I. Jahon chempionati
Download 217.69 Kb.
|
Kurashning 2018 yili Indoneziyada bo
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Jahon chempionati
- V. Jahon chempionati
- VII. Jahon chempionati.
- IX. Jahon chempionati
II. Jahon chempionati. 2000-yil 13-17-iyul kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida o’tkazilgan. Musobaqa erkaklar o’rtasida uchta va qizlar o’rtasida bitta vazn toifasida bo’lib o’tgan.
2000-yilning iyul oyida Turkiyaning O’rta yer dengizi qirg’oqlarida joylashgan Antaliya kurort shahrida bo’lib o’tgan ikkinchi jahon chempionatida ayollar ham ishtirok etdilar. III. Jahon chempionati. 2001-yil 25-26 avgust kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida o’tkazilgan. Musobaqa erkaklar o’rtasida mutloq va qizlar o’rtasida bitta vazn toifasida bo’lib o’tgan. IV. Jahon chempionati. 2002-yil 30-avgust-2-sentabr kunlari Armanistonning Yerevan shahrida o’tkazilgan. Musobaqa erkaklar o’rtasida to’rtta va qizlar o’rtasida uchta vazn toifasida bo’lib o’tgan. V. Jahon chempionati. 2005-yil 26-27-noyabr kunlari O’zbekiston Respublikasining Toshkent shahrida o’tkazilgan. Musobaqa erkaklar o’rtasida sakkizta va qizlar o’rtasida beshta vazn toifasida bo’lib o’tgan. VI. Jahon chempionati. 2007-yil 25-29-oktabr kunlari, Mangoliyaning Ulan-Bator shahrida o’tkazilgan. Musobaqa erkaklar o’rtasida sakkizta va qizlar o’rtasida uchta vazn toifasida bo’lib o’tgan. VII. Jahon chempionati. 2009-yil 9-10-oktabr kunlari, Ukrainaning Alushta shahrida o’tkazilgan. Musobaqa erkaklar o’rtasida yettita qizlar va o’rtasida yettita vazn toifasida bo’lib o’tgan. VIII. Jahon chempionati. 2011-yil 22-23-oktabr kunlari O’zbekistonning Termiz shahrida o’tkazilgan. Musobaqa erkaklar o’rtasida sakkizta va qizlar o’rtasida yettita vazn toifasida bo’lib o’tgan. IX. Jahon chempionati. 2013-yil 14-15-dekabr kunlari Turkiyaning Stanbul shahrida o’tkazilgan. Musobaqa erkaklar o’rtasida yettita va qizlar o’rtasida sakkizta vazn toifasida bo’lib o’tgan. X. Jahon chempionati. 2015-yil 5-6-noyabr kunlari Eronning Xurramobod shahrida o’tkazilgan. Musobaqa erkaklar o’rtasida sakkizta-vazn toifasida bo’lib o’tgan. XI. Jahon chempionati. 2019-yil Koreya mamlakatida o’tkazilgan. XKA kattalar o’rtasidagi birinchiliklar bilan bir qatorda 2000 yildan buyon yoshlar o’rtasida ham jahon chempionati o’tkazib kelmoqda. Ushbu toifadagi birinchi ikki chempionat 2000 yil va 2001 yillarning may oyida Rossiyaning Tver shahrida bo’lib o’tdi. XKA 1999-yilning iyunida ayollar o’rtasida birinchi xalqaro bellashuvni o’tkazdi. Bellashuv maskani etib Rossiyaning Bryansk shahri tanlandi. Unda 9-mamlakatdan kelgan 25-jamoa ishtirok etdi. Germaniyalik Gretta Myuller musobaqa g’olibi bo’ldi. Ikki nafar Rossiya va musobaqa g’olibining yana bir vatandoshi ikkinchi va uchinchi o’rinlarni baham ko’rdilar. Kurash bo’yicha birinchi qit’a chempionati 1999-yilning dekabrida bo’lib o’tdi. Belorus poytahti Minsk kurash bo’yicha birinchi Yevropa chempionatiga mezbonlik qildi. Ayollar hamda erkaklar ishtirok etgan kurash bo’yicha birinchi Osiyo chempionati 2001-yilning aprel oyida bellashuvning vatani Toshkent shahrida bo’lib o’tdi. 2001-yilning iyul oyida Janubiy Afrikaning Xartenbos shahrida Afrika qit’asining birinchi qit’a chempionati bo’lib o’tdi. Birinchi Pan Amerika chempionati esa 2002-yilning mart oyida Boliviya poytaxti La-Pas shahrida bo’lib o’tdi. XKA doirasida assotsiatsiyasiga a’zo davlatlarda turli xalqaro turnirlar ham muntazam ravishda o’tkaziladi. Download 217.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling