I. I. Mechnikov fagotsitoz ko’rinishini aniqlagan va immunitetning hujayraviy fagotsitar nazariyasini yaratgan. Shu paytning o’zida nemis olimi


Peroral (og‘iz orqali) yutish yo‘li


Download 35.95 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi35.95 Kb.
#1582578
1   2   3   4
Bog'liq
aaa

Peroral (og‘iz orqali) yutish yo‘li bilan enteroviruslarga qarshi vaksinalar yuboriladi, masalan tirik poliomiyelit (OPV) virusiga qarshi vaksina.
Vaksina yuborish texnikasi va joyi: kerakli bo‘lgan vaksina tomchilari og‘izga tomiziladi, yoki kichik bo‘lak qandga tomizilib, bolaga yedirish kerak bo‘ladi. Bunda vaksinaning yoqimsiz ta’mini bola sezmaydi. Bunday emlash usuli qiyinchilik tug‘dirmaydi, lekin ayrim kamchiliklarga ega, dozalarni aniq berishda xotilkarga yo‘l qo‘yilishi mumkin yoki ichaklar tizimidan so‘rilishi qiyin bo‘lishi mumkin.
Teriga va teri ostiga ineksiya qilish – silga qarshi BSJ (Bacillus Calmette-Guerin), tirik qurutilgan tulyaremiya va suvchechakka qarshi vaksina kabilar. Boshqa turdagi vaksina preparatlari bu usul bilan o‘tkazilmaydi.
Vaksina yuborish texnikasi va joyi: odatda teri ostiga vaksina yelka sohasi uchdan bir qismi terisiga yoki bilak sohasi terisiga qilinadi. Ineksiya o‘tkazish uchun maxsus ingichka ignali shprits yordamida qo‘llarga parallel ravishda yuboriladi. Muolajaning to‘g‘ri bajarilaganini terida oqish rang paydo bo‘lganidan bilib olish mumkin, ineksiya davomidayoq hosil bo‘la boshlaydi.
Teri osti ineksiyasi tirik va noaktiv vakasinalarni parotit (tepki), qizilcha, sariq isitma kabilar qilinadi. Teri ostiga vaksinani yuborishning kamchiligi shundaki, organizmda shu kasallikka qarshi immunitet sekin hosil bo‘ladi, ayniqsa noaktiv vaksinalar yuborilgan bo‘lsa. Bundan tashqari teri ostiga gepatit B va quturishga qarshi vaksinani yuborib bo‘lmaydi.


Intranazal (burun orqali) – asosan aerosol ko‘rinishida burun orqali yuboriladi, kam hollarda maz, gel va krem ko‘rinishlarida ham qo‘llaniladi. Bu yo‘l bilan o‘tkazilgan vaksinatsiya sistemali bo‘lmay, mahalliy shilliq qavatlarni mikroorganizmlardan himoya qiladi va vaqtinchalik ta’sir qiladi. Intranazal vaksinatsiyahavo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan kasalliklarda, masalan gripp, qizamiq, qizilcha kabi kasalliklarda.
Vaksina yuborish texnikasi va joyi: ko‘rsatilgan dozada vaksinani aerosol yoki pipetka yordamida burunga tomiziladi. Maz va gel ko‘rinishdagi vaksina prepratlari tampon (paxta) yordamida burun shilliq qavatga surtiladi. Bu usulning kamchiligi yuborilgan vaksina oshqozonga tushishi mumkin. O‘tkazish texnikasi ona o‘tirgan holatda bolaning yuzini o‘ziga qaratib, oyoqlarini o‘zining oyoqlari orasiga oladi, bolaning bir qo‘li oldinda bir qo‘li onaning orqasida bo‘ladi va burun shilliq qavatiga manupulyatsiya o‘tkaziladi.

  1. Immunokompetent hujayralar darajasida ularning gistogenezi va tashkillanishi jarayonida amalga oshadi. Antigen determinati shakllanishi jarayonida antigen tanilishi va qayta ishlanishi bosqichi kuzatilib, o’ziga xos immun javob hosil bo’ladi.

Immun javob autosom dominant IR – (immune - respons) genlari nazoratida bo’lib immun javobning yuqori bo’lishini boshqarilishi T-xelperlar (yordamchilar) ta’siri ostida yuzaga keladi. Ba’zi bir organizmlarda ushbu gen yuqori immun javobni yuzaga chiqarsa, boshqalarda nisbatan past immun javob hosil bo’ladi. Bu genlar T-limfotsitlarda antegenni tanuvchi tuzilmalarni kodlaydi.
Odam organizmda IR-genlar T–limfotsitlarning invitro sharoitida T-xelper omillarining hosil qilish xususiyatlari o’rganilganda aniqlangan. Oxirgi yillarda immun javob genetikasi tadqiqotlarda aniq bir antigenga nisbatan paydo bo’ladigan immun javob qonuniyatlari va mexanizimlari polipeptid antegenlar yordamida o’rganilgan.
Tadqiqotlar turini antigen determentlarning immun javoblari mustaqil ravishda bo’lishligini ko’rsatadi. Olib borilgan tajribalarda ko’pgina antigenlarga nisbatan hosil bo’ladigan immun javoblar faqat IR-genlar nazoratidagina bo’lmasligini isbotladi. Tajribada ma’lum bir genga javob bermaydigan 2 guruhdagi sichqonlarning immun javobi ularning F1 gibriddagi organizmlarida immun javobini hosil qilgan. Demak, immun javobga ega bo’lmagan va 1a-genlarning maxsulotlari qo’shilishi natijasida, ya’ni 1a-oqsillarning ishtirokida limfotsitlar antigenlarga nisbatan javob reaktsiyasining yuzaga chiqargan.
Antigenlar - murakkab organik moddalar bo’lib ular organizmga o’ziga xos qarshi ixtisoslashgan javob reaktsiyasining keltirib chiqaradi. Antitanalar esa - organizmda ma’lum antigenlar ta’siri ostida plazmatik hujayralar tomonidan sintezlanadi va antigen bilan birikib uni zararsizlantirish qobiliyatiga ega bo’ladi. Shu tufayli antetanalar immun jarayoning ixtisoslashganligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Antitananing antigen bilan bog’lanish jarayonida qon plazmasida bo’lgan maxsus oqsillar yoki komplement ham ishtirok etadi. Komplement bu jarayonda keskin faollashib antigenlarning aititanalar tomonidan zararsizlanishini ta’minlaydi.



  1. Download 35.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling