shu paytning o’zida nemis olimi
Download 35.95 Kb.
|
aaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lui Paster, I.I. Mechnikov, P.Erlix
- I.I.Mechnikov
- K.Landshteyner
Immunitet so‘zi lotincha bo‘lib, immunities - biror narsadan xalos bo‘lmoqlikni anglatadi. Immunologiya fanining rivojlanishi asosan yuqumli kasalliklarni o‘rganish, ularga diagnoz qo‘yish asosida rivojlanib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tarixida birinchi bo‘lib chin chechak kasalligiga qarshi emlashni 1796 yilda Eduard Jenner taklif etdi. U birinchi bo‘lib, sibir chechagi bilan emlanganda organizm xaqiqiy chin chechak qo‘zg‘atuvchisiga beriluvchan bo‘lmasligini isbotladi. Klassik immunologiyaning asoschilari bo’lib Lui Paster, I.I. Mechnikov, P.Erlix shisoblanadi. 1881 yili Lui Paster vaktsinatsiyaning ilmiy asoslarini ishlab chiqdi va bir qator virusli bakteriyali infektsiyalarga qarshi vaktsinatsiyalarni yaratishga muvaffaq bo’ldi. (qutirish kasalligiga va Sibir yarasiga qarshi). Hozir mikroblarning 1500ga yaqin, viruslarning 100 dan ortiq turlari ma’lum. Ular tuproq suvda, havoda, keng tarqalgan bo’lib, ko’p turlari ma’lum haroitda odamda har xil yuqumli kasalliklarni qo’zgatadi. Yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblarga qarshi kurashish, o’zini himoya qilish xususiyati immunitet deb ataladi. Shuning uchun ham 1881 yil immunologiyani fan sifatida dunyoga kelgan yil hisoblanadi. 1769 yili E.Djenner tomonidan qora chechakka qarshi (ospaga) emlash usuli taklif qilgan va u keng qamrovda ishlatilgan bo’lsada, immunitet hosil bo’lish usullari u vaqtda ma`lum emas edi. Emlash usuli esa xalq tabobatini kuzatish asosida ishlab chiqilgan edi. Shunday bo’lsada, bu usul yordamida millionlab odamlar hayotini saqlab qolishga erishilgan. 1890 yillarda buyuk rus olimi I.I.Mechnikov fagotsitoz ko’rinishini aniqlagan va immunitetning hujayraviy fagotsitar nazariyasini yaratgan. Shu paytning o’zida nemis olimi P.Erlix immunitetning gumoral nazariyasini taklif etadi. Shundan so’ng bir necha yillar davomida immunitetning ikki qarama-qarshi oqimi o’zaro kurash olib borishadi. Oqibatda ikkila nazariya ham to’g’ri ekanligi, ya`ni immunitet hujayraviy va gumoral ko’rinishda yuzaga chiqishi ma`lum bo’ladi. 1908 yili I.I.Mechnikov va P.Erlixlarga immunitet nazariyalarini yaratganliklari uchun xalqaro Nobel mukofoti topshirildi. Immunologiyaning yana bir yo’nalishi – organizmlarning immunologik farqlarini o’rganish, to’qima antigenlari haqidagi ta`limot K.Landshteyner tomonidan (1900 yil) odam qon guruhlari kashf etilgandan so’ng rivojlana bordi. Qon guruhlari o’zaro maxsus oqsillar - eritrotsitlardagi antingenlar va qon zardobidagi antitanalarning bo’lishi bilan o’zaro farq qilinib, hozirgi kunga kelib odam eritrotsitlarining 14 izoantigen tizimi 70 dan ortiq antigenni o’z ichiga oladi. Immunologiyani fan sifatidagi rivojlanishi tarixda avvalambor virusli va bakterial infektsion kasalliklarga qarshi kurashga qaratilgan edi. Spetsifik immunitetning xarakterli xususiyati allaqachon immunitetning ushbu shaklining nomi bilan aks ettirilgan. F.Vernet organizm reaktsiyasi sifatida immunitetni belgilab, uning barcha "begona" lardan farqlashga qaratilgan. "Tashqi" qarshi himoya tushunchasi muayyan organizm mikroorganizmlar, transplantant, mutatsion- o'z hujayralarini yoki oddiy kimyoviy birikmalar o'zgarishlari bo'lsin bir yoki boshqa antigeni begona materiallar, bilan kontaktda keladi qachon aniq immunitet paydo deb tushunchasini o'z ichiga olgan immunogen xususiyatlari berilgan. Qabul qilingan immunitetning ikkinchi xarakterli xususiyati uning (indutsibillligi) uyg'unligidir. Oddiy haroitlarda linfositlar juda kamdir. Spetsifik antitanalar to'liq yo'qolib qoladi yoki ularning soni juda oz bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda,organizmga begona antitana yani antigen tushsa limfotsitlar klonlanadi yani ko’payadi. Va nihoyat, immunitet tizimining uchinchi muhim belgisi antigen bilan birinchi uchrashuvning xotirasini saqlash qobiliyati bilan bog'liq. Vaktsinatsiyadan kelib chiqadigan o'ziga xos immunitetning bu xususiyati. Spetsifik immunitetning shakllanishi va uning funktsional namoyon bo'lish mexanizmlari turli strukturiy-ierarxik darajalarda o'rganiladi: molekulyar, hujayra, organ, organizm va populyatsiya. Organizm zamburugdar qo‘zg‘atgan kasalliklardan asosan, hujayraviy omillar orqali himoya qilinadi, Hartli-patogen zamburug‘ lar ko‘ pineha tug'ma va orttirilgan immuntanqislik holatlarida kasallik qo‘zg’atadi. Mikozlarda zamburug‘ antigenlari immun sistema hujayralari bilan ta’sirlashgandan so‘ng, 10-14 kun iehida sustkor giperta’sirchanlik reaksiyasi rivojlanadi. Zamburugiarga qarshi organizmda IgM, IgG, IgE va IgA antitelolar hosil bo'ladi. Ko’pgina sog‘lom kishilar qonida ma’lum zamburug'larga qarshi normal antitelolar borligi aniqlangan. Masalan, kandida oilasiga mansub achitqi zamburug'lar doimo soglom odamning normal mikroflorasi tarkibida bo'ladi. Respirator zamburug' allergiyalarida IgE miqdori oshsa, kandidozli vaginitlarda IgA lar titri oshadi. patogen mikroorganizmlarning antigenini yuborib, kasallik chaqiruvchi infeksiyalardan himoyalanish usulidir. Organizmga mikroorganizm antigenini yuborgandan keyin unga qarshi maxsus antitelo ishlab chiqariladi. Vaksinatsiya profilaktika maqsadida va davolash maqsadida o‘tkaziladi. Vaksina, patogen mikroorganizmlarning tirik, lekin kuchsiz shtammlaridan tayyorlansa, samarasi yaxshiroq bo‘ladi (tahminan 10-15 %), o‘lgan mikroorganizmlar shtammlardan tayyorlangan vaksinalar organizm uzoq muddat immunitet hosil qilishini talab qiladi. Hozirgi zamonaviy tibbiyotda ikkala turdagi vaksinalar ham o‘tkaziladi, ayniqsa noaktiv (o‘lgan mikroorganizmlar) vaksina maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda ko‘p qo‘llaniladi. Vaksina turlari Download 35.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling