I. Jahon chempionati
Yengil atletikada sakrashlar ikki turga bo‘linadi
Download 217.69 Kb.
|
Kurashning 2018 yili Indoneziyada bo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch hatlab sakrash
- Uloqtirish
- Uzunlikka sakrash
- YAdro itqitish
- Yengil atletika
- Yugurish
Yengil atletikada sakrashlar ikki turga bo‘linadi:
Vertikal sakrashlar; yugurib kelib balandlikka sakrash, langarcho‘pga tayanib sakrash. Gorizontal sakrashlar; yugurib kelib uzunlikka, uch hatlab uzunlikka sakrash turlari mavjud. Balandlikka sakrashda – “qaychisimon” o‘tish, “perekat”, “to‘lqinsimon”, “perekidnoy” va “fosberi flop” usullari qo‘llaniladi. Uzunlikka sakrash-yugurib kelib uzunlikka sakrash (“oyoqlarni bukib”, “qaychisimon” va “kerilib” uslublari) va uch hatlab sakrash usullari mavjud. Uloqtirish – maxsus uloqtirish asbob uskunalarni uzoqlikka itqitish va uloqtirish mashqlari. Uloqtirish asab-mushak kuchlanishi qisqa vaqtda maksimal bilan ifodalanadi. Bunda qo‘l, elka kamari va badan mushaklarigina emas, balki oyoq mushaklari ham faol ishtirok etadi. Asbob uskunalarni uzoqqa uloqtirish uchun, kuch, tezlik, chaqqonlik yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi kerak. Uloqtirish bilan Shug‘ullangan odamlar bu muhim fazilatlarni o‘ziga mujassamlashtiradi. Uloqtirishlarni bajarish usuliga qarab uch turga bo‘linadi: 1) bosh ortidan boshlab uloqtirish (nayza, granata va tupcha); 2) aylanib uloqtirish (lappak(disk), bosqon); 3) itqitish – yadro. Uloqtirish usullarining farqi snayadlarni shakli va og‘irligiga bog‘liq. Nayza, granata tennis koptoklarini to‘g‘ridan yugurib kelib, bosh orqasidan boshlab uzoqqa uloqtirish, og‘irroq asbob uskunalar (lappak, bosqon)ni sportchi o‘z uqi atrofida aylanib uloqtirishi qulay; maxsus ushlagichi bulmagan yadro itqitiladi. Granatani vazni qizlar uchun 500gr, o‘smirlar uchun 700gr, nayza erkaklar uchun 800gr, ayollar uchun 600gr, lappak erkaklar uchun 2kg, ayollar uchun 1kg, bosqon erkaklar uchun 7,265kg, o‘smirlar uchun 6 kg, ayollar uchun 4kg, yadroni vazni erkaklar uchun 7,260kg, o‘smirlar uchun 6 kg, ayollar uchun 4kg, qizlar uchun -3 kg bo‘ladi. Ko‘pkurash yugurish, sakrash va uloqtirish turlarini o‘z ichiga mujasamlashtirgan bo‘ladi. Ko‘pkurash tarkibidagi turlar miqdoriga qarab nomlanadi (uch kurash, besh kurash, etti kurash, o‘n kurash va x.z.) Ko‘pkurashni asosiy turlari: erkaklar uchun – o‘n kurash va ayollar uchun-etti kurash, o‘smirlar va o‘spirinlar uchun olti va sakkiz kurash. Ayrim hollarda musobaqa nizomida, musobaqa sharoitiga qarab, ko‘pkurash turlari kamaytirib beriladi. Ko‘pkurash bilan Shug‘ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo‘yiladi. Ular texnik jihatdan yuqori mahoratli, tezkor, uloqtiruvchilardek kuchli, sakrovchan va chaqqon, to‘siqlar osha yugurishda mahoratli, chidamkor bo‘lishlari shart. Ko‘pkurash dasturini to‘la bajarish sportchidan a’lo darajada chidamli bo‘lishni, yuqori darajada kamol topgan irodaviy fazilatlarni talab qiladi. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish – yengil atletika bilan endigina shug‘ullana boshlagan sportchilar uchun organizmni har tomonlama jismoniy rivojlantirish va kamol toptirishning eng yaxshi yo‘lidir. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish sportchilar organizmiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, yengil atletikaning alohida turlaridan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yaxshi zamin yaratadi.
Sport o’yin maydonlarining asosiy va kiritilishi mumkin bo’lgan o’lchamlar.
Download 217.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling